|
Xodimlarni boshqarishga marketing yondashuv
|
bet | 123/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq boburXodimlarni boshqarishga marketing yondashuv – hamkorlar, haridorlar va savdo vositachilari bilan o'zaro hamkorlikni ta'minlash va izlash bo'yicha marketing yondashuvlarga transformatsiya qilinadi. Virtual kompaniyalar virtual tuzilishga ega bo'lib, unda loyiha va buyurtmalar uchun alyanslar tuziladi, munosabatlarning har bir ishtirokchisi esa mutlaqo mustaqil bo'ladi. Bunday vaziyatda kommunikatsiya virtual tashkilotning birligini ta'minlash va umumiy maqsadlarga erishish uchun harakatlarni muvofiqlashtirishga yo'naltirilgan bo'ladi.
Axborotning ichki oqimlarini tashkil qilish - marketing axborotlari tarmoq ichki oqimlarini tashkil etishga transformatsiya qilinadi. Elektron tijoratda ichki va tashqi axborot oqimlari o'rtasidagi farq olib tashlanadi. Xaridor sotuvchining marketing kommunikatsiyasiga kirib axborot oqimlari bir vaqtning o'zida ikki yo'nalishda ketadigan kommunikativ tarmoqning bir qismiga aylanadi.
Xodimlarni mukofotlash va tan olish - daromadlarni virtual hamkorlar o'rtasida taqsimlash tizimiga va virtual maqomidagi tizimga transformatsiya qilinadi. Bir tomondan, xodimlarni yollash virtual profess- sionnal jamoalarda amalga oshiriladi,bu yerda har bir ishtirokchining professional mahorati muvaffaqiyat va yutuqlar garovi hisoblanadi10. Boshqa tomondan, masalan, har qanday savdo maydonchasi foydalanuv- chilarni maqomi va ishonch darajasini aniqlovchi individual reyting tizimini ko'zda tutadi. Natijada, marketing kommunikatsiyalari maqsadli auditoriya bilan interfaol hamkorlikning institutsionallashgan vositasiga aylanib, boshlang'ich iste'molchilar talabini rag'batlantiruvchanlik ahamiyatini yo'qotadi. Bunda xaridorlar foyda ko'rishadi, chunki, endi reklama kampaniyalariga qilingan xarajatlarni mahsulotlarni sotib olishda kompensatsiya qilishi shart bo'lmaydi, ya'ni, sotib olinayotgan mahsulot tannarxida bu xarajatlar o'z aksini topmaydi, sotuvchilar tomonidan olinayotgan marketing axborotlarining adekvatligi esa ortib boradi.
|
| |