Internet-marketingda baholash va mahsulot siyosati




Download 2,86 Mb.
bet119/151
Sana21.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#248346
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   151
Bog'liq
bobur

Internet-marketingda baholash va mahsulot siyosati


Internet-marketingda mahsulot narxini shakllantirish sharoitlari mukammal raqobat sharoitlariga asoslanadi. Biroq, xech bir yetkazib beruvchi xaridorlarning narxlar va raqobatdoshlar taklifi to'g'risidagi boshqa axborotlarga kirishini cheklay olmaydi. Biron-bir vositachi bozorni monopollashtirish va yetkazib beruvchiga o'z fikrini o'tkazishga qodir emas. Bundan tashqari, xaridorlar ixtisoslashgan forumlarda va ijtimoiy tarmoqlarda mahsulotlar to'g'risida o'zaro axborot almashishlari mumkin.
Shu bilan birga, tansaktsiya xarajatlarining tabiiy holda tejalishi an'anaviy savdoga nisbatan solishtirganda internet-sotuvchilarga narx belgilashda sezilarli ustunliklarni beradi. Bunday ustunlikka asoslanadigan chegirmalar pirovardida internet-xaridlarni amalga oshirishda xaridorlar uchun asosiy rag'batlantiruvchi omil bo'lib xizmat qiladi. Elektron tijoratga ishlab chiqaruvchilarni jalb qilinganligi ularning narxlashga bo'lgan yondashuvini tubdan o'zgartiradi. Virtuallashgan kompaniyalar- ning harakat yo'nalishi ta'sir ko'rsatish murakkab savdo sohasidan tranzaksiya xarajatlarini yanada kamaytirish va buning natijasida yangi narx afzalliklarini olish sohasiga yo'naltiriladi.
Natijada raqobatlashish bozor uchun kurash sohasidan raqobatni bozor shartlariga moslashish sohasiga ko'chadi. Bu holat “iqtisodiy
tizimlarning yashab ketish xususiyati ko’p jihatdan ularni atrof-muhit va uning o’zgarishlariga qanchalik moslasha olish holatida bog’liqligi” ni tasdiqlaydi.
Internet-marketingda ham narx siyosatining an'anaviy vositalari (chegirmalar, bonuslar, xarid uchun kredit, narxlarni tushirish va boshqalar) mavjud bo'ladi. Biroq, savdoning an'anaviy shakllari bilan internet- marketingni raqobatlashadigan asosiy vositasi bu tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish hisobiga mahsulot narxini sezilarli kamaytirilishidir. Xulosa qilib aytganda, marketingni Internetga o'tishi bilan mahsulot va brendlarning narx raqobati transaksion xarajatlar raqobatiga aylandi deb ta'kidlash mumkin.
Hozircha an'anaviy kompaniyalar o'z xarajatlari bilan mahsulotlar narxining yuqori chegarasini belgilayotgan bo'lsalarda, virtual sotuvchilar transaksiya xarajatlarining pastligi tufayli arzon narxlar taklif qilish ustunligidan foydalanadi. Bu internet-marketingda narxni shakllantirish jarayonini tubdan o'zgartirib yuboradi.
An'anaviy marketingda narxni shakllantirish sotuvchining mahsulotga belgilangandan past sotishni xohlamaydigan bazaviy narx va xaridor tasavvuridagi sotib olishi uchun adolatli hisoblangan narx doirasida amalga oshiriladi. Bazaviy narx ishlab chiqarish va tranzaksiya xarajatlari yig'indisiga sotuvchi uchun zarur bo'lgan minimal foydani qo'shilishidan tashkil topadi.
Internet-marketingda narxni shakllantirish yetkazib beruvchining (ishlab chiqaruvchi) standart sotish narxi va an'anaviy chakana savdo narxlari doirasida amalga oshiriladi.Bu yerda Internetdagi mahsulotlar haqiqatan ham arzonligini xaridorlarga aniq namoyish qiladigan reklama funktsiyalarini an'anaviy savdo orqali amalga oshiriladi. Bu esa narx siyosatini ishlab chiqish jarayonini sezilarli darajada osonlashtiradi. Agar an'anaviy marketingda adolatli narx sinov o'tkazish va xatolar usuli bilan aniqlangan bo'lsa,bu yerda mahsulotga qo'yilgan baland narxni eng yaqin do'kondan aniqlash mumkin. Shu tufayli Internetdagi reklama kampaniyalarining aksariyati taklif etilayotgan mahsulotlarni an'anaviy savdodagi narxlar bilan taqqoslashga asoslanganligi tasodif emas (4- jadval).
Tranzaktsiya xarajatlarining tushirilishi natijasida internet-
marketingda narxlarni belgilash strategiyasi an'anaviy marketingda bo'lgani kabi muhim ahamiyatga ega bo'lmaydi.Bu yerda narxlarni faqat
monopolistlar ko'tarishi mumkin bo'lgan umumiqtisodiy qonuniyat ishlaydi. Elektron vositachilar kooperatsiyalarni yanada chuqurlashtirish yoki qamrab olish ko'lamini kengaytirish va savdo hajmini ko'paytirish hisobiga raqobatlashishi xususiyatiga ega bo'ladi.

Download 2,86 Mb.
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   151




Download 2,86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Internet-marketingda baholash va mahsulot siyosati

Download 2,86 Mb.