|
D. X. Suyunov
|
bet | 125/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq bobur Nazorat uchun savollar:
Elektron tijorat ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilar olib boradigan jarayonlarda vaziyatni qanday o'zgartirdi?
Internet-marketingda mahsulot narxini shakllantirish siyosati qanday amalga oshiriladi?
Internet-marketingda mahsulot siyosati qanday amalga oshiriladi?
“Individual marketing konseptsiyasi”ni qanday izohlash mumkin?
Elektron tijoratda sotuvchining vazifasi nimadan iborat?
Internet-marketingda kommunikativ siyosat institusionallashuvini qanday izohlash mumkin?
CRM-tizimlar marketing faoliyatida qanday foydalaniladi?
Xizmat ko'rsatish sohasi ichki marketingining qanday yo'nalishlari
bor?
“Sezgir tashkilot”ning qanday asosiy belgilarini ajratib ko'rsatish
mumkin?
Dropshipping tizimini institutsionallashtirilishi
Elektron tijoratda cavdo texnologiyalarining rivojlanishi savdo vositachilarini iste'molchilarning maqsadli auditoriyasiga e'tibor qaratib, hududiy bozor chegaralaridan chiqib ketgan holda maksimal virtuallash- tirish yo'nalishida rivojlanib bormoqda. Tarmoq iqtisodiyotida paydo bo'lgan va virtual bozorlarni tezda qamrab olgan unitilgan savdo usuli - dropshipping yuqori darajada virtuallashgan hisoblanadi. Shu ma'noda, marketing imkoniyatlari va institutsional afzalliklarini to'liq ochib bergan dropshippingni elektron tijoratning e'taloni deb hisoblash mumkin.
Dropshipping marketing nazariyasining deyarli butun tarixi
davomida savdoni tashkil qilishning usuli sifatida ma'lum bo'lgan11. 1927 yildayoq, Amerika marketolog olimlari G. Meynard, V. Veydler va T. Bekman tomonidan dropshipping batafsil tavsvirlab berilgan: “Dropshipper... ofisga ega, ammo unda moddiy mahsulotlar mavjud emasligidan omborga ega emas ... u mahsulotlarga mulkchilik huquqi va jo’natish uchun javobgarlikni o’ziga oladi.” Bundan tashqari, allaqachon “dropshipper xizmat ko’rsatishda funktsiyalari cheklangan eng muhim ulgurji sotuvchi”.
Dropshipperlarni katta qismi (90%) asosan ko'mir va kokos savdosi bilan shug'ullangan. Mahsulot tannarxini oshirib yuboradigan funktsiya- lardan voz kechish (omborga joylashtirish, yuklash va tushirish va h.k.) hisobiga dropshipperlar transaksiya harajatlarining o'rta statik ulushi umumiy savdo hajmining o'sha vaqtlardayoq 6,4 foyizini tashkil etgan, aynan shu ko'rsatkich to'liq funktsionalli ulgurji savdoda 21,0 foyiz bo'lgan.
Dropshipperlarning asosiy ustunligi ularda savdo shartlari va yetkazib beruvchilarning sotish narxi to'g'risidagi axborotlarga ega bo'lishidir12. Kommunikatsiyani rivojlanmaganligi sharoyiti ularga B2B sohasida to'g'ridan-to'g'ri mahsulot yetkazib berishni tashkil qilish bilan
11 Dropshipping (ingl. Dropshipping) – to'g'ridan-to'g'ri etkazib berish (so'zma-so'z tarjimasi - jo'natish)
12 Dropshipperning ingliz tilidagi jarangdor nomi “desk jobber” - o'z stolini tark etmaydigan vositachi.
foyda chiqarib olish imkonini bergan. Biroq, elektron kommunikatsiyalar- ning rivojlanishi bilan dropshipperlar raqobatdagi ustunliklarini yo'qota boshladi.
Shuning uchun, 1960 yillarning oxiridan boshlab dropshipping asta- sekin mustaqil ulgurji savdo ko'rinishidan iqtisodiy maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda uni bozorning barcha ishtirokchilari qo'llaydigan vositaga transformatsiya qilindi. Amerikalik dropshipping tadqiqotchisi N.Shil o'zining monografiyasini “Dropshipping marketing funktsiyasi sifatida” deb nomlaganligi tasodif emas.
1990-yillar oxirida tarmoq iqtisodiyotining shiddat bilan rivojlanishi endi B2C sohasiga qayta qo'llanishida dropshippingni yangi tizim darajasiga olib chiqdi. Uni qayta tiklanishi uchun elektron tijorat va turli bozorlarda mahsulotlar narxidagi sezilarli farqlar intutional sharoit bo'lib xizmat qildi. Dropshipperlar interfaol ravishda chet el bozorlarida chakana mahsulotlarni sotib olish va shu vaqtgacha eksportyor hamda an'anaviy ulgurji sotuvchilar qo'lida bo'lib kelgan tegishli foydani olish imkoniga ega bo'ladi.
Dropshipping elektron tijorat institut va vositalari orasida o'ziga xos
o'rinni egallab olganidan an'anaviy sotuvchilar dropshipperlarga hech qanday qarshilik ko'rsata olmadi. Davlat ham dropshipperlarga hech bir chora ko'rolmaydi, chunki dropshippingda savdo moddiy mahsulot va unga bo'lgan mulkiy huquqlarni vositachilarga berilmasdan va ba'zan munosabatlarni qonuniy rasmiylashtirmasdan ham virtual holatda amalga oshiriladi.
Dropshipping mutlaqo virtualdir, chunki, dropshipperlar bir vaqtning o'zida yetkazib beruvchi bilan munosabatlarda xaridorning rolini va iste'molchi bilan munosabatlarda yetkazib beruvchining rolini o'ynaydi, aslida esa unisi ham, bunisi ham emas. Elektron tijoratda dropshippengni tashkillashtirish mexanizmini beshta asosiy bosqichdan tashkil topgan harakatlar ketma-ketligi sifatida tasavvur qilish mumkin:
|
| |