|
Kraudfandingni amalga oshirish tartibi
|
bet | 111/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq bobur Kraudfandingni amalga oshirish tartibi
Kraudfandingni amalga oshirish tartibi quyidagi ketma-ketlikka ega bo'ladi.
Manfaatdor jamoatchilikni moliyalashtirishga jalb qilish. Buyurmachining maqsadi maksimal sondagi ishtirokchilarni jalb qilish sharti bilan tezroq sur'atlarda amalga oshirish.
Ishtirokchilarni jalb qilishning maxsus vositalari, mukofotlash yo'li bilan jarayonini rag'batlantirish tartiblarini ishlab chiqish.
Jarayon ishtirokchilari kuchi bilan eng samarali va istiqbolli loyihalarni tanlash. Loyihaning ommaviyligi moliyalashtirish hajmi va tezligi bilan belgilanadi.
Quyidagi kraudfanding turlari mavjud:
Investor mukofot olmaydi. Bunday holda, platformalar ijtimoiy. Xayriya ko'rinishiga ega bo'ladi. Investorlar uchun mukofot mavjud bo'lmasa, xayriya qilish sxemasi haqida gapirish mumkin. Xayr-ehsonlar ko'pincha ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan va medditsina loyihalarida qo'llaniladi. Misol uchun, bolalarni davolash uchun mablag' to'plash – bu xayr-ehsonlar sxemasiga muvofiq kraudfanding hisoblanadi. Davolanish uchun xayriya qilgan shaxslarga ko'p hollarda ijtimoiy sahifa yoki kampa- niya saytida ularning nomlarini eslatib turish bilan minnatdorchilik bildiriladi
Moliyaviy bo’lmagan mukofotlar odatda Kikstarter modeli deb ataladi. Kikstarter modeli bugungi kunda eng keng tarqalgan kraudfanding ko'rinishi hisoblanadi. To'lov sifatida investor maruza qilishi uchun taklifnoma oladi, alohida tanlangan insonlar xos bo'lgan saytda nomini eslatib o'tish va shu kabi imtiyozlarga ega bo'ladi.
Kraudinvesting turlari
Kraudinvesting investorlarni kichik biznes yoki internet loyihalarga jalb qilishda eng keng tarqalishi xususiyatiga ega bo'ladi.
Jahon miqyosidagi kraudinvestingdagi mablag'lar aylanmasi taxminan
500 million dollarni tashkil etadi. Bu ba'zi rivojlangan mamlakatlar qonunchiligi va investorlar tomonidan ishonchsizlik mavjudligi bilan bog'liq. Kichik hajmdagi investitsiyalarni kiritish mumkinligi, shuningdek, startapni istalgan mezonlarga muvofiq tanlash huquqni bunday platformaning afzalliklarini o'z ichiga oladi.
Investor bir nechta loyihalarga sarmoya kiritishi mumkin. Ba'zan, startaplardan biri o'zini oqlaydi va boshqa barcha kiritilgan investitsiyalar xarajatlarini qoplab beradi.
Firibgarlik riski, loyixaga kerakli miqdordagi mablag'larni to'play olmaslik va amalga oshira olmaslik, platformani rentabelli emasligi va ba'zi mamlakat qonunlariga muvofiq kelmasligini kamchiliklari sifatida ko'rsatish mumkin
2017 yilning boshiga kelib, kroudinvesting uchun taxminan 300 sayt ochildi. Amerika qo'shma Shtatlari va Buyuk Britaniyada sxema keng tarqalish xususiyatiga ega bo'ldi
O'zbekistonda kraudinvesting sekin rivojlanmoqda. Fuqarolarda istiqbol g'oyalarga investitsiya kiritish istagi mavjud bo'lsada, O'zbekiston bozorida ishonchdan o'tgan va o'zini tavsiya eta oladigan saytlar hali etarli emas, investorlar esa qonun bilan ximoyalanmaganligi uchun zarar ko'rishi mumkin.
Quyidagi kaudinvesting turlari mavjud.
Royalti. Royalti amalga oshirilgan loyihani qandaydir foizini investorga qaytarilishini nazarda tutadi. Bu asosan kino, video o'yinlar va musiqa loyihalarida qo'llaniladi.
|
| |