|
Provayderlar tomonidan mobil ilovalarni asoslangan holda moslashtirilish
|
bet | 108/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq boburProvayderlar tomonidan mobil ilovalarni asoslangan holda moslashtirilish. Ba'zi innovatsion kraudsorsing platformalari allaqachon homiylarga o'z tizimlarining mobil versiyalarini taklif qilmoqda. Biroq mobil va planshet ilovalaridan foydalanish asosiy kraudsorsing servislari bilan cheklanganicha qolmoqda. Ammo, bugungi kunda Internet foydalanuvchilarining katta qismi internet-navigatsiya va ishlash o'z uchun mobil telefonlaridan foydalanmoqda. Bu holat kraudsorsing servislarini yetkazib beruvchilarga mobil makonni tezda egallab olinishiga undagan holda tasir ko'rsatadi
Kraudfanding
Globallashuvning hozirgi vaziyatdagi muammolarni echish uchun pul, axborot va bilim kabi jamoat resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini, kengaytirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Avvalgi mavzularda elektron (tarmoq, raqamli) iqtisodiyot va elektron biznes kabi tushunchalarini batafsil yoritdik. Tarmoq, boshqaruvning tarmoqli shakli (muvofiqlashtirish) tushunchalarini mohiyatini ko'rib chiqdik.
Insonlar uchun foydali bo'lgan axborotlarni saqlash va tarqatish boshqa insonlar erishgan yutuqlarini targ'ib qilish san'ati; mutaxassislarga birlashtiradigan va munosib rag'batlantirish tamoyiliga tayanadigan
jamiyat; o'zaro manfaatli munosabatlarni shakllantirish; insonlar bilan aloqa o'rnatish, netvorking, yani g'oyalarni resurslar bilan birliashtirish jarayonlarini ko'rib chiqdik.
Agar ijrochilarni tarmoq foydalanuvchilari orqali topilsa, unda asosiy shakllaridan biri kraudfanding bo'lgan kraud-texnologiyalardan foydalanish haqida gapirish qabul qilingan.
Kraud texnologiyalar hamkorlikdagi faoliyat uchun ko'plab insonlarni birlashtirish, kelishib olingan masalalarini bajarish uchun ularning resurslarini (moliyaviy vositalari, intelekti, bilimi, ko'nikmalari) maxsus platformada birlashtirishga asoslangan.
Mavzuni o'zlashtirish uchun ishlatilgan quyidagi tushunchalar ta'riflarini keltiramiz.
|
| |