|
Innovatsion kraudsorsing ekotizimining vazifalari
|
bet | 106/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq bobur Innovatsion kraudsorsing ekotizimining vazifalari
Har qanday inson ham kraudsorsingdan samarali foydalana olmasligi mumkin. Birinchi navbatda, bu texnologiyadan o'z muhlislariga ega va imkoniyat rusurslari yetarli darajada bo'lgan yirik brend va markalar foydalana oladi.
Mijozlarni jalb qilish va, albatta, halqaro mahsulot va xizmatlar bozorida raqobatdosh ustunliklarni oshirish va mijozlarni jalb qilish uchun kraudsorsing aktsiyalaridan foydalanadigan yirik tashkilot va startaplarning jahon tajribasini o'rganish dolzarb masala hisoblanadi. Misol sifatida, qaysidir manoda bu sohada birinchilardan hisoblanadigan
Chikagoning futbolka ishlab chiqaruvchi “Threadless” kompaniyasini keltirish mumkin.. Bugungi kunda mijozlar mahsulot ishlab chiqarishda faol ishtirok etishi mumkin bo'lgan holatlar yo'lga qo'yilgan. “Threadless” kompaniyasining o'ziga xos jihatlari shundaki, barcha futbolkalarning dizayni kampaniya ichida emas, balki saytga tashrif buyuruvchilarning takliflari orasidan konkurs asosida tanlab olinadi. Barcha yuborilgan dizaynlar saytning o'zida namoyish etib boriladi. Tashrif buyuruvchilar o'z tanlovi bo'yicha ovoz beradi, shundan so'ng, dastlab etarli darajadagi buyurtmalar portfeli shakllantirib olinadi va oyning eng ommaviy futbolka-mahsulotni ishlab chiqarishga kirishiladi. Bu bo'lishi mumkin bo'lgan turli yo'qotish risklarini bartaraf etilishiga imkon beradi. G'olib pul mukofotini oladi va uning ismi ishlab chiqarilayotgan mahsulot yorlig'ida namoyish qilinadi.
Zamonaviy shaklga ega bo'lgan kraudsorsing korxonalar tomonidan
nafaqat biznes muammolarini hal qilish yoki raqamli dizaynini ishlab chiqish, balki ilmiy-tadqiqot ishlari uchun ham qo'llaniladi. Inovatsiyalar uchun kraudsorsingdan foydalanish qisqa muddatda va tez unitiladigan jarayon emas. Ko'payib borayotgan kichik biznes vakillari o'z loyihalarini ishlab chiqishda va keyinchalik amalga oshirishda bu model xizmatlaridan keng ko'lamda foydalanishi mumkin. Kraudsorsing resurslarining mijozlari eksperementlar olib borishda yangi imkoniyatlarga ega bo'ladi.
Mavjud innovatsion kraudsorsing ekotizimi odatiy bo'lmagan masalalarni echishda shakllanadi:
InnoCentive - biznes, ijtimoiy, ilmiy va texnik sohalarda har kuni echilishi lozim bo'lgan eng murakkab masalalarning yechim va g'oyalari tanlovini amalga oshiradigan platforma hisoblanadi.
InnoCentivening noyob metodologiyasi yordamida har bir masala mutaxassislar hamkorligida kichik-kichik quyi masalalarga ajratib olinadi va har bir masala 300 mingta insondan tashkil topgan ijrochilar qo'shiniga baholash va yechimini topish uchun jo'natiladi. Bu masalaga qiziqayotgan va mukofotdan manfaatdor bo'lgan insonlar masalani echish uchun qabul qilib oladi va o'z yechimlarini baholash uchun buyurtmachiga taqdim etadi. Buyurtmachi o'z mukofotini oladigan va o'z navbatida intellektual mulkdan foydalanish huquqini o'ziga topshiradigan g'olibni aniqlaydi.
InnoCentive o'z mahsulotlarini targ'ib qiluvchi marketologlar uchun biznes g'oyalar tanlovidan tortib murakkab texnik yoki ilmiy masalalarga qadar bo'lgan keng ko'lamli masalalar doirasini qo'llab-quvvatlaydi.
Kaggle statistik va tahliliy kraudsorsing doirasida innovatsion yechimdir. Bu biron-bir fakt yoki hodisalarni avvaldan bashorat qilish modellarini yaratish uchun musobaqalarni tashkil etish bo'yicha yetakchi platforma hisoblanadi. Xususiy kompaniyalar, davlat muassalari, olimlar o'zlarining muammolarni shakllantiradi va ma'lumotlarini taqdim etgandan so'ng bir guruh ishqibozlar bu muammolarni yechishda eng yaxshi natijaga erishish uchun musobaqalashadi. Musobaqalashish natijasida g'olib aniqlanadi va yaratilgan modelning asosiga qo'yilgan intellektual mulk huquqi mukofot puli evaziga buyurtmachiga topshiriladi.
Kaggledan foydalanish sabablari juda oddiy: aksariyat kompaniyalar o'z ma'lumotlaridan maksimal darajadagi foydali axborotlarni ajratib olishga yordam beradigan ilg'or statistik model va texnikadan foydalanish imkoniyati ega emas. Kaggle bu muammoni eng yaxshi tahlilchi va olimlarni mehnat resurslari sifatida taklif qilish orqali yechib beradi beradi. Kaggle kraudsorsing platformasining afzalligi shundaki, aslida har qanday muammoni hal qilish uchun son-sanoqsiz variantlar mavjud bo'ladi. Va hech kim bu variantlarni barchasini bir vaqtda sinab ko'rish qobiliyatiga ega emas. Bunday platforma birlashtirilgan katta sondagi mutaxassislar yordamida katta to'plamdagi muammolarni hal qilishning ko'plab usullarini taklif qila oladi. Buyurtmachi faqat o'zi ma'qul topgan yechimni tanlashi mumkin.
TopCoder 460 mingdan ortiq dasturiy ta'minot ishlab
chiquvchilar, tahlilchilar, dizaynerlar va shu kabilardan tashkil topgan jamiyat hisoblanadi. Jamiyat bilan ishlash konkurs asosida TopCoder platformasi orqali amalga oshiriladi, buning natijasida yuqori tezlikka erishiladi va ishlab chiqarish muddatlari qisqaradi. Loyihaning hajmi va o'ziga xos xususiyatlaridan (mobil ilovadan korporativ tizimga qadar) qat'iy nazar muayyan xodimlarni ishga yollash zaruriyatisiz va shartnoma tuzmasdan har qanday masalani echish mumkin.
Loyiha bilan ishlash mazmuni quyidagilardan iborat: TopCoder jamoasi tomonidan boshlang'ich masala alohida bajarilishi umumiy maqsadga erishish kafolatini beradigan juda ko'p sonli kichik quyi
masalalarga ajratiladi. Har bir kichik masalani echish uchun faqat eng optimal va samarali yechimlarni tanlab olishga yordam beradigan konkurs tashkil etiladi. Natijada, har bir tarkibiy element ustida tor yo'naltirishdagi mutaxassislar ishlaydi.
Mijozning faoliyatini soddalashtirish uchun TopCoder musobaqani boshlash va boshqarish texnik yo'nalishlari bilan shug'ullanadigan ikkinchi-menejer bilan ta'minlaydi, bu esa mijozni paydo bo'lishi mumkin bo'lgan ortiqcha tashvish va turli nosozliklardan halos qiladi. Buyurtmachi esa faqat harakat yo'nalishini to'g'ri belgilab olishi zarur bo'ladi Aynan shu harakatlanishdagi innovatsiya hisoblanadi.
|
| |