|
Mobil tijoratning afzallik va kamchiliklari
|
bet | 102/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq bobur Mobil tijoratning afzallik va kamchiliklari
Mobil tijorat quyidagi afzalliklarni o’z ichiga oladi:
Oson kirish orqali mijozlarni ushlab turish.
Narxlarni taqqoslash, izohlarni o'qish va kompyuter ish stolidan foydalanmasdan xarid qilishda xaridorlar uchun katta qulayliklar.
Tovar va xizmatlarning keng tanlovi;
Mijozlar bilan aloqa va savdo nuqtalarini avtomatlashtiradi.
Mobil tijorat quyidagi kamchiliklarni o’z ichiga oladi:
Qoniqarsiz rasmiylashtirilgan mobil interfeys mijozlarni xarid qilishdan ikkilantiradi;
Mobil to'lov imkoniyatlari barcha hududlarda mavjud emas va raqamli hamyonlarning barcha turlarini qo'llab-quvvatlamasligi mumkin.
Kompaniyalar mahsulotlar jo'natiladigan barcha mamlakatlarning soliq qonuni va qoidalarini bilishlari ularga rioya qilishlari kerak (ba'zi kompaniyalar faqat o'z mamlakatidagina savdo qilish va yetkazib berishga ruxsat beradi).
Mobil tijoratdan foydalanish statistikasi
Ko'plab mobil qurilmalar orqali elektron tijorat platformalaridan foydalanadigan insonlar soni kun sayin ortib bormoqda. Mobil tijoratning ahamiyati ham mos ravishda oshib bormoqda. Misol uchun, mobil tijorat uchun 2015-yilda 11 million dollardan ortiq mablag' sarflangan. Hozir bu AQShdagi barcha elektron savdoning deyarli 30 foizini tashkil qiladi. Mobil tijoratning rivojlantirilish bilan elektron tijorat o'zining eng yuqori cho'qqisiga chiqdi, chunki u mobillik, qulaylik va o'zaro bog'liqlik daraja- sini oshirdi. Endi ulanish uchun joy izlashga hojat yo'q, mobil tijoratning muvaffaqiyatga erishish simsiz tarmoqlar, SMS, Blyutuz va shu kabilardan foydalanishga asoslanadi. Chiptalarni mobil bron qilish, pul o'tkazmalari, mobil banking va shu kabilar uchun foydalanishadi. Bundan tashqari, savdo uchun mobil ilovalardan foydalanish keng rivojlanib bormoqda.
Ko'proq mijozlarga erishish va foyda olish uchun biznesni mobil
platformaga ko'chirish mantiqan to'g'ri bo'ladi.
Bugungi kunda mobil tijorat juda tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda, jamiyat allaqachon 8 messenjerda spam muammosiga duch kelmoqda va bu tabiiydir, chunki mesmenjerlar tezlashib bormoqda va mobil reklamanig tobora ommalashuv ko'lami kengaymoqda. Xitoyning
mashhur QQ messenjeri oyiga 843 million foydalanuvchiga, WhatsApp 800 million foydalanuvchiga, Wechat — 600 million foydalanuvchiga, Yaponiya LINE messenjeri— 340 million foydalanuvchiga ega. Ijtimoiy tarmoqlar mobil tijoratning barcha imkoniyatlariga e'tibor qaratadi va Internet-savdoning 3 biznes-modeli texnologiyasini yaratishga kirishdi.
AQShda mobil tijorat bilan bog'liq onlayn xarajatlar so'nggi bir necha yil davomida barqaror ravishda o'sib bormoqda. 2022 yilda mobil qurilmalar orqali tranzaksiyalarning umumiy daromadi 423,24 million dollar bo'lishi kutilmoqda(10.1-rasm). Ko'proq chakana sotuvchilarni mobil telefonlardan joy olish uchun kurash olib borilishini ijobiy tendentsiya sifatida qarash mumkin.
Vaqt o'tishi bilan kontentni simsiz qurilmalar orqali yetkazib berish tezroq, xavfsiz va ko'lamlanuvchan bo'lib boradi. 2017 yil holatiga ko'ra, mobil tijoratdan foydalanish elektron tijorat savdosining 34,5 foizini tashkil etdi. Mobil tijoratga jalb qilinishi mumkin bo'lgan sohalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Moliyaviy xizmatlar, shu jumladan mobil banking (mijozlar o'z hisoblariga kirish va hisob-kitoblarni to'lash uchun ko'chma qurilmalaridan foydalanganlarida), shuningdek, qimmatli qog'ozlar kotirovkasini aks ettirishi mumkin bo'lgan brokerlik xizmatlari, savdo esa aynan bitta ko'chma qurilmadan amalga oshiriladi.
Xizmatlar o'zgaradigan telekomunikatsiya, to'lovlarni amalga oshirish va barcha hisob kitob ro'yxati tekshiruvlari aynan bitta ko'chma qurilmadan amalga oshirilishi mumkin.
Xizmat va chakana savdo, iste'molchilarga tezda buyurtma berish va to'lovni yo'l-yo'lakay amalga oshirish imkoniyati beriladi.
Bitta mobil qurilma orqali moliyaviy yangiliklar, sport ma'lumot- larni yetkazib berish va trafikni yangilashni o'z ichiga olgan axborot xizmatlari.
|
| |