|
BOB. ELEKTRON TIJORATDA KRAUDSORSING VA KRAUDFANDING PLATFORMALARI
|
bet | 98/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq bobur BOB. ELEKTRON TIJORATDA KRAUDSORSING VA KRAUDFANDING PLATFORMALARI
Elektron tijorat platformalari
Elektron tranzaksiyalar kompaniyaga nafaqat iste'molchi va yetkazib beruvchilar bilan samarali munosabatlarni o'rnatish, balki xarajatlarni kamaytirish imkonini ham beradi".
E-commerce turli ko'lam va hajmdagi firmalarga savdo bilan shug'ullanish imkonini beradi va elektron peshtaxta har qanday tadbirkorga dunyoning istalgan burchagidan xaridorlarni jalb qilish imkonini taqdim etadi. Onlayn-biznes amaliy jihatdan ahamiyatli moddiy xarajatlarni talab qilmaydigan yangi “virtual” savdo kanali tarmog'ini yaratadi.
Elektron tijorat turli mamlakatlarda (rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda) chakana sektordagi an'anaviy biznes sxemalarini tubdan o'zgartirgan holda istiqbolda savdo o'sishining asosiy harakatlantiruvchi omillardan biri bo'lib qoladi.
Marketer tadqiqotlar kompaniyasi ma'lumotlariga ko'ra, elektron tijoratning global yillik o'sish sur'ati 17 foiz dan ortiq bo'lib, elektron tijorat umumiy chakana savdoning tahminan 6 foizini tashkil qiladi. Elektron tijorat bozorining rivojlanish darajasi bo'yicha yetakchi mamlakatlar orasida buyuk Britaniya va AQSh 10-12 foizli e-tijorat ulush bilan ajralib turadi. So'nggi ikki yil ichida elektron tijorat bozori AQShda 25 foizga va evro hududda 30 foizga oshgan.
Elektron tijoratning Mobil tijorat, kraudsorsing, kraudfanding, virtuallashtirish, “nozik mijoz”, bulutli texnologiya va shu kabi boshqa texnologiyalar (jadvalga qarang) bugungi kunda faol rivojlanmoqda.
Mobil tijorat
Texnologik taraqqiyot asrida ko'pchilik onlayn-tranzaksiyalarning afzalliklaridan foydalaniladi. Elektron tijorat Internet orqali xizmat va mahsulotlarni buyurtma qilish, sotish va ayirboshlash imkonini beradi. Mobil tijorat ham smartfon va planshetlar kabi mobil qurilmalardan foydalangan holda aynan shunga o'xshash jarayonlarni amalga oshirish imkonini beradi.
|
| |