|
O’zbekiston Respublikasi elektron tijorat sub’ektlari milliy reestri
|
bet | 94/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq bobur O’zbekiston Respublikasi elektron tijorat sub’ektlari milliy reestri
Bugungi kunga kelib hukumatimiz oldida elektron biznes jarayonlarini osonlashtiruvchi, mobil pul platformalarini ishlab chiqish va elektron texnologiyalardan foydalanishni rag'batlantiruvchi, elektron tijoratning zarur infratuzilmasini rivojlantiruvchi, internet tarmog'i vositasida bitimlar tuzishga bo'lgan ishonchni oshiruvchi, shuningdek, kiberjinoyatlarga qarshi tura oladigan samarali huquqiy asosni shakllantirish bo'yicha muhim vazifalar turibdi.
O'zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to'g'risida”gi qonuniga asosan, elektron tijorat zamonaviy biznesda mavjud bo'lgan deyarli barcha jarayonlarni yaxlitlash va integratsiya qilish orqali ularni zamonga mos ravishda o'zgartirish uchun shart-sharoit yaratadi.
Mamlakatimizda elektron tijoratni yanada rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi PQ-3724- son qarori bilan elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari belgilab berilgan. Unda elektron tijorat sub'ektlari uchun qulay sharoitlarni
yaratish ko'zda tutilgan bo'lib, elektron tijorat sub'ektlari Milliy reestirining joriy etilishi shular jumlasidandir.
Milliy reestr o’zi nima? Elektron tijorat sub'ektlari milliy reestri – bu elektron tijoratning mahalliy sub'ektlari haqidagi ma'lumotlarni o'zida jamlagan yagona elektron bank hisoblanadi. Uning asosiy vazifalari va yo'nalishlari qatoriga quyidagilar kiradi:
elektron tijoratni joriy etish va rivojlantirish holatini tizimli monitoring qilish va baholash, shuningdek axborot tizimlari va resurslarini joriy etish samaradorligini o'rganish;
elektron tijoratni samarali rivojlantirish maqsadida amaldagi qonunchilikni maqsadli tahlil etish va takomillashtirish bo'yicha takliflar kiritish.
Milliy reestr qachondan ishga tushirilgan. Milliy reestr 2018 yilning 1 iyulidan boshlab elektron shaklda onlayn www.e-tijorat.uz internet-portalida ishga tushirilgan.
Saytda reestrga kiritish uchun ariza berish bo'yicha yo'riqnoma hamda elektron tijoratga oid me'yoriy huquqiy hujjatlar joylashtirilgan, shuningdek, qiziqtirgan savollar bo'yicha murojaat etish uchun telefon raqam keltirilgan.
Milliy reestr regulyatori – O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hisoblanadi. Regulyator milliy reestrni yuritish, shakllantirish va rivojlantirish bilan shug'ullanadi.
|
| |