Elektron tijorat sohasidagi davlat siyosati




Download 2,86 Mb.
bet91/151
Sana21.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#248346
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   151
Bog'liq
bobur

Elektron tijorat sohasidagi davlat siyosati


Elektron tijorat sohasidagi davlat siyosati elektron tijoratni rivojlantirishning huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnik va boshqa shart- sharoitlarini yaratishga yo'naltirilgan.
Quyidagilar elektron tijorat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari hisoblanadi:

  • elektron tijorat sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini qo'llab- quvvatlash va rag'batlantirish;

  • biznesni innovatsion rivojlantirish uchun qulay muhitni yaratish, elektron tijoratni rivojlantirish uchun zarur texnik va logistik infratuzilmani shakllantirish;

  • elektron tijorat sohasini rivojlantirish maqsadida investitsiyalar, zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni jalb qilish uchun qulay sharoitlarni yaratish;

  • elektron tijorat ishtirokchilari o'zaro hamkorligining yangi va samarali shakllarini rag'batlantirish, zamonaviy biznes-modellarni joriy etish;

  • elektron tijorat operatsiyalarini himoya qilish, ishonchliligini va xavfsizligini ta'minlashda elektron tijorat ishtirokchilariga yordam ko'rsatish choralarini ko'rish;

  • tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarini ularning elektron tijorat sohasidagi faoliyati uchun zarur bo'lgan huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnik va boshqa axborot bilan ta'minlash;

  • iste'molchilar huquqlarini va elektron tijorat sub'ektlari manfaatlarining himoya qilinishini ta'minlash;

  • elektron tijorat sohasidagi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy-texnik tadqiqotlarni rag'batlantirish;

  • elektron tijorat sohasida xalqaro hamkorlik qilish, elektron tijoratdan foydalangan holda mamlakatning eksport salohiyatini oshirish.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi elektron tijorat sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.
Vakolatli organ:

  • elektron tijorat sohasida davlat siyosatining amalga oshirilishini ta'minlaydi;

  • elektron tijorat sohasida davlat dasturlarini shakllantiradi va amalga oshiradi;

  • elektron tijorat sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

  • elektron tijoratni kompleks rivojlantirishni ta'minlash doirasida davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

  • manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda elektron tijorat sohasidagi hujjatlarni bir xillashtirish choralarini ko'radi;

  • elektron tijoratni rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi;

  • elektron tijorat ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha choralar ko'radi;

  • elektron tijorat sohasini innovatsion rivojlantirish ehtiyojlarini hisobga olgan holda, xodimlarning malakasini oshirish tizimini shakllantirishda ishtirok etadi;

  • elektron tijorat to'g'risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi;

  • aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun servislarni yaratish maqsadida biznes-operatorlar uchun tavsiyalar ishlab chiqadi;

  • elektron tijorat sohasida zamonaviy innovatsion texnologiyalar, axborot tizimlari va axborot resurslarini joriy etish, rivojlantirish va integratsiyalashuviga ko'maklashadi;

  • elektron tijorat sub'ektlariga xizmat ko'rsatish maqsadida logistika infratuzilmasini rivojlantirish choralarini ko'radi;

  • manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda elektron tijorat sohasida elektron to'lovlarning samarali usullari va tizimlarini joriy qilish va ommalashtirish choralarini ko'radi;

  • manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda transchegaraviy elektron tijoratni rivojlantirish choralarini ko'radi;

  • elektron tijoratni, shu jumladan transchegaraviy elektron tijoratni rivojlantirish maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni o'rnatadi;

  • xalqaro elektron tijorat almashinuvini, turli mamlakatlar yoki mintaqalar bilan hamkorlik qilish, transchegaraviy elektron tijoratning xalqaro qoidalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi va elektron imzolarni xalqaro e'tirof etishga yordam beradi;

  • elektron tijorat doirasida amalga oshirilgan tranzaksiyalar va bitimlar to'g'risidagi o'rnatilgan tartibda olingan umumlashtirilgan axborotni e'lon qiladi;

  • manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda elektron tijorat sohasida tadqiqot va monitoringni tashkil etadi, elektron tijorat hajmlarini hisobga olishni tashkil etish chora-tadbirlarini ko'radi;

  • elektron tijoratda sotishda muomaladan chiqarilgan yoki muomalasi cheklangan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ro'yxatini tasdiqlaydi.

Download 2,86 Mb.
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   151




Download 2,86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron tijorat sohasidagi davlat siyosati

Download 2,86 Mb.