• O’zbekistonda elektron tijorat sohasini yangi rivojlanish
  • elektron savdo maydonchasi




    Download 2,86 Mb.
    bet89/151
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #248346
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   151
    Bog'liq
    bobur

    elektron savdo maydonchasi — tashkiliy, axborot va texnik qarorlarning dasturiy-apparat majmui, shu jumladan mahsulotlarni

    (ishlarni, xizmatlarni) sotish uchun axborot tizimi orqali sotuvchi va xaridorning (buyurtmachining) o'zaro hamkorligini ta'minlaydigan internet-do'kon;

    • elektron xabar — axborotni jo'natuvchini identifikatsiyalash imkonini beruvchi elektron shaklda qayd etilgan axborot;

    • elektron vosita — elektron shaklda axborotni qayta ishlash, saqlash va uni ayirboshlashga mo'ljallangan kompyuter va (yoki) boshqa texnik asbob, shuningdek telekommunikatsiyalar tarmog'i;
    • elektron shartnoma (keyingi o’rinlarda shartnoma deb ataladi)


    • mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi uchun axborot tizimlaridan foydalangan holda sotuvchi va xaridor o'rtasida tuziladigan shartnoma;

      • elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa rekvizitlarga ega bo'lgan axborot.



      1. O’zbekistonda elektron tijorat sohasini yangi rivojlanish


    bosqichiga o’tishi
    Elektron tijorat sohasining bugungi rivojlanish bosqichi mamlakat Pezidentining tashabbusi bilan 2015 yilda amalga oshirilgan “Elektron tijorat to'g'risida”gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bilan bevosita bog'liq. Bu qonun elektron tijoratning texnologik va telekommunikatsion rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatish bilan birga mahalliy xo'jalik sub'ektlarining samarali faoliyati uchun qulay sharoit yaratish borasidagi tizimli ishlarning takomillashuviga olib keldi.
    Qonun qabul qilinishi bilan elektron tijoratning kelgusidagi istiqboli bilan bog'liq huquqiy asoslarni takomillashtirish borasida bir qator amaliy tadbirlar amalga oshirildi.
    Xususan, hukumat qaroriga asosan o'rta muddatli istiqbolda elektron tijoratni rivojlantirishning, raqobat muhitini kengaytirishning, yangi infratuzilma o'sishining va qo'shimcha ish o'rinlari yaratishning yo'llari, shakllarini belgilashning, shuningdek, elektron tijorat to'g'risidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishning asosiy yo'nalishlarini belgilovchi kontseptsiya qabul qilindi.
    O'zbekistonda tizimli va tadrijiy davlat siyosati olib borilgani natijasida davlat organlari, tadbirkorlik sub'ektlari, jismoniy shaxslar va tijorat banklari
    o'rtasida tezkor aloqa o'rnatilib, masofaviy boshqaruv orqali bank hisob raqamlarini boshqarish, zamonaviy elektron ilovalar va to'lovlarni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yangi axborot texnologiyalari keng joriy qilindi, bu esa, o'z navbatida, telekommunikatsiya infratuzilmasining keskin rivojlanishida muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda.
    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining iqtisodiyot sohasiga keng joriy etilishi ishlab chiqaruvchi va iste'molchi o'rtasida mahsulot va xizmat ko'rsatishdagi aloqalarning yangi rivojlanish bosqichini boshlab berdi. Ayni paytda O'zbekistonda elektron tijoratni xo'jalik texnologiya jarayonlariga faol joriy etish va undan samarali foydalanish, mijozlarning internet global tarmog'i va mobil aloqa vositalari orqali interaktiv xizmat ko'rsatishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiy integratsiyalashuv va globallashuv sharoitida xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, xususan, kichik biznes vakillari va tadbirkorlarning o'z faoliyatida elektron to'lov va elektron tijoratni joriy etishi ularning raqobatbardoshligini oshirish bilan birga milliy iqtisodiyotda yuqori iqtisodiy ko'rsatkichlarga erishishlariga sabab bo'lmoqda.
    Qonunga o'zgartirishlar kiritilishi natijasida elektron to'lovlar
    tizimini yangi bosqichga ko'tarishga xizmat qildi. Chunki shu asosda mamlakatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yuqori darajada raqamlashtirishga keng yo'l ochildi. Bu savdo operatsiyalarini amalga oshirish bo'yicha xarajatlarni kamaytirish, elektron tijorat sub'ektlarining bir-biridan uzoqligi bilan bog'liq muammolarni hal etish, sotuvchilar va xaridorlar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri shartnomaviy munosabatlarni o'rnatish, xalqaro standartlarga javob beradigan texnologik bozor infratuzilmasini yaratishga imkon beradi.
    Shu o'rinda elektron tijoratni rivojlantirish, yangi tahrirda qabul qilingan “Elektron tijorat to'g'risida”gi qonun talablarini amaliyotga samarali ravishda tatbiq etish borasida bir qator masalalar alohida e'tibor talab qiladi. Xususan, amaliyot shuni ko'rsatmoqdaki, elektron tijoratda shartnomalarni elektron tarzda tuzishda hanuz qog'oz shaklidan foydalanish holatlari mavjud. Buning asosiy sababi aholining ko'pchiligi, shu jumladan, joylardagi tadbirkorlar ham elektron tijorat haqida yetarli ma'lumotlarga ega emasligidir.
    Elektron tijoratda shartnomalar tuzilganidan so'ng uni amaliyotga tatbiq qilib, shartnoma bo'yicha real vaziyatda uni ijro etish, xususan, hisob-kitob ishlarini amalga oshirishda turli tushunmovchiliklar mavjud. Foydalanuvchilar uchun turli soha va yo'nalishlarga ixtisoslashgan, professional savdo platformalariga ega axborot vositachilari sonini ko'paytirish va qo'llab-quvvatlash masalasi ham bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo'lib turibdi.
    Shu boisdan jamoatchilik o'rtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish, soha uchun axborot texnologiyalari va tijorat ishlaridan boxabar mutaxassislarni tayyorlash, marketing ishlari sifatini oshirish, mahsulotlarni xaridorlarga yetkazib beruvchi kurerlik xizmatlari tashkil etish, biznes tomonidan tijorat ishlarida axborot xavfsizligini ta'minlash, shu orqali xaridorlarga ishonchli va kafolatlangan xizmatlarning taklif etilishi soha rivojiga ijobiy turtki bo'ladi.
    Shuningdek, tadbirkorlarning elektron tijorat imkoniyatlaridan foydalanish va ularning elektron iqtisodiy faolligini oshirish uchun kerakli rag'batlantiruvchi davlat dasturlarini ishlab chiqish zarurati oydinlashmoqda. Shundan kelib chiqib, mamlakatimizda elektron tijorat sohasini rivojlantirish va samaradorligini oshirish, avvalo, sohaga oid qonun hujjatlari, belgilanayotgan talablar va yaratib berilgan imkoniyatlar bilan keng jamoatchilikni tanishtirish, tegishli targ'ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish, bu o'rinda davlat, biznes va nodavlat sektori o'rtasida samarali hamkorlik aloqalarini kuchaytirish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
    Qayta tahrirlab o’zgartirishlar kiritilgan “Elektron tijorat to'g'risida”gi qonunda turli boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ayrim qoidalari jamlangan. Masalan, Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalari, Shartnomalarni tuzishda elektron raqamli imzolarni qo'llash va elektron hujjatlarni hamda elektron tijoratda qo'llaniladigan elektron xabarlardagi mavjud axborotni saqlash tartibi to'g'risidagi nizom, Dasturiy mahsulotlar va axborot mahsulotlaridan foydalanish huquqini amalga oshirish hamda rasmiylashtirishning bojxona rasmiylashtiruvi (deklaratsiyalash) va buxgalterlik hisobini yuritish tartibi to'g'risidagi nizom va boshqalarni kiritish mumkin.
    Natijada Qonun bilan tartibga solinadigan mexanizmlar qamrovi
    kengaydi qonunda batafsil aks ettirildi. Tahrirlangunga qadar amalda
    bo'lgan va tahrirlangan qonunlar solishtirma tahlil qilinganda quyidagilarni ajratib ko'rsatish mumkin:

    • qonunga juda keng tushunchalar apparati kiritildi. Bazaviy atamalar bilan bir qatorda, unga raqamli mahsulotlar, ularni import va eksport qilish, raqamli distributsiya, transchegaraviy elektron tijorat va h.k. ta'riflari kiritilgan;

    • elektron tijoratni amalga oshirishning qo'shimcha printsiplari qayd etildi. Xususan, hujjatlarni, shu jumladan, elektron hujjatlarni birxillashtirish, axborot xavfsizligi, mahsulotlar (ishlar va xizmatlar) sifati lozim darajada bo'lishini ta'minlash, shuningdek, tartib-taomillarning ochiq-oshkoraligi, shaffofligi va tushunarliligi to'g'risida so'z yuritilgan. Mazkur soha asoslangan har bir printsipning mazmun-mohiyati alohida ochib berilgan;

    • sohani davlat tomonidan tartibga solish tartibi belgilangan: Vazirlar Mahkamasi, Axborot kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (vakolatli organ), davlat organlari va mahalliy hokimiyatlarning vakolati cheklangan;

    • elektron tijorat ishtirokchilarining (sotuvchi va xaridorlar, biznes- operatorlar, shu jumladan,. bitimlarni tuzishda ishtirok etuvchi yoki bunda yordam beruvchi savdo platformalarining operatorlari) tarkibi, shuningdek ularning o'zaro munosabatlari xususiyati belgilab berildi;

    • bitimlarni tuzish tartibi, shu jumladan ularni hujjatlashtirish shakli va tartibi, elektron hujjatlar va xabarlarning yuridik kuchi, ularni saqlash shartlari va muddatlari, shuningdek bitim taraflari to'g'risidagi axborot tarkibi va shu kabilar batafsil qayd etildi. Hisob-kitob qilish, mahsulotlarni yetkazib berish, ularni qaytarish va to'lov summalarini qoplash tartibiga oid masalalar tartibga solindi;

    • raqamli mahsulotlar bilan bog'liq bitimlarni tuzish qoidalari tilga olindi. Transchegaraviy elektron tijoratga alohida bob bag'ishlandi.




    Download 2,86 Mb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   151




    Download 2,86 Mb.