|
Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalariga kiritilgan asosiy tushunchalar
|
bet | 88/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq bobur
Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalarida quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi:
aksept — oferta yo'llangan shaxsning uning qabul qilinganligi to'g'risidagi javobi;
axborot tizimi — axborotni to'plash, saqlash, izlash, qayta ishlash va undan foydalanish imkonini beradigan axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining tashkiliy tartibga solingan jami;
axborot vositachisi — elektron tijoratda elektron hujjatlar va elektron xabarlar aylanishi bilan bog'liq xizmatlar ko'rsatuvchi yuridik shaxs;
axborot resursi — axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma'lumotlar banki, ma'lumotlar bazasi;
oferta — bir shaxsga, bir nechta aniq shaxslarga yoki shaxslarning nomuayyan doirasiga yo'naltirilgan, undan taklif bildirayotgan shaxsning (oferentning) taklifda ko'rsatilgan shartlarda kim javob bersa u bilan shartnoma tuzishga bo'lgan irodasi bilinadigan shartnomaning barcha mavjud shartlari mavjud bo'lgan taklif;
xaridor — pirovard iste'mol, tijorat maqsadlarida foydalanish, o'zining ishlab chiqarish-xo'jalik ehtiyojlari uchun axborot tizimlaridan foydalangan holda mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib oluvchi jismoniy shaxs yoki tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari (O'zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari);
sotuvchi — axborot tizimlaridan foydalangan holda mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotuvchi tadbirkorlik faoliyati sub'ekti;
elektron tijorat ishtirokchisi — elektron tijoratda mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotuvchi yoki ularning xaridori bo'lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
elektron tijorat — axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi;
|
| |