|
BOB. O’ZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORATNING
|
bet | 86/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq bobur BOB. O’ZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORATNING
ME’YORIY-HUQUQIY BAZASI
O’zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish me’yoriy-huquqiy asoslari va olib borilgan chora-tadbirlar
O'zbekistonda elektron tijoratning chakana savdo umumiy hajmidagi ulushi 1,4 foyizni, aynan shu ko'rsatkich Rossiyada 4 foyiz, AQShda 8,3 foyiz va G'arbiy Evropaning aksariyat mamlakatlarida 9,9 foyizni tashkil qiladi.
Evropada elektron tijoratning keng tarqalishida Buyuk Britaniya yetakchi hisoblanadi, bu erda Internet foydalanuvchilarning qariyb 86 foyizi onlayn xaridlarni amalga oshiradi.
Bu ko'rsatkich Xitoy va Koreyada yanada yuqori, foydalanuvchi- larning 90 foyizga yaqini Internet orqali xarid qiladi. Braziliya va AQShda bu ko'rsatkich juda yuqori va 85% ni tashkil qiladi. Biroq, shuni takidlash joizki, bu davlatlarda elektron tijoratning o'sish salohiyati deyarli maromiga etgan, O'zbekistonda esa bu jarayonning boshlang'ich bosqichlari ketmoqda. Demak, keyingi yillarda O'zbekistonda ham elektron tijorat sohasi salmoqli ulushda o'sib boradi deb aytish mumkin.
Shu bilan birga, shuni ta'kidlash kerakki, O'zbekitonda Internetdan foydalanuvchilarning ulushi umumiy aholi soniga nisbatan 74 foyizni, mobil telefondan foydalanuvchilar 89 foyizini tashkil qilishi e'tiborga olinsa bu internet-xaridorlarning har yili barqaror o'sib borishiga ijobiy ta'sir qilishini tahmin qilish mumkin. Biroq, Internetga bog'lanish texnik imkoniyatlarining o'sishi va arzonlashuvi bilan iqtisodiyotning bu sektorida savdoning keskin o'sishiga olib keladi.
Elektron tijoratning tizimli afzalliklari tarmoq iqtisodiyoti global iqti- sodiyotning sanoat-industriyadan keyingi rivojlanish bosqichlaridan biri bo'lib, unda taqsimlash infratuziomasi ishlab chiqarish infratuzilmasidan ustunlik qiladi. Shu sababli, aynan tijorat virtual internet-kommunikatsiya va transaktsion xarajatlarning kamayishi tufayli yangi institusional sikl para- metrlarini belgilab beradigan o'sishning noyob manbaiga aylanib bormoqda.
Ta'kidlash joizki, elektron tijoratni rivojlantirish mamlakatimda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli iqtisodiy islohotlarning ajralmas bo'lagi hisoblanadi. Shu boisdan elektron tijoratni rivojlantirish va
iqtisodiyotni axborotlashtirish jarayoniga moslashtirish borasida qabul qilingan qonunlar, Prezident va hukumat qarorlari, yaratilgan texnologik asoslar tufayli so'nggi yillarda elektron tijorat bozori shakllanib, unga xizmat qiluvchi mexanizmlar tizimli ravishda takomillashib bormoqda.
Keyingi yillarda O'zbekistonda kompyuterlashtirish va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun muayyan chora- tadbirlar amalga oshirildi. Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari faoliyat ko'rsatishining muhim iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilab beruvchi normativ huquqiy baza yaratildi. Xususan, zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan bir qator qonunlar qabul qilindi. Shu jumladan, elektron tijorat doirasida uning ishtirokchilari o'rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy-moliyaviy munosabatlarni samarali tartibga solish uchun har tomonlama takomillashgan me'yoriy huquqiy baza yaratildi. Bularga, “Axborotlashtirish to'g'risida”gi Qonun (11.12.2003y), “Elektron hujjat aylanishi to'g'risida”gi Qonun (29.04.2004y), “Elektron to'lovlar to'g'risida”gi Qonun (16.12.2005y) “Elektron tijorat to'g'risida”gi Qonun (22.05.2015y.), “Elektron raqamli imzo to'g'risida”gi Qonun (20.08.2015y), "Elektron hukumat to'g'risida"gi Qonun (9.12.2015) va boshqa me'yoriy hujjatlarni keltirish maqsadga muvofiq.
Elektron tijorat tizimlarining rivoj topishida axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining roli muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, tizimning texnik va dasturiy ta'minotlari uning rivojiga ta'sir etuvchi asosiy omillardan sanaladi. Xususan, telekommunikatsiya tizimlarining sifati, tezligi va bahosi elektron tijorat tizimlarini joriy etishdagi asosiy mezonlardan hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan tahlil qiladigan bo'lsak, mamlakatimizda ushbu sohaning rivoji uchun qulay sharoitlar yaratilyapti.
«Elektron tijorat to'g'risida»gi Qonun 2004 yilda qabul qilingan. Qabul qilingan qonun asosida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora- tadbirlar iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirishda, shu jumladan, elektron tijoratni rivojlantirishda muayyan natijalarga erishish imkonini berdi.
Shu bilan birga, O'zbekistonda elektron tijoratning to'laqonli bozorini yaratishga, mahsulotlar (xizmatlar) ishlab chiqaruvchi mahalliy
korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishiga to'siq bo'layotgan qator quyidagi muammo va kamchiliklar saqlanib qoldi:
|
| |