|
Elektron tijoratni huquqiy jihatdan rivojlanib borish bosqichlari
|
bet | 96/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq boburElektron tijoratni huquqiy jihatdan rivojlanib borish bosqichlari
Elektron tijorat rivojlanishini me'yor, huquq va qoidalar bilan bog'liq jihatdan tartibga solinishini quyidagicha tavsiflash mumkin:
bosqich: Joriy etish. Virtual muhitda iqtisodiy faoliyatning tranzaktsion xarajatlarni minimallashtirishning afzalliklaridan foydalanishga asoslangan yangi usullari o'z-o'zidan paydo bo'ladi. Uning paydo bo'lishining sababi ekzogendir, chunki tashqi omillari tufayli, qulay
iqtisodiy sharoit yuzaga kelganda bozor sub'ektlari hech qanday kelishuvsiz, qonuniy majburlashsiz va hatto jamoat manfaatlarini hisobga olmasdan o'z-o'zini tashkil qildi.
Joriy etish bosqichida elektron tijorat tadbirkorlik darajasida jadal rivojlanadi. Elektron tijoratda hukmronlik qilayotgan kichik biznes sub'ektlari tartibga solish doirasidan tashqarida faoliyat olib boradi, davlat arbitraj xizmatiga murojaat qilmaydi, o'z faoliyatini rasman ro'yxatdan o'tkazmaydi va soliq to'lamaydi.
bosqich: O’sish. Iqtisodiy faoliyatning yangi usullari muntazam foydalaniladi. Ya'ni, tijorat faoliyatini yukori samaradorligini ta'minlovchi umum kabul kilingan xatti-harakatlar algoritmlariga transformatsiya kilinadi. Elektron tijoratga nisbatan faqat unga xos bo'lgan hatti-harakat, huquq va me'yorlarga ega virtual bozorni shakllantirishni anglatadi. Elektron tijoratni instituallashning ikkinchi bosqichida iqtisodiy munosabatlarning yangi shakli eski institutlarni sezilarli ravishda siqib chiqaradi. Davlat o'zgarayotgan institusional reallikka e'tibor bera olmay qoladi va asta-sekin uni me'yoriy tartibga solishga bo'layotgan talabdan ogoh bo'lib bora boshlaydi. Bugungi kunda O'zbekitonda elektron tijorat institusional sikl rivojlanishning ikkinchi bosqichida rivojlanmoqda. O'zbekiston Respublikasida elektron tijorat to'g'risida” gi qonun 2004-yilda qabul qilingan.
bosqich: Yetuklik. Elektron tijorat bozorida iqtisodiy sub'ektlar-
ning asta-sekin bozorni egallab oladigan va monopollashtiradigan yiriklashuvi hamda ixtisoslashuvi kuzatiladi. Tashabbuskor entuziastlar vaqti tugaydi va o'z o'rnini professionallarga bo'shatib beradi. Shu bilan bir vaqtda, iqtisodiy faoliyat eskirgan shakllarining ahamiyati tushib ketadi: raqobatbardosh sohalar ularni yutib yuboradi, transformatsiya qilinadi yoki shunchaki bozorni tark etadi.
Iqtisodiy munosabatlar yangi shaklining institusional ahamiyati va ularni xuquqiy institusionallashtirish davlat darajasida tan olinadi. Davlat yangi sohadagi faoliyatida asosan xuquqiy me'yorlarni ishlab chiqadi va ularga rioya etilmasligida sanktsiyalar kiritadi. Institutsionallash jarayonlari xuquqiy asoslashga o'tadi.
Hozirgi kunda O'zbekistonda to'laqonli elektron tijorat davlat statis- tikasi yuritilmaydi. Vaziyatni o'zgartirish uchun nafaqat davlat hisoboti
shakllari (soliq, statistik va boshqalar), balki makroiqtisodiy ma'lumotlarni qayta ishlash usullarini ham tubdan o'zgartirish zarur bo'ladi.
|
| |