ELEKTRON TIJORAT 192 7.1-jadval. Elektron tijorat texnologiyalarining asosiy xususiyatlari
bobur
Mobil tijorat mobil qurilmalar uchun moslashtirilgan elektron tijorat bo'lib, mobil qurilmalar ilovalar yoki ular uchun optimallashtirilgan saytlardan foydalanishi mumkin. Mobil tijoratning yanada keng ta'rifi ham mavjud bo'lib, mobil Internet va ilovalar orqali mobil to'lovlar, pul o'tkazmalari, mobil banking, moliyaviy servislar olish va xarid qilishlarni o'z ichiga oladi. Ko'pgina internet-do'konlar elektron tijorat va mobil tijoratni farqiga bormaydi va ularga bir hil jarayon deb qaraydi. Aksincha bu ikki turli yo'nalish ekanligini farqlay olish ahamiyatiga ega hisoblanadi va ularning har biri maxsus strategiyani talab qiladi. Agar mobil to'lov yechimlari barcha turdagi mobil qurilmalarga xizmat ko'rsatish uchun moslashtirilsa, internet-savdodagi konversiya ahamiyatli darajada o'sishi mumkin. Elektron tijoratdagi faoliyat tranzaksiya bosqichida juda bo'lmaganda eng kamida bir marta web-dan foydalanadi. Elektron tijorat saytlari internet- shopping uchun foydalaniladi, onlayn-market, B2B sotish va sotib olish uchun platformalar taklif qiladi. Mobil tijoratda xaridlar mobil qurilmalar orqali amalga oshiriladi. Bugungi kunda tranzaksiyalar uchun mobilni tijorat dasturiy ta'minot, elektron kitoblar, dorixona va banklarda, oziq-ovqat va ichimliklar, sayohat va shu kabilarda to'lovni amalga oshirish uchun fodalaniladi. M-commerce yoki mobil tijorat internetda smartfon, kompyuterli,. planshet yoki global web-saytga ulanish imkoniyati mavjud bo'lgan elektron kitob kabi mobil qurilmalar yordamida mahsulot va xizmatlar uchun to'lovni amalga oshirish jarayonidir. M-tijorat internet-do'kondagi oddiy mahsulot sotib olishdan farq qiladi. Mutlaqo alohida tushunchalar bo'lgani uchun ularga o'rganishdagi yondashuvlar ham farqli bo'lishi kerak. Mobil tijorat (mobile commerce, M-commerce) ustuvor holda simsiz aloqa o'rnatish orqali noutbuklar, mobil telefonlar, PDAs kabi mobil qurilmalardan foydalangan holda elektron tranzaksiyalarni (moliyaviy, axborot) amalga oshirishdir. Download 2,86 Mb.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa ELEKTRON TIJORAT 192 7.1-jadval. Elektron tijorat texnologiyalarining asosiy xususiyatlari
|