|
M-commerce mahsulot toifalari
|
bet | 101/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq boburM-commerce mahsulot toifalari
Mobil qurilma ishlab chiqaruvchilari raqamli transformatsiyani rivojlanish munosabatlariga katta ahamiyat bermoqda. Mobil qurilmalar kompterlar (743 million) va noutbuklarni (789 million) birgalikda olganda ham ulardan besh barobar ko'p. 2014 yil may oyida dunyoda 7 milliard mobil qurilma ishlab chiqarildi, bulardan 5,2 milliardi mobil telefon; 1,6 milliardi smartfon; 439 milliontasi planshet.
Foydalanuvchilar asosan telefon, smartfon, ko'chma planshet va shu kabi mobil qurilmalar orqali internetga kiradi.
Messenjer, mobil ilova, mobil reklama kabi yangi bozorlar faol shakllanib bormoqda. Kompaniyalar istiqbol raqobatdoshligi uchun web- saytining mobil versiyasini ishlab chiqish va hatto o'z mobil ilovalarini yaratish zarurligini tushunib yetdi. Zamonaviy kompaniyalar har doim qo'l ostida bo'lgan mobil qurilma orqali iste'molchi bilan tezkor aloqa qilish imkoniyatini to'g'ri baholay oldi. Bugungi kunga kelib, web-saytining mobil versiyasi bo'lmagan kampaniyalarda o'z iste'molchilarni yo'qotish extimoli o'sib bormoqda.
Mobil tijoratda moddiy bo'lmagan mahsulot va xizmatlar segmentida
quyidagi toifalar ajratib ko'rsatiladi:
Uyali aloqa xizmatlari;
Avia va temir yo'l chiptalari, shuningdek, ko'ngilochar tadbirlar uchun chiptalar;
Telekommunikatsiya xizmatlari (uyali aloqadan tashqari), shu jumladan internet-provayderlar va turg'un aloqa operatorlari, pullik tele ko'rsatuvlar xizmati
Uy-joy kommunal xizmatlari, yo'l harakati qoida buzarliklari uchun tayinlangan jarimalarni to'lash, sug'urta mahsulotlarini sotib olish hisob-kitoblar va turli jarimalar to'lovini amalga oshiradi;
Mobil audio kontent, mobil video kontent, mobil o'yinlar hamda ilovalar va shu kabi boshqa mobil kontentni o'z ichiga olgan raqamli mobil kontenti;
Mehmonxona xizmatlari;
Elektron kitoblar, video kontent, audio kontent, dasturiy ta'minotni o'z ichiga olgan raqamli kontent (mobil kontentdan tashqari).
|
| |