|
Kraudsorsingni rivojlanish tendentsiyalari
|
bet | 107/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq bobur Kraudsorsingni rivojlanish tendentsiyalari
Mavjud vaziyatni bir yil ichida sezilarli darajada o'pgartirib bo'lmaydi, ammo yangi mahsulot va xizmatlarning paydo bo'lishi tufayli kraudsorsing bozorida quyidagi rivojlanish tendentsiyalarini kuzatish mumkin:
Yuqori darajadagi modullashtirish tufayli ishlab chiqaruvchilari sonining ortishi.
Mahsulot, xizmat va biznes-jarayonlarni uzluksiz modullashtirish jarayoni bilan bog'liq holda bugungi kunda murakkab innovatsiya yoki dizaynerlik loyihalarini turli kraudsorsing ijrochilariga topshirilishi mumkin bo'lgan quyi masalalarga ajratish imkoniyati mavjud. Biroq, turli platformalardagi ijrochilar jamoasi o'z manfaat va qobiliyatlari bilan bir- biridan farq qilishi mumkin. Mavjud jamoalardagi zarur bo'lgan qobiliyati va bilimlari o'rtasidagi bo'shliqni to'ldirish uchun yaqin kelajakda muayyan muammolarga ixtisoslashgan yangi platformalar paydo bo'lish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Bandling g’oyasi bilan bog’liq yangi biznes modellarining paydo bo’lishi. Kraudsorsing platforma operatorlari loyihalarni amalga oshirgandan so'ng olinadigan reklama yoki komissiyaga asoslangan holda turli monetizatsiya strategiyalarini kiritishlari mumkin. Biroq, vaqt o'tgan sayin ko'pgina kompaniyalar, an'anaviy B2B yoki B2C mahsulot va xizmatlar bilan bandling-kraudsorsing servisga aylanib bormoqda. Masalan, o'z dizayn g'oyalarini almashish yoki 3D modellar ishlanmalariga bag'ishlangan kraudsorsing konkurslarda ishtirok etishga
tayyor mahsulot ishlab chiquvchilar uchun kraudsorsing platformasi taqdim etilishi mumkin. Bandling servisi mijozlarga bu esa qo'shimcha daromad oqimini taminlash orqali. g'olbi chiqqan mahsulotlarning 3D versiyasini sotib olish imkonini beradi.
Asta-sekin “Kraudsorsing integratorlari”ning paydo bo’lishi. Muammo ustida ishlash yakuniga yetgach, ko'pchilik kraudsosing ijrochilar uchun mikrotopshiriqlarga ajratilgan masalalarni yaxlit holga keltirish zaruriyati paydo bo'ladi. Natijada loyiha integratori funksiyalarini amalga oshiradigan yangi kompaniyalarni paydo bo'la boshladi. Loyihani nomlanishi, logotipi, web-sayti, dizayn kontseptsiyasi va umuman yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo'yicha quyi tizimlarga ajratuvchi bunday integrator-resursga yangi mahsulot haqidagi g'oyalarni yuborish mumkin bo'ladi. Har bir quyi masalalarni yig'ish va yechimlar kraudsorsingidan so'ng, integrator mijozga to'liq variantdagi maxsulotni taqdim etadi.
|
| |