O’zbekistonda elektron tijorat rivojlanishining tahlili




Download 2,86 Mb.
bet93/151
Sana21.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#248346
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   151
Bog'liq
bobur

O’zbekistonda elektron tijorat rivojlanishining tahlili


Internet tizimidan foydalanuvchilar soni 2017 yilning birinchi choragiga kelib, 14,757 millionga etdi. Ya'ni, 2015 yildagiga nisbatan deyarli 44,64 foizga oshdi. Elektron tijoratning rivoj topishidagi asosiy omillardan biri Internet tarmog'i xizmatlaridan foydalanish tarifi (narxi) hisoblanadi. Jadvaldan ko'rinib turibdiki, bu ko'rsatkich kamayish tendentsiyasiga ega bo'lib, 2015 yildagiga nisbatan 2017 yilda 3,38 marotaba kamaygan.
Internet tarmog'ining asosiy ko'rsatkichlaridan yana biri uning tezligidir. Respublikada bu ko'rsatgich 2017 yilga kelib 65734 mbit/sek ga etgan bo'lib, 2015 yildagiga nisbatan to'rt barobarga oshdi va uning o'sish dinamikasi avvalgi yillarga nisbatan yuqorilab bormoqda. Hozirgi vaqtga kelib mamlakatimizda axborot uzatish tarmoqlari zamonaviy texnologiyalar asosida modernizatsiya qilib borilmoqda. Buning natijasida mavjud tarmoqlar optik tolali aloqa liniyalari bilan almashtirildi. 2017 yilga kelib respublikada optik tolali aloqa liniyalarining umumiy uzunligi 20,3 ming km.ni tashkil etdi. Ya'ni bu ko'rsatkich 2015 yildagiga nisbatan 23,8 foizga oshdi.
Tahlillar shuni ko'rsatadiki, mamlakatimizda Internet tarmog'ining sifat ko'rsatkichlari jadal rivojlanishiga qaramasdan, elektron tijorat tizimlaridan foydalanish darajasi hali yuqori emas. Bunga quyidagi sabablarni keltirish mumkin:
Birinchidan, Internet tarmog'idan foydalanuvchilarning ko'pchiligi yoshlar bo'lib, to'lov imkoniyatiga ega bo'lgan aholining ko'pchilik qismini katta yoshdagilar tashkil etadi.
Ikkinchidan, aholining ko'pchilik qismi umuman elektron tijorat to'g'risida tasavvurga ega emas. Ayniqsa, chekka hududlarda yashovchi aholi Internet tarmog'ining imkoniyatlaridan foydalanishni bilmaydi.
Uchinchidan, mamlakatimizdagi mavjud elektron tijorat saytlari to'laqonli tizim ko'rinishida ishlamaydi. Ularning ko'pchiligi mahsulotlarni reklama qilishgagina xizmat qiladi. Elektron tijorat tizim
sifatida elektron do'konlarni tashkil qilish bilan birga, reklamadan tashqari bitimlarni tuzish, elektron raqamli imzodan foydalanish, elektron hujjat yuritish, elektron to'lovni amalga oshirish, mahsulotlarni yetkazib berish kabi imkoniyatlarga ega bo'lgan platformalarni o'z ichiga olgan bo'lishi lozim.
Virtual bank tizimi va elektron to'lov vositalari elektron tijoratning muhim tashkil etuvchilaridan biri bo'lib, respublikamiz banklarida bunday interaktiv xizmat turlari tobora rivojlanib bormoqda. Ushbu xizmatlarni yanada takomillashtirish, ularning sifati va qulayligini oshirish, plastik kartochkalar orqali amalga oshirilayotgan elektron to'lovlar hamda masofaviy xizmat ko'rsatish tizimini yanada rivojlantirish bugungi dolzarb masalalardan biridir. Masofaviy bank xizmati orqali mijoz o'z hisob raqamini zamon va makonga bog'liq bo'lmagan holda, er kurrasining istalgan joyidan haftasiga etti kun, kuniga yigirma to'rt soat davomida boshqarish imkoniga ega bo'ladi.
Elektron to'lovlarning eng ko'p tarqalgan va samarali foydalanib
kelinayotgan turi - bank plastik kartalari orqali xizmat ko'rsatishdir. Hozirgi vaqtda O'zbekiston Respublikasi banklari tomonidan 19,3 million atrofida bank kartalari chiqarilgan bo'lib, 2017 yilning o'n oyi ichida ular orqali 36,9 trillion so'mlik bank operatsiyalari amalga oshirilgan. Shuningdek, bank kartalari to'lovlarni amalga oshirish uchun 2017 yilning oxiriga kelib 5,5 ming atrofida infokiosklar (bankomatlar) o'rnatilgan va 235 mingdan ortiq terminallardan foydalanilmoqda. Shunga qaramasdan, hozirgi vaqtda mavjud infokiosklarning soni yetarli emas. Aholi bunday xizmatdan foydalanishda qimmatli vaqtini yo'qotib navbat kutmoqda. Shuningdek, to'lov terminallari ham barcha savdo shahobchalariga o'rnatilgan deya olmaymiz.
Hozirgi vaqtga kelib, bank ofisida bajarilishi lozim bo'lgan
operatsiyalar masofadan turib ham amalga oshirilmoqda. Mijoz daqiqalik operatsiya uchun bank binosiga borib ovora bo'lishiga hojat yo'q. Bu borada «Internet-banking» tizimi mijozlar uchun qator yangi qulaylik va imkoniyatlarni yaratdi. Ya'ni, bu tizim yordamida bank va mijoz o'rtasida o'zaro hisob-kitoblar real vaqt rejimida amalga oshiriladi, kompyuter yoki mobil aloqa vositalari orqali to'lov hujjatlari bank ishlovidan o'tishining barcha bosqichlarini kuzatish mumkin.
So'nggi yillarda O'zbekistonda «Internet-banking» tizimidan foydalanuvchilarning soni ortib bormoqda va 2017 yilning oxiriga kelib bu ko'rsatkich 219,5 taga etdi. Ya'ni 2015 yildagiga nisbatan taxminan 3,5 marta o'sgan.
Mobil telefonlardan foydalanish darajasi rivojlanib borgani tufayli, boshqa davlatlardan qolishmagan holda, mamlakatimizda ham «SMS- banking» va «Mobil-banking» xizmatlari keng yo'lga qo'yildi. 2015 yili bu tizimlardan foydalanuvchilarning soni taxminan 472,5 mingtani tashkil etgan bo'lsa, 2017 yilning oxiriga kelib bu ko'rsatkich 4050 mingtaga etib taxminan 8,6 barobarga oshdi.
Masofaviy to'lov tizimlari sifatida so'ngi vaqtlarda aholi orasida to'lovlarni mobil ilovalar orqali amalga oshirish ommaviylashib bormoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda bank kartalari egalarining 3,7 milliondan ortig'i mobil ilovalar orqali to'lovlarni amalga oshirmoqda.
Respublikada keng tarqalgan to'lov tizimlari sifatida Click, Payme, M-bank va shuningdek, bir qator tijorat banklari tomonidan yaratilgan “Milliy”, “Hamkor mobile”, “Agrobank mobile”, “Asaka mobile” kabi mobil ilovalarni keltirish mumkin.
Yuqorida keltirilganlarni tahlil qilgan holda, mamlakatimizda elektron tijoratni rivojlantirish va uning imkoniyatlaridan yetarlicha samarali foydalanish yuzasidan quyidagi tavsiyalarni taklif qilishni maqsadga muvofiq:

  1. Elektron tijoratning asosiy komponentalaridan biri, bu elektron marketing hisoblanib, uni joriy etish natijasida bozorni tahlil qilish, Internet tarmog'ida marketing axborotlarini joylashtirish va ularni boshqarish hamda mahsulotlar harakatini kuzatish imkoniyatlari yaratiladi.

  2. Integratsiyalashtirilgan savdo va marketing platformalarini, internet-magazinlarni, yanada takomillashtirilgan to'lov tizimlarini, shuningdek elektron tijoratda logistika tizimini yaratish lozim.

  3. Elektron tijorat sohasidagi ilg'or xorijiy tajribani o'rganish, tahlil qilish va qo'llash zarur.

  4. Elektron tijoratda reklamalarni joylashtirish, elektron hujjatlarni yoki elektron xabarlarni ommaviy jo'natish tartibini takomillashtirish.

  5. Elektron tijoratda davlat, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar va jismoniy shaxslar o'rtasidagi elektron bitimlarni tuzishda, elektron

hujjatlarning yagona shaklini joriy etish bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi lozim.

  1. Elektron tijorat sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va tadbirkorlik sub'ektlari xodimlari va aholi malakasini oshirish hamda soha faoliyatini amalga oshirish tartibi va mexanizmlarini keng tushuntirish bo'yicha joylarda seminarlar va amaliy o'quvlar o'tkazish maqsadga muvofiq.

  2. Elektron to'lov tizimini takomillashtirish hamda aholiga qulayliklar yaratish maqsadida to'lov terminallari va infokiosklar sonini yanada ko'paytirish lozim.

Keyingi yillarda O'zbekistonda elektron tijorat tizimini rivojlantirishga qaratilgan muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ushbu sohaning huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilab beruvchi normativ huquqiy baza yaratildi, texnik va dasturiy ta'minoti, platformalari shakllantirildi, bank tizimidagi to'lovlar elektron shaklda amalga oshirilyapti. Elektron tijoratning rivoj topishi mamlakatning barqaror iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi hamda uning imkoniyatlaridan keng foydalanish aholi turmush farovonligi oshishiga olib keladi.

Download 2,86 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   151




Download 2,86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekistonda elektron tijorat rivojlanishining tahlili

Download 2,86 Mb.