D. X. Suyunov




Download 2,86 Mb.
bet90/151
Sana21.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#248346
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   151
Bog'liq
bobur

O’zbekistonda elektron tijoratning asosiy tamoyillari
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Elektron tijorat to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan O'zbekiston Respublikasining 2004 yil 29 aprelda qabul qilingan “Elektron tijorat to'g'risida”gi 613–II-son Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlandi.
Yangi tahrirdagi qonunda quyidagilar elektron tijoratning asosiy tamoyillari deb belgilab berilgan:

  • elektron tijoratda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish erkinligi;

  • elektron tijoratda bitimlar tuzishning ixtiyoriyligi;

  • elektron tijoratda ishtirok etish sharoitlarining tengligi;

  • elektron tijorat sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

    • hujjatlarni, shu jumladan elektron hujjatlarni (xabarlarni) bir xillashtirish;

    • axborot xavfsizligini ta'minlash;

    • mahsulotlarning (ishlar va xizmatlar), tegishli sifatini ta'minlash;

  • elektron tijorat sohasidagi ochiqlik, shaffoflik va aniqlik.

Elektron tijorat ishtirokchisi O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq elektron tijorat sohasidagi faoliyatning istalgan turlari bilan shug'ullanishi mumkin.
Elektron tijorat ishtirokchisi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda, shu jumladan axborot tizimlari, kommunikatsiya texnologiyalari, elektron to'lovlar tizimlari, sotiladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) turlarini tanlashda, uning narxini va sotish yo'nalishlarini belgilashda, shuningdek, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) uchun to'lov shakllarini tanlashida davlat organlari va ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yo'l qo'yilmaydi, O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Elektron tijoratda bitimlar ixtiyoriy asosda tuziladi. Elektron bitim shartlari tomonlarning xohishiga ko'ra belgilanadi, tegishli shartning mazmuni O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko'zda tutilgan hollar bundan mustasno.
Elektron tijorat ishtirokchilari va davlat organlari elektron tijoratning barcha ishtirokchilari uchun xizmatlardan teng foydalanish sharoitlarini yaratishga majbur. Elektron tijoratda foydalaniladigan hujjatlar o'zaro bir xillashtirilishi kerak.
Hujjatlarni bir xillashtirish elektron tijorat sohasidagi vakolatlangan organ tomonidan davlat organlari bilan birgalikda, elektron hujjatlar (xabarlar) bilan o'zaro almashish, ularni qayta ishlash va saqlash shakllari, standartlari, texnik yo'riqnomalari va tavsiyalari, tartibi yoki reglamentini belgilash usuli yordamida amalga oshiriladi.
Elektron tijorat ishtirokchilari o'zaro kelishuv asosida o'zlariga tegishli hujjatlar shakllaridan foydalanishlari mumkin, agar bu vakolatlangan organ tomonidan belgilangan hujjatlarni bir xillashtirish metodlariga va O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan normalarga zid bo'lmasa.



    1. Download 2,86 Mb.
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   151




Download 2,86 Mb.