• Klassik internet-auksionlar
  • Teskari internet-auksionlar




    Download 2,86 Mb.
    bet81/151
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #248346
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   151
    Bog'liq
    bobur

    Teskari internet-auksionlar


    Teskari internet- auksionlar - boshlang'ich narx xaridor tomonidan tushirib boriladigan ko'rinishdagi auksion turi. Teskari kim oshdi savdosida xaridorning o'zi noma'lum sotuvchilarga minimal xarid narxini belgilaydi va sotuvchilar– qaysi biri bu narxga tezroq erishish bo'yicha o'zaro musobaqa asosida raqobatlashadi.
    Bu erda ikkita variant bo'lishi mumkin: kim oshdi savdosi sotuvchi tomonidan istalayotgan narxga erishilganda tugaydi, yoki auksion avvaldan aniq belgilab berilgan muddat kelgani tufayli tugaydi, ammo, faqat xaridor xohishidagi narxga erishilganda bitim amalga oshiriladi.
    Teskari auksionga misol sifatida davlat xaridlari portalini ko'rsatish mumkin. Portal “G2B” (Government-to-Business) sxemasi bo'yicha ishlaydi. Davlat idoralari xarid shartlarini joylashtiradi, auksion ishtirokchilari eng foydali variantlarni taklif qilib raqobatlashadi.
    Shuningdek, savdolarda narxlarni bosqichma-bosqich tushib borishiga asoslangan “Gollandiya auksionlari” deb nomlanuvchi auksion ko'rinishini ham misol sifatida ko'rsatish mumkin. Oldindan belgilangan sondagi ishtirokchilar tomonidan ro'yxatdan o'tish badallari to'langanidan so'ng savdo oboshlanadi. Auksioner (haqiqiy yoki virtual) asta-sekin narxni tushirib boradi va mahsulot kim birinchi bo'lib mahsulotni joriy
    lahzadagi narxda sotib olishga rozi bo'lgan shaxsga nasib etadi. Qolgan ishtirokchilar mahsulotsiz qoladi va ro'yxatdan o'tish badali qaytarib berilmaydi. Misol sifatida Rossiyadagi Gollandiya “Alyanc” auksion uyini keltirish mumkin.
    Davlat haridorlarini etiborga olmaganda, elektron tijorat bozorini rivojlantirishda teskari auksionlar hozircha yetarli darajadagi ahamiyatga ega hisoblanmaydi.


    Klassik internet-auksionlar


    Klassik internet-auksionlar - narxlarni oshirib borishga qaratilgan an'anaviy auksion savdoni eslatadi. Xaridorlar auksion savdosi veb- saytidagi avtomatlashtirilgan elektron shakllarni mustaqil ravishda to'ldirish orqali, savdoga lotlarni taqdim etadi. Shundan so'ng, savdo avtomat ravishda kecha-kunduz (24 soat) tartibida amalga oshiriladi. Savdo muddati, yetkazib berish va to'lov shartlari auksion qoidalariga muvofiq sotuvchi tomonidan belgilanadi.
    Savdo ishtirokchilaridan ixtiyoriy biri tomonidan qoidalarning buzilishi foydalanuvchi akkauntini o'chirib qo'yilishiga yoki bekor qilinishiga olib keladi. Ko'plab auksionlarda sotuvchi tomonidan firibgarlikka yo'l qo'yilishi holatlarida xaridorga etkazilgan zararni qoplash imkoniyati ko'zda tutiladi. Masalan, “Molotok” onlayn-kim oshdi savdosida xaridorlarni himoya qilish dasturi sotuvchi tomonidan xaridorni firibgarlik bilan aldash holatida 10000 rublgacha kompensatsiyani nazarda tutadi.
    Elektron tijoratning boshqa shakllari orasida savdo qatnashchilari uchun keng ko'lamdagi erkin kirish imkoniyati klassik internet auksionning asosiy afzalligidir. Ihtiyoriy xohlovchi mahsulotlarni taklif qilishi yoki auksionga qo'yilgan mahsulotlarni sotib olishi mumkin. Demak, klassik auksionlar o'zida komission do'kon va e'lonlar taxtasi ko'inishidagi birlashtirilgan bozorni ifoda etadi deb xulosa qilish mumkin.
    Birinchi va eng muvaffaqiyatli klassik auksion 1995 yilda AQShda ishga tushirilgan. 2018 yil axborotlariga ko'ra, uning doimiy ishtirokchilari soni 150 mln. kishiga etgan va yillik umumiy savdo 160 mlrd. dollardan oshib ketgan. Rossiyada 1999 yil dekabr oyida ishga tushirilgan “Molotok” internet-auksioni yetakchilik qiladi. 2011 yilda “Molotok”ning
    savdosi 2,7 mlrd. rublni tashkil etgan va kuniga o'rtacha minglab noyob tashrif buyuruvchilar tashrif buyuradi.
    Klassik internet-auksionlarni institusional rivojlantirish bir necha bosqichlarni o'z ichiga oladi.
    Birinchi bosqichda onlayn kim oshdi savdosi katta aralash bozorga o'xshaydi va elektron e'lonlar taxtasidan faqatgina reyting tizimi va xaridorlarni ahamiyatsizdarajadagi himoya qilish tizimining mavjudligi bilan farq qiladi. Lotlarni belgilash uchun komission to'lovlarni yo'qligi va amalga oshirilgan savdodan juda ham kam komissiya to'lovlarining mavjudligi sababli ko'p sonli ishtirokchilarni o'ziga jalb qiladi.
    Ikkinchi bosqichda internet-auksionda lot kiritish uchun to'lov joriy qilinadi va amalga oshirilgan savdodan yig'im miqdori oshiriladi. Bunday auksionda asosan malakali sotuvchilar tomonidan daromad olinadi.
    Uchinchi bosqich klassik internet-auksiondan professional sotuvchilarga ega savdo intenrnet-maydonchasiga institusional o'tish bilan bog'liq. Biroq, internet-maydoncha elektron tijoratning o'ziga xos xususiyatlarga ega alohida shaklidir.

    Download 2,86 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   151




    Download 2,86 Mb.