|
C2C bozorining ba’zi muhim funksiyalari yoki funksional
|
bet | 78/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq bobur C2C bozorining ba’zi muhim funksiyalari yoki funksional
imkoniyatlari
Xaridor buyumlarni bir vaqtning o'zida bir nechta sotuvchidan sotib olishi mumkin, shu bilan bir vaqtni o'zida, mijoz ham xaridor, ham sotuvchi sifatida harakat qilishi mumkin.
Onlayn bozor xaridorga mahsulotni turli eng mashhur mahsulot, malum bir xudud mahsuloti va boshqa mezonlardan foydalangan holda ko'rib chiqish imkoniyatini beradi.
Turli sotuvchilar xaridor tomonidan izlangan mahsulotni taklif qilishi mumkin, shunda xaridor sotuvchilardan har xil eng yaxshi narxlar va takliflarni olishi mumkin.
Jamoalar yoki forumlarda munozaralar hamda interfeys bilan bog'liq blog va boshqa ijtimoiy tarmoq saytlarini ijtimoiy tarmoqlarni bir-biriga bog'lab turadigan funksiyalarga kiritish mumkin.
Bek office interfeysi xaridor va sotuvchining hisob-varaqlarini boshqarish uchun ma'muriy funksiyalarni, to'lovlarni sozlash, galereya sozlamalarni va boshqalarni o'z ichiga oladi.
5.2-rasm. C2C biznes modeli
5.2-rasmda ikkita mijoz (1-iste'molchi va 2-iste'molchi) va reklama uchun joyni taqdim etadigan veb-sayt ko'rsatilgan. 1-iste'molchi veb- saytda sotmoqchi bo'layotgan mahsulot reklamasini joylashtiradi va 2- iste'molchi saytga kirib, sotib olmoqchi bo'layotgan mahsulotni qidiradi. Mijozlar o'rtasidagi bitim mahsulotni to'lash va yetkazib berish lahzasigacha davom etadi.
C2C elektron tijorat bepul reklama e'lonlari, auktsionlar, forumlar va faoliyat boshlayotgan tadbirkorlar uchun alohida sahifalarni taklif qiluvchi saytlar orqali sezilarli osonlashtiriladi. Etsy, eBay, Craigslist, Taobao,
Amazon va kickstarter C2C tranzaksiya va o'zaro hamkorlikni amalga oshirishga imkon beradigan funksiyalarni taklif etadi.
C2C ishbilarmonlik munosabatlariga misol
Sotib olish va sotish to’g’risidagi e’lonlari bo’lgan veb- portallar. Portalning o'zi biznes vakili hisoblanadi va C2C o'zaro hamkorlikni amalga oshirish uchun sharoitni taminlovchi bo'lgan uchinchi tomon hisoblanadi. Qonuniy ravishda tadbirkor bo'lmagan iste'molchilar o'zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun bunday saytlarda qandaydir mahsulotni sotadi yoki sotib oladi.
|
| |