|
C2C da elektron tijoratni amalga oshirish
|
bet | 77/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq bobur
C2C - iste'molchilar o'rtasida mahsulot va xizmatlarni sotishdan iborat. Bunday holda, sayt xaridorlar va sotuvchilar o'rtasida vositachi vazifasini bajaradi.
Jismoniy shaxslar iqtisodiy munosabatlarning sub'ekti sifatida faoliyat yuritadigan sektorning asosiy elektron tijorat tizimlari Internet- auksionlar va P2P tizimlari bilan namoyish etiladi.
C2C elektron tijorat kelib chiqishining boshlanishi deb hisoblanadigan ikki turi mavjud. Bu reklama va kim oshdi savdosi. Eng dastlabki kim oshdi savdosi - 1674 yilda Shvetsiyada tashkil etilgan Stokgolm kim oshdi savdo uyi hisoblanadi va eng qadimgi auktsion miloddan avvalgi 500 yilda ro'yxatdan o'tgan. Auksion so'zi lotincha “augere” so'zidan kelib chiqqan bo'lib, “o'sish” ma'nosini beradi. O'shandan beri kim oshdi savdosi aktivlarni tugatish usuliga aylandi va ko'plab turli ko'rinishdagi variantlari paydo bo'ldi. Eng muvaffaqiyatli joriy etilgan kim oshdi savdosi shakli Internetga asoslangan eBay kabi tizimlardir.
Internetdan foydalanishining ommalashuvi bilan yigirma birinchi asrning boshlarida C2C elektron tijorat yanada mashhur bo'ldi. Craigslist, eBay, Airbnb kabi kompaniyalar e'lonlar va kim oshdi savdo maydonchalari C2C modelini osonlashtirgan holda iste'molchilar o'rtasida mustaxkam o'zaro hamkorlikni taminlashga imkon berdi. Gazeta va boshqa ommaviy axborot vositalari juda tez tarqatilish xususiyatiga ega ekanligi sababli ulardan umumiy ehtiyojni qondirish uchun foydalanish mumkin. Ba'zi odamlar aniq bir buyumga egalik qilishni istab qolsa; boshqalari aynan shu buyumning mulkdori hisoblanadi va uni sotib yuborishni istaydi. Bu e'lonlarning paydo bo'lishi bosqichi edi. C2C uzoq
yo'lni bosib o'tdi va hozirgi kunda mavjud bo'lgan texnologik o'zgarishlardan foydalangan holda takomillashib bormoqda.
C2C (Consumer-to-Consumer) bozori tasnifi
C2C bozori (iste'molchidan iste'molchiga) - bu atama elektron tijoratning ikki mijoz (iste'molchilar) o'rtasidagi ishbilarmonlik munosabati odatda, asosiy maqsadi tranzaksiyalarni yengillashtirish va odamlar o'rtasida kommunikatsiya platformasini ta'minlashdan iborat bo'lgan uchinchi tomon
- vositachi (savdo maydonchasi) yordamida shakllanadigan modelini ifodalaydi. Sotuvchi to'lov yoki komissiya olishi mumkin, ammo mahsulotni almashtirish uchun mas'ul emas. Odatda C2C savdolar onlayn tarzda amalga oshiriladigan kim oshdi savdo shakliga ega bo'ladi. Tashabbus iste'molchilarning biridan kelib chiqadi, boshqalari esa maqsadli guruh hisoblanadi. C2C elektron biznes kontseptsiyasida iste'molchilar o'zaro mahsulot yoki mahsulot to'g'risidagi axborotlarni faol ravishda sotadi yoki ayirboshlaydi. Shuningdek, C2C turli munozarali forumlarni yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni o'z ichiga olishi mumkin.
C2C tushunchasi ba'zida nafaqat elektron tijorat uchun, balki iste'molchilar o'rtasidagi barcha o'zaro marketing va biznes faoliyati uchun ham qo'llaniladi.
C2C modeli iste'molchilar o'rtasidagi tranzaksiyani o'z ichiga oladi. Bu erda bir iste'molchi to'g'ridan-to'g'ri boshqa iste'molchiga mahsulot sotadi. eBay va www.bazee.com - xaridorga o'z mahsulotlarini onlayn tarzda reklama qilish va boshqa iste'molchiga sotishni ta'minlaydigan onlayn-kim oshdi savdosining keng tarqalgan namunasi hisoblanadi. Shu bilan birga, sotuvchi ham, xaridor ham kim oshdi savdosida ro'yxatdan o'tishlari zarur. Sotuvchi o'z mahsulotlarini sotish uchun onlayn kim oshdi savdosi uyiga malum bir to'lovlarni amalga oshirishi kerak bo'ladi, xaridor hech qanday to'lovlarni amalga oshirmasdan o'z narxini taklif qilishi mumkin. Sayt bitimlarni amalga oshirish uchun xaridor va sotuvchini elektron maydonda birlashtiradi.
|
| |