• Skandinaviya internet-auksionlari
  • D. X. Suyunov




    Download 2,86 Mb.
    bet80/151
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #248346
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   151
    Bog'liq
    bobur

    Internet-auksionlar


    Internet-auksionlar - foydalanuvchilarga auksion savdolar shartlarida mahsulotlarni sotib olish va sotish imkoniyatini beradigan elektron resurs. Agarda an'anaviy savdoda auksion jarayonlar asosan eksklyuziv mahsulot va davlat (korporotiv) xaridlari uchun saqlanib qolgan bo'lsa, elektron tijoratning bu shakli Internetda o'zining rivojlanish bosqichiga o'tdi.
    Bunda, internet-auksion savdolaridagi mahsulotlarning asosiy qismi an'anaviy auksion mahsulotlarini takrorlanmasligiga ham, o'ziga xosligiga ham ega emas. Internet-auksionlarning asosiy maqsadi eksklyuziv mahsulotlarni eksklyuziv narxlarda sotish hisobiga komissiya to'lovlarni olish emas, balki, avtomatlashtirilgan savdo-sotiqdan tushadigan ko'p sonli auksion to'lovlar hisobiga foyda olishdan iborat.
    Bu erda asosiy daromad manbai taklif qilinayotgan mahsulotning o'ziga xosligi emas, balki savdo hajmidir. Agar an'anaviy kim oshdi savdosida mahsulotlarni auksionerda mavjudligi va uning ekspertizasi e'tiborga olinsa, internet-auksionlar faqat onlayn-savdo uchun makon va vositalarni taqdim etadi.

    Skandinaviya internet-auksionlari


    Skandinaviya internet-auksionlari - bu har bir taklif stavkasi uchun to'lov amalga oshirgan holda narxlarni oshirishga mo'ljallangan internet- auksion ko'rinishini ifoda etadi. Ba'zi mamlakatlarda (masalan, Italiya), ular qimor o'yiniga tenglashtirilgan va o'yin faoliyatini tashkil etish uchun
    litsenziya bo'lishini talab qiladi. O'zbekistonda skandinaviya kim oshdi savdolari maqomi hozircha qonuniy ravishda aniqlab berilmagan.
    Savdo tizimi shundan iboratki, savdo ishtirokchilari taklif kiritish huquqi uchun - auksionning har bir qadami uchun alohida to'lovni amalga oshiradi. Boshlang'ich taklif har doim juda past bo'ladi va savdo natijalari internet-auksion saytida real vaqt tartibida ko'rsatib boriladi. Navbatdagi taklifdan so'ng savdolar ma'lum muddatga (odatda bir necha daqiqaga) uzaytiriladi. Nazorat qilinayotgan kim oshdi savdosiga belgilangan vaqt muddatining tugashidagi oxirgi qo'yilgan stavka g'olib chiqadi. Rossiyadagi eng dastlabki Skandinaviya auksioni "Gagen" 2008 yildan buyon mavjud. Mahalliy “Skandinaviya” auksionning ajralib turuvchi o'ziga xos xususiyati, uning tarkibida savdoga qo'yilgan mahsulotni olish mumkin bo'lgan internet-do'konlarning mavjudligi hisoblanadi. “Rambler. TOP 100. Torgovlya” reytingiga ko'ra “elektron tijoratni rivojlantirishda bunday auksionlar alohida ahamiyatga ega emas”.

    Download 2,86 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   151




    Download 2,86 Mb.