• Elektron savdo rastalari (supermarketlar). .
  • Iste’molchilar sektoridagi elektron tijorat tizimlari (B2C)




    Download 2,86 Mb.
    bet72/151
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #248346
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   151
    Bog'liq
    bobur

    Iste’molchilar sektoridagi elektron tijorat tizimlari (B2C)


    B2C sektori elektron tijoratning iste'molchiga to'g'ridan-to'g'ri savdoni tashkil etib beradigan shaklidir. Savdoning bu shakli iste'molchilar uchun mahsulot va xizmatlarning mavjudligi jihatidan yirik shaharlar va mintaqalar o'rtasidagi geografik masofani bartaraf qilish uchun samarali hisoblanadi. V2S minimal vositachilar soni bilan to'g'ridan-to'g'ri savdoga imkon beradi. Vositachilarni bartaraf qilish mahalliy miqyosda raqobatbardosh narxlarni belgilashga va hatto ularni oshirishga imkon beradi (vositachilar foizini hisobga olmaganda), bu tabiiy tarzda foydaning oshishiga olib keladi.
    B2C tizimlariga quyidagilar kiradi:

    • kompaniya mahsulotlariga mumkin bo'lgan xaridorlarni jalb etish uchun savdo kompaniyalari veb-peshtaxtalari (Front Office);

    • faqat mahsulotlarni sotadigan va Internet orqali elektron savdoni boshqarish va ishlab chiqish uchun zarur infratuzilmani (Back Office) o'z ichiga olgan internet-do'konlar;

    • elektron savdo tizimi (Back Office) barcha savdo biznes- jarayonlari bilan to'liq integratsiyalashgan savdo internet-kompaniyalari.

    Internet-do'konning to'liq ishlashi uchun quyidagi majburiy komponentlar talab qilinadi:

    • veb-serverlar, foydalanishni nazorat qilib cheklaydi va so'rovlarni tarqatadi;

    • server ilova, biznes-mantiqni boshqaradi va zaruriy jarayonlar to'plamini amalga oshiradi;

    • MB va MBBT, axborotlarni, yig'ish, saqlash, qayta ishlash va ma'lumotlarni boshqaradi;

    • elektron raqamli imzoni o'z ichiga olgan elektron to'lov tizimi. Internet-do'konning boshqarish tuzilishi, odatda, uch darajali “mijoz-

    server” arxitekturasi shaklida amalga oshiriladi. Onlayn do'konni rezident
    kompaniyaning biznes jarayonlari bilan integratsiya qilish uchun do'kondan ma'lumotlarni buxgalteriya tizimi va kompaniyaning hujjatlar tizimiga o'tkazish uchun shlyuz-konvertori o'rnatilishi mumkin.

    Elektron savdo rastalari (supermarketlar). .


    Elektron savdo rastalari (universal elektron savdo maydonchasi, elektron univermag, elektron supermarket):

    • B2C sektoridagi yagona savdo maydonchasida mustaqil savdo qiluvchilarning mustaqil sotuvchilarning mahsulot takliflarini birlashtirishga asoslangan elektron tijorat tizimi. Elektron savdo rastasida ro'yxatdan o'tgan har bir sotuvchi o'z mahsulotlarining katalogini tizimga joylashtiradi. Bundan tashqari, barcha mahsulot takliflari savdo assortimentining yagona katalogida birlashtiradi:

    • barcha uchun umumiy texnologik vositalardan (apparat-dasturiy majmua - elektron tijorat serveri, ombor va boshqalar) va ba'zi hollarda umumiy tijorat bazasi (to'lovlarni qabul qilish, yetkazib berish va h.k.) foydalanadigan bir nechta moliyaviy mustaqil elektron do'konlar to'plami. Odatda, elektron do'kon do'koniga turli xil va ko'pincha tegishli mahsulotlar va xizmatlarni tarqatadigan elektron do'konlari kiradi.

    Xaridor o'zini qiziqtirgan mahsulot parametrlarini kalit so'zlar to'plami shaklida ko'rsatib, so'rovni shakllantirishi mumkin. Qidiruv tizimi kalit so'zni barcha yetkazib beruvchilarning kataloglari bo'yicha qidiradi va so'rovga mos keladigan barcha mahsulotlar ro'yxatini taqdim etadi. So'rovni yaratishda qoniqtiradigan darajadagi maksimal narxni belgilash, qidiruvni faqat aniq yetkazib beruvchilarning kataloglari bilan cheklash va shunga o'xshash parametrlarni kiritish mumkin.
    Agar xaridor o'zining so'roviga berilgan javobdan qoniqmasa yoki takliflarni qidirish va tahlil qilish uchun vaqt sarflashni istamasa talab etilayotgan mahsulotlar ro'yxatini yozish imkoniyati mavjud. Bunday holda, qidiruv teskari tartibda amalga oshiriladi, ya'ni. yetkazib beruvchilar xaridor bilan bog'lanadi va unga taklif berishadi.
    Sotuvchining elektron savdo rastasida ishtrok etishi uchun uchta variant mavjud.
    Birinchisi, prays-sahifani savdo rastasi prays-sahifalar to'plamiga joylashtirish. Elektron savdo rastalari kataloglari taklif turiga bog'liq holda toifalarga bo'linadi (masalan: maishiy texnika, kompyuterlar, sport
    anjomlari va boshqalar). Har bir toifada aniq turdagi mahsulotlarni yetkazib beradigan barcha kompaniyalarning takliflari kiritilgan bo'ladi. Odatda, tashrif buyuruvchi xaridni amalga oshirishga qaror qilganda, savdo tizimi uni tegishli sotuvchining saytiga yuboradi, shuning uchun bu turdagi savdo tizimlari mavjud internet-do'konlarda joylashtirilgan mahsulot takliflarini reklama qilish uchun ko'proq mos keladi.
    Boshqa variant esa elektron savdo rastasida ishtirok etish bilan bog'liq bo'lib, to'g'ridan-to'g'ri tizimda yangi savdo maydonchalarini joylashtirishni taklif qiladi (ya'ni, savdo rastasi saytida quriladigan va barcha manfaatdor xaridorlarga markazlashtiriladi internet-peshtaxta sahifasi yaratiladi). Bunday tizimlarda ishtirok etish ma'lum cheklovlarni keltirib chiqaradi va ishtirokchini elektron savdo rastasi rivojlanish darajasi va raqobatchilarning mahsulot takliflariga bog'liq qilib qo'yadi.
    Bu cheklovlar bir qator omillarga bog'liq, ularning asosiylari:

    • elektron savdo rastasidagi peshtaxtani kompaniyaning bek-ofisiga to'liq integratsiya qilib bo'lmaydi

    • xaridor bilan interfeysda to'lovlarni qabul qilish, mahsulotlar to'g'risida ma'lumot berish va boshqalar uchun elektron savdo rastasining standart vositalaridan foydalanish zarurati. Ishtirokchi do'konlarning xilma-xilligi tufayli bu mablag'lar ko'pincha har bir ishtirokchi istayotgan barcha xizmat turlarini qamrab ololmaydi (masalan, o'ziga xos to'lov tizimlaridan foydalanish, mahsulotlarni namoyish qilish uchun uch o'lchovli animatsiya);

    • korxonaning internet-savdo va Internet-reklamasi rivojlanish sur'ati elektron savdo rastasidagi o'xshash jarayonlarining rivojlanish tezligiga bog'liq bo'ladi (, savdo rastasi ishtirokchisi o'z do'konini reklama qilib turib bilvosita butun resursni reklama qiladi). Aslida ishtirokchi kompaniya Internetdagi ishtirokchi supermarketning istiqboli bilan bog'laydi;

    • xizmat ko'rsatish sifatining yagona standartlarning mavjud emasligi (savdo assortimentining umumiy katalogida bir turdagi barcha mahsulot takliflari birgalikda joylashgan bo'lib, yuqori darajadagi servisni taminlaydigan va shuning uchun yuqori narxlarni taklif qiladigan kompaniya yutqazadi, chunki u o'z mahsulotlarini individuallashtira olmaydi).

    Shu sababli, elektron savdo rastasidan joylashishni nisbiy arzonligi bilan bir qatorda faqat mahsulotlarni reklama qilish va bozorni o'rganish uchun foydalanish qulay.
    Elektron savdo rastasiga joylashtirishning yana bir varianti - katalogning mavzuli bo'limini ijaraga olish. Bundan tashqari, faqat ijaraga oluvchi bu mavzudagi mahsulotlarni namoyish qilish huquqiga ega bo'ladi. Bu parametr avvalgi variantning barcha kamchiliklarini saqlab qoladi, faqat oxirgisi bundan mustasno.
    Har bir ishtirokchi uchun elektron savdo rastasiga joylashtirishning afzalligi o'z do'konining ishlashi uchun kam xarajatlar qilishdir, bu barcha ishtirokchilar uchun umumiy vositalar majmuasidan foydalanish natijasida yuzaga keladi

    Download 2,86 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   151




    Download 2,86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iste’molchilar sektoridagi elektron tijorat tizimlari (B2C)

    Download 2,86 Mb.