Internet-inkubatorlar va venchur akseleratorlar faoliyati




Download 2,86 Mb.
bet70/151
Sana21.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#248346
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   151
Bog'liq
bobur

Internet-inkubatorlar va venchur akseleratorlar faoliyati


Internet-inkubatorlar maqsadi internet-kompaniyalar va ularning loyihalarini bozorga chiqarishni tezlikda tayorlash va tez tashkil etishdan iborat bo'lgan venchur investitsiya kompaniyasi. Elektron tijoratning yangi sub'ektlari rivojlanishining dastlabki mustaqil bo'lishidan oldingi bosqichida ularga “g'amxo'rlik”, “etishish” va “himoya” qilishning eng maqul muhitni ta'minlaydigan tashkilot.
Ularning g'oyalarini real xayotda amalga oshirish uchun yetarli resurslarga ega bo'lmagan g'oya ishlab chiquvchilar va birinchi navbatda moliyaviy rusurslarga ega kompaniyalar o'rtasida vositachilik internet- inkubatorning asosiy yo'nalishi hisoblanadi.
Internet-inkubatorlar taklif qilingan biznes-g'oyalardan (loyihalar) eng munosiblarini tanlov asosida saralab oladi va bu loyihalarga sarmoya kiritishni boshlaydi. G'oyalarni tanlashning birinchi bosqichida loyiha mualliflarini loyiha bo'yicha batafsil ma'lumotlarni (maxfiy asosda) taqdim etish uchun, juda batafsil tuzilgan anketani to'ldirishga taklif qiladigan avtomat ishlash registrlaridan foydalaniladi.
Bu ma'lumotlarga asoslanib, internet-kompaniyalarning investitsiya- larni loyihalashtirishning standart ko'rsatkichlari (sof joriy qiymat, ichki rentabellik darajasi, diskontlangan qoplash muddati kabilar) hisob-kitoblariga asoslangan, maqsadli bozorning hajmi va istiqbolda loyiha bilan qamrab olinadigan ulushning marketing tahlili bilan to'ldirilgan dastlabki baholash ishlari amalga oshiriladi. Internet-kompaniyalarni dastlabki baholash amalga oshiriladi. Tahlil natijalariga asosan loyihalar tanlab olinadi. Internet- inkubator xodimlari shaxsiy uchrashuvlar o'tkazish, qo'shimcha axborot olish, mavjud hujjatlarni tahlil qilish va muzokaralar olib borish uchun ularning yaratuvchilari bilan bog'lanadi.
Keyingi qadamlar internet-inkubatorning turiga bog'liq bo'ladi.
Ko'rsatadigan xizmatlari to'plamiga qarab internet-inkubatorlarni quyidagilargi ajratib ko'rsatish mumkin:

  • venchur inkubatorlar;

  • venchur akseleratorlar;

  • venchur portallari;

  • tarmoq inkubatorlari;

  • sanoat inkubatorlari;

  • yopiq inkubatorlar.

Venchur-inkubatorlar internet-inkubatorlarning eng keng tarqalgan turi hisoblanadi va keng ko'lamli to'liq xizmatlarni taqdim etadi, jumladan:

  • bek-ofis (malakali kadrlar, ofis infratuzilmasi: binolar, mebellar, ofis jihozlari, kompyuterlar, zamonaviy dasturiy ta'minot, ichki tarmoq, tashqi aloqa, Internetga ulanish, konferentsiya-zallari va boshqalar);

  • texnologik qo'llab-quvvatlash (ekspert yordami, boshqaruv tizimini tashkil etish, intellektual mulk huquqlarini ro'yxatdan o'tkazishda yordam);

  • o'z mutaxassislaridan foydalangan holda ham, tashqi ekspertlarni jalb qilgan holda ham konsalting qo'llab-quvvatlash;

  • boshqa kompaniyalarda amaliyot o'tashni o'z ichiga olgan o'qitish bo'yicha xizmatlar;

  • yuridik va buxgalteriya xizmatlari;

  • mehnat resurslari bilan ta'minlash (shu jumladan kerakli mutaxassislarni qidirish va yollash);

  • inkubatorning brendi va mavjud aloqalari (masalan, venchur investorlar, hukumat idoralari, boshqa mamlakatlardagi o'xshash kompaniyalari bilan o'zaro hamkorlikda foydalaniladigan).

Venchur-inkubatorlarning asosiy funksional tizimlari 5.2-rasmda keltirilgan.
Loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish infratuzilmasi - venchur inkubatorning eng qimmat va muhim elementlaridan biridir. Asosiy maqsad – “startap” korxonalarni tashkil etishga yordam berish va keyinchalik ularga standart biznes-funksiyalarini amalga oshirish bo'yicha autsorsing xizmatlarini ko'rsatish.

Download 2,86 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   151




Download 2,86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Internet-inkubatorlar va venchur akseleratorlar faoliyati

Download 2,86 Mb.