|
D. X. Suyunov
|
bet | 68/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq boburInternet-do’kon sayti - elektron aloqa vositalaridan foydalangan
holda mahsulotlar sotadigan va mijozlarga xizmat ko'rsatuvchi chakana savdo korxonasi hisoblanadi. Xususan, internet-do'kon mahsulotlarni tanlash, buyurtma berish va kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish, o'zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish, buyurtmaning bajarilishini qo'llab- quvvatlash, axborot mahsulotlarini sotish yoki axborot xizmatlarini
ko'rsatish - mahsulotni elektron aloqa tarmoqlari orqali yetkazib berishni ta'minlaydi.
Internet-do'kon mahsulot katalogi, buyurtma tizimi va to'lov tizimiga ega hamda real vaqt tartibida ishlaydi. Bu shuni anglatadiki, do'kon sayti doimo yangilanadi va mahsulot va xizmatlar to'g'risida eng so'nggi axborotlarni o'z ichiga oladi. Tashrif buyuruvchining iltimosiga binoan omborda mavjud bo'lishiga qarab mahsulot tavsifiga ega sahifalar dinamik tarzda yaratiladi. Narx avtomat tarzda o'sha vaqtdagi amaldagi chegirma va qo'shimcha to'lovlar, qo'shimcha xizmatlar va to'lov usulini hisobga olgan holda hisoblab chiqiladi. Shunday qilib, foydalanuvchi nafaqat kerakli ma'lumotlarning butun doirasini olishi, balki mahsulot (xizmat) uchun haq to'lashi, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishi va mutaxassislardan maslahat olishi mumkin. Internet-do'kondan ishlab chiqaruvchi ham, diler yoki chakana sotuvchi ham foydalanishi mumkin.
Ichki ish muhiti. Bu uzoq masofadagi bo'linmalar xodimlarining
jamoaviy ishini amalga oshirish imkonini beruvchi sayt.
Ichki ish muhiti tashqaridan kirish uchun yopiq. Boshqa shaharlarda filiallari va vakolatxonalari bo'lgan kompaniyalar uchun bunday texnologiyalarni joriy etish ahamiyatga ega hisoblanadi.
Shunday qilib, oddiy ofis o'zining xodimlarga qaerda bo'lishidan qat'i nazar - kompaniyaning filialida, xizmat safarida, mijozning muzokaralarida yoki uyda - barcha kerakli ma'lumotlar, hujjatlar bilan ishlash va ularni bir-biri bilan almashtirishga imkon beradigan Internet- qismiga ega bo'ladi.
Korporativ axborot portali. Bu kompaniyaning barcha axborot tizimlariga kirish uchun yagona nuqta bo'lib, kompaniya va kontragentlar biznes jarayonlarini to'liq axborot bilan ta'minlaydigan veb-serveridir. Korporativ axborot portali har bir xodimga optimal ish muhitini, ish joyini individuallashtirilishini ta'minlaydi. Korporativ ilovalarning barcha sinflari bilan ishlashning soddaligi, samaradorligi va birlashishi, axborotlarni tahlil qilish, materiallarni qidirish, ish yuritish vositasi, ERP tizimiga kirish.
Korporativ axborot portali ichki va tashqi kommunikatsiyalar,
axborotni to'plash va qayta ishlash tizimlarini birlashtiradi. Bu to'g'ridan- to'g'ri ishlab chiqarishdan tashqari (axborot mahsulotlari bilan bo'lgan
holatda ularni ham) deyarli barcha faoliyatni tarmoqqa o'tkazish imkonini beradi. Bir tomondan, kompaniya xodimlari veb-sayt orqali bir-birlari bilan muloqot qiladi, hujjatlarni almashadi, ishlash uchun zarur bo'lgan axborotlarni oladi. Boshqa tomondan, ayni paytda kompaniyaning mijozlari va hamkorlari kerakli mahsulot yoki xizmatlarni tanlaydi, shartnomalar tuzadi, ularning bajarilishini kuzatadi va hokazo. Ular faqat “mijozlar” qismiga ega bo'lishsa-da, foydalanayotgan axborotlar to'g'ridan-to'g'ri bir vaqtning o'zida aynan o'sha veb-saytdan kelib tushadi va kompaniya xodimlarining faoliyati va hozirgi paytda mavjud bo'lgan holatning haqiqiy ko'rinishini aks ettiradi.
Portalning funksional imkoniyatlari talablariga muvofiq,
tashkilotning tuzilishi, uning ishchi guruhlari, xodimlarning lavozim vazifalari, xodimlarning joriy funksiyalari to'g'risidagi axborotni markazlashtirilgan holda saqlashni ta'minlashi bilan birga foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etishi zarur:
korporativ biznes jarayonlarida ishtirok etish, muvofiqlashtirish va qaror qabul qilish;
belgilangan maqsadli auditoriya uchun materiallarni rejalashtirish, ishlab chiqish, tahrirlash, tasdiqlash va nashr qilish – kontentni boshqarish;
ichki korporativ resurslarni boshqarish tizimlariga kirish (ERP, CSRP, MRP II).
|
| |