|
D. X. Suyunov
|
bet | 64/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq boburB2b segmentidagi faol savdolar nimani aniqlab beradi? Faol savdo - bu mijoz bilan bevosita muloqot hisoblanib, unda quyidagilar mavjud bo'ladi:
mijoz to'g'risidagi barcha kerakli axborotlarni to'plash;
to'g'ridan-to'g'ri muloqot;
ehtiyojlarni aniqlash;
mahsulotni taqdim etish, e'tirozlar bilan ishlash;
shartnoma tuzish, mahsulotlarni sotib olish.
Bu amalga oshirilmay qolgan bitimlarni tahlil qilish, savdo menejerining harakatlarini o'rganish, xatolarni qidirish va ularni bartaraf qilishdir faol savdodagi yana bir muhim lahza hisoblanadi.
Samarali savdo - e’tiroz, konversiya, marketing. Savdo samaradorligi menejerlar qay darajada mijozning fikr va harakatlarini aniqlay olishi, mahsulotni qay darajada tushunishi va xaridorni shartnomani imzolashga ko'ndirishiga bog'liq.
Shu sababli, ko'plab kompaniyalar o'zlari yoki uchinchi tomon tashkilotlari tomonidan quyidagilarga yo'naltirilgan treninglarni o'tkazadi:
e'tirozlar bilan ishlash;
konversiyani oshirish (ya'ni potentsial mijozni haqiqiy mijozga aylantirish);
umumiy marketing ko'nikmalarini rivojlantirish - ehtiyojlarni tahlil qilish, raqobatchilar va iste'molchilarni o'rganish.
Ko’rgazmadagi namoyishlardan foydalangan holda b2b ulgurji savdo hajmining ko’paytirish. B2B sektorida yuqori texnologiyali kommunikatsiya bevosita keng qo'llanilishiga qaramay, ko'rgazma ulgurji savdoni ko'paytirishning eng samarali usullaridan biri bo'lib qolmoqda.
Ko’rgazma orqali:
mahsulot yoki xizmatni namoyish qilish;
savollarga javob berish va eng muhimi, e'tirozlarni bartaraf qilish;
yangi biznes hamkorlar bilan munosabatlarni o'rnatish;
tashkilot bilan uzoq vaqt hamkorlik qilgan kompaniyalarga so'nggi yutuqlarni namoyish etish.
|
| |