|
Bitim ishtirokchilarini aniqlash
|
bet | 66/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq boburBitim ishtirokchilarini aniqlash. Savdo amalga oshirilganda yoki bitim shartlarini kelishishning boshqa tartib-qoidalaridan so'ng tomonlar elektron savdo tizimi orqali bir-birining koordinatalarini oladi.
Bitimlar tuzish. ERI texnologiyasidan foydalangan holda elektron tarzda amalga oshirilishi mumkin. Shunday yo'l bilan, tomonlar o'rtasida bitim tuzilishining o'zi ham va savdo vaqtida erishilgan bitim shartlariga rioya etilishi ham kafolatlanadi.
Shartnoma majburiyatlarini bajarish kafolatlarini taminlanishi. An'anaviy iqtisodiyotda mavjud bo'lgan mexanizmlar orqali amalga oshiriladi, faqat bitim tasdiqlovchi hujjatlar elektron shaklda bo'lishi bilan farq qiladi. Bundan tashqari, bitimlar tuzishdagi risklarni kamaytirish usullari mavjud: omonatchini joylashtirish (masalan, elektron birjadagi savdolarda ishtrok etish uchun), kontragentlarning e'lon qilingan reytinglari va sharhlarini tahlil qilish, masulyatsiz kontragentlarni savdo tizimlari ishtirokchilari ro'yxatidan chiqarib tashlash.
Xaridlarni boshqarish tizimi (e-procurement).
E- procurement (elektron ta'minot, xaridlarni boshqarish tizimi):
elektron tijoratning korxonaning ishlab chiqarish siklida mahsulotlarni sotib olish va yetkazib berishning barcha elektron shakllarini qamrab oladigan vositalaridan foydalangan holda moddiy-texnik ta'minotni amalga oshirish texnologiyasi;
elektron xaridlar texnologiyasini amalga oshiradigan xarid qilish jarayonlarini boshqarish integrallashgan axborot tizimi.
Bu tizim moddiy-texnik resurslarga bo'lgan ehtiyojni nashr etish, yetkazib beruvchilarni izlash, ulardan tijorat takliflarini olish, tenderlar, tanlovlar va boshqa imkoniyatlarni taqdim etadi.
Korxonaning xarid qilish jarayonini tartibga solish va nazorat qilish har doim qiyin bo'lgan jarayon hisblanadi. Bunday jarayonni avtomatlash- tiradigan va shaffoflashtiradigan tizimlarning paydo bo'lishi bilan samaradorlik sezilarli darajada oshdi va suiste'mol qilish ehtimoli yo'qoldi.
Xaridlarni boshqarish tizimi korxonaga o'z internet-saytidan yetkazib beruvchilar bilan bevosita o'zaro hamkorlik qilish imkoniyatini beradi. Bu tizimning maqsadi:
korxonada xaridlarni tashkil etish xarajatlarini (tranzaktsion xarajatlarni) kamaytirish;
xaridlarni nazorat qilish darajasining sezilarli darajada oshishi;
sotib olingan mahsulot va xizmatlar narxini pasaytirish hisobiga xarajatlarni kamaytirish;
doimiy yetkazib beruvchilar bozorini shakllantirish;
sotib olinadigan tanlovdagi mahsulot va xizmatlar soni sezilarli oshadi.
|
| |