• Ishonchlilik.
  • D. X. Suyunov




    Download 2,86 Mb.
    bet54/151
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #248346
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   151
    Bog'liq
    bobur

    Elektron to’lovlar. Elektron tijorat tizimining asosiy va shu bilan birga, eng muammoli qismi - bu elektron to'lovlardir. Mahsulotlar uchun to'lovlarni elektron to'lovlar orqali amalga oshirilishi bilan bog'liq muammolarni hal qilinishi, ehtimol, elektron tijoratning istiqbolini belgilovchi muhim lahza hisoblanishi mumkin.

    Hozirga qadar umumi qabul qilingan sxema shundan iboratki, sotuvchi tomonidan ishlangan buyurtmaga javoban, sotuvchi o'z xaridor kartasining atributlari to'g'risida shifrlangan shaklda xabar beradi.
    Sotuvchi, o'z navbatida, hisob-fakturani bankka taqdim etadi. Bu o'ta qadimiy to'lov sxemasi foydalanuvchilar axloqiga ham mijozlar kartasi to'g'risidagi axborotni ushlab qolish va parolini ochishga urinayotgan firibgarlarga ham bog'liq bo'ladi. Bundan tashqari, bu sxemada bankni xabarlantirish kafolati va xaridorning hisob-varag'ida kerakli miqdor mavjudligi ta'minlanmaydi.
    Mavjud bank to'lov tizimlari bilan bog'liq savdo serverlarini yaratilishi kafolatlangan to'lovlarni ta'minlash yo'lida muxim qadam bo'ldi.
    Savdo serveri, bir tomondan, oxirgi foydalanuvchiga (albatta elektron shaklda) mahsulot va xizmatlar ro'yxatini taklif qiladi va xaridorning buyurtmasini kuzatib boradi, boshqa tomondan, bu to'lov operatsiyalarini amalga oshirilishi va bankka o'tkazilishini ta'minlaydi.


    3.6. Elektron tijoratni yaratishdagi asosiy tamoyil va hususiyatlari


    Operatsiyalarni amalga oshirishda foydalaniladigan mexanizm va vositalaridan elektron tijorat (ET) va an'anaviy tijorat o'rtasidagi farqni aniqlab beradi.
    Bugungi sotuvchi Internet tarmog'iga o'z mahsuloti to'g'risidagi axborotni joylashtirishining zamonaviy vositalari bilan ta'minlangan. Zamonaviy apparat platformalari (Sun, HP, DEC) va HTP-serverlar dasturiy taminoti barcha tarmoq foydalanuvchilariga mahsulot va xizmatlarning rang-barang katalogidan foydalanish imkoniyatini beradi. Buning uchun HTML formatida katalogning veb-sahifasini yaratish kifoya.
    Albatta, mahsulotni taqdim etish hali to'aqonli tijorat emas. Xaridor mahsulot uchun mablag' o'tkazishi va uni qabul qilib olishi kerak. ETda mahsulotlarni yetkazib berish uchun odatiy usullardan foydalanadi. Ammo to'lovlarni amalga oshirish jarayonlarida vaziyat murakkablashadi. Internet tarmog'i o'z himoya vositalariga ega bo'lmasdan bir-biriga xech qanday majburiyatlar bilan bog'liq bo'lmagan millionlab foydalanuvchilarni birlashtirdi va shuning uchun ishlashi barcha uchun maxfiy bo'lmagan, ammo xabarlarning ishonchli identifikatsiyasi, maxfiyligi va yaxlitligidan foydalanish kriptografik vositalari bilan xavfsizlikni ita'minlaydigan axborotni himoya qilishning ommaviy
    vositalarini yaratish zarur bo'ldi. AQShda axborotlarni DES algoritmi bo'yicha kodlashtirish umum qabul qilingan vosita hisoblanadi.
    Ishonch. Har qanday operatsiya faqat ishonchli shaxs yoki tashkilot kafolati ostida amalga oshirilishi mumkin. Oddiy tijoratda tijoratchi ishonadigan tashkilotlar tomonidan imzolangan turli hujjatlar ishonch elementlari hisoblanadi. ET shuningdek, odatda raqamli deb nomlanadigan imzo bilan tasdiqlangan hujjatlarni yuborish mexanizmidan foydalanadi. Elektron raqamli imzo tashqi tashkilot yoki shaxsdan qabul qilingan xabarni identifikatsiya qilishning texnik muammolarini hal qiladi. Har qanday hujjat raqamli imzo bilan tasdiqlangan xabar shaklida uzatiladi.
    Ishonchlilik. Har qanday axborot ishonchli bo'lsa, tijorat ahamiyatiga ega hisoblanadi. ETda axborotlarni (hujjatlarni) uzatishning ishonchliligini ta'minlashga imkon beradigan mexanizm bilan ilmiy- amaliy tajribaga ega va bu sohadagi standartlarni ishlab chiqadigan elektron axborot almashinuvi (EDI) deb nomlanuvchi butun bir soha shug'ullanadi.

    Download 2,86 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   151




    Download 2,86 Mb.