• Daromad darajasi.
  • Internetdan foydalanish tajribasi.
  • Yashash joyi.
  • O’zbekistonda elektron tijorat bozorining o’sishiga ta’sir etuvchi




    Download 2,86 Mb.
    bet44/151
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #248346
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   151
    Bog'liq
    bobur

    O’zbekistonda elektron tijorat bozorining o’sishiga ta’sir etuvchi


    asosiy omillar
    Kelgusi yillarda O'zbekistonda elektron tijorat bozorining o'sishi quyidagi iqtisodiy-ijtimoiy omillar asosida ta'minlanishi mumkin:

    • aholi daromad darajasini o'sishi;

    • Internet auditoriyaning o'sishi;

    • Internet foydalanuvchilarni elektron tijoratga jalb qilinish darajasi;

    • mahsulot toifalarining ko'payishi;

    • mahsulot toifalari ichida xaridlarning o'sishi;

    • xaridlar hajmining o'sishi.

    O'zbekiston Respublikasida elektron tijorat foydalanuvchilarining demografik jixatdan tahlili qilinishi, foydalanuvchilarni onlayn xarid qilishga jalb qilinishini belgilovchi uchta asosiy omilni ajratib ko'rsatadi.

    1. Daromad darajasi. Yuqori daromad turli xaridlarni Internet orqali faolligini rag'batlantiradi. Bu, birinchi navbatda, mahsulotlar assortimentining yanada keng doirasiga ham bog'liq bo'ladi. Xaridor vaqtini tejash va qisman mahsulot narxini tushirish ham katta rag'batlantirish hisoblanadi. Masalan, Rossiya elektron tijorati misolida ko'radigan bo'lsak Molotok.ru sektori foydalanuvchilarining 59 foizi Internetdagi mahsulotlar arzonligi, 58 foyizi qulaylik tufayli Internetda xarid qilishga afzallik berishini bildirgan bo'lsa, ulardan 42,6 foyizi an'anaviy savdoda ehtiyoj uchun zarur bo'lgan mahsulotlarni o'z vaqtida xarid qilib bo'lmaydi deb hisoblaydi.

    2. Internetdan foydalanish tajribasi. Internet foydalanuvchilarining

    onlayn-xaridlarni amalga oshirishga jalb qilinganlik darajasi ularning Internetda ishlash tajribasiga bog'liq bo'lishi to'g'risidagi qonuniyat mavjud. Aholining Internetdan foydalanish tajribasi qanchalik ko'p bo'lsa, elektron tijorat xizmatlaridan shunchalik ko'proq foydalanadi.

    1. Yashash joyi. O'zbekistonda internetda mahsulot xarid qiluvchilarning asosiy qismi asosan (76%) Toshkent shahri, Toshkent viloyati va boshqa viloyat shaharlarida yashaydi. Bundan tashqari, bu munosabat daromad va Internetdan foydalanish tajribasi to'g'risida so'z ketganda ham saqlanib qoladi.

    Elektron tijoratda savdoning masofaviyligi (buyurtmani bajarish tezligi, mahsulotlarni tekshirishning iloji yo'qligi va boshqalar) bilan
    bog'liq aniq kamchiliklar mavjud. Biroq, biron-bir sababga ko'ra kerakli mahsulotni chakana savdoda xarid qilishning iloji bo'lmasa yoki bu mahsulot xaridor istaetgan narxga to'g'ri kelmagan holatda elektron tijoratga nisbatan boshqa bir raqobatchi topilmaydi.
    Yuqoridagi omillar O'zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish istiqbolini ko'rsatib beradi. O'zbekiston elektron tijorat hajmi bo'yicha qo'shni davlatlarga nisbatan qoniqarli bo'lsada, jaxon iqtisodiyotdagi elektron tijorat hajmining o'sishiga nisbatan ahamiyatli darajada ortda qolmoqda.



    Download 2,86 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   151




    Download 2,86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekistonda elektron tijorat bozorining o’sishiga ta’sir etuvchi

    Download 2,86 Mb.