|
Tuzilmaviy iqtisodiy omillar
|
bet | 40/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq boburTuzilmaviy iqtisodiy omillar: birjalarning paydo bo'lishi ehtimoli (yoki mumkin emasligi) quyidagi tuzilmaviy-iqtisodiy omillarning holatiga bog'liq:
bozorning fragmentlashganligi va raqobat darajasi;
raqobatdosh bozor ishtirokchilarining o'zaro hamkorlik qilishga tayyorligi;
mahsulotlarni standartlashtiriganligi darajasi.
4. Boshqaruv va infratuzilmaviy omillar. Texnologik imkoniyatlarsiz elektron tijoratni yurIitish mumkin emas. Bu faqat kommunikatsiya infratuzilmasi bo'lib qolmasdan, balki korxonani boshqarishda moliyaviy oqimlar, logistika, ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish bo'yicha qarorini qabul qilishni optimallashtiradigan korxonalarni boshqarishning integrallashgan elektron tizimlari hamdir, Chunki elektron tijoratning tranzaksiya xarajatlariga ta'sir ko'rsatishning aniq yo'nalishlaridan biri o'z navbatida avtomatlashtirish va optimallashtirilishga bog'liq bo'lgan jarayonlarni takomillashtirish bog'liq bog'liq bo'ladi. Firmalararo o'zaro hamkorlikda elektron tijoratni
rivojlantirish asosiy infratuzilmaviy va boshqaruv omillari katta darajada bir-biriga o'zaro bog'liqligini tushunish muhimdir. Masalan, biznes jarayonlarni avtomatlashtirganlik darajasi kompaniya tomonidan elektron tijoratdan foydalanish imkoniyatlarini belgilab berish bilan bir vaqtda korxonadagi boshqaruv darajasini ham ko'rsatab beradi.
Elektron tijoratni boshqarish tizimidagi kompleks tizimlar ahamiyati
Korxonalarni boshqarish kompleks tizimlariga batafsil to'xtalib o'tamiz. Taklif etilayotgan gipoteza shundan iboratki, bunday tizimlar elektron tijorat o'z faoliyatini boshlashi bilan tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish mexanizmlaridan biri hisoblanadi.
Menejment sohasidagi ilg'or tajribalarni etiborga olish bilan yaratilgan elektron boshqaruv tizimlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, bunday tizimlar korxonada joriy etish bir qator boshqaruv jarayonlarini (ekspertlarning hisob-kitoblariga ko'ra - 80% gacha) aniq standartlar asosida olib borilishiga olib keladi.
Bunday tizimlar, moxiyatiga ko'ra oddiy kompaniya biznes- jarayonlarini formallashgan ifodasi hisoblnadi. Bu g'oya SAP, Orasale, Microsoft va shu kabi tizim ishlab chiqaruvchilar faoliyati asosida qo'yilgan. Rivojlangan mamlakatlarda 1960-yillardayoq ishlab chiqarish korxonalarini rejalashtirish va faoliyat yuritishning umumiy xususiyatlari yaratib olingan. O'sha vaqtlardayoq, kompyuter texnologiyalari imkoniyatlariga yo'naltirilgan yangi rejalashtirish tizimlari paydo bo'ldi. Hozirgi vaqtda Amerika ishlab chiqarish va zaxiralarni boshqarish jamiyati (ARISS) tomonidan korxonalarni avtomatlashtirilgan boshqarish yechimlarning quyidagi sinflari ajratib ko'rsatilgan:
MRP (Material Requirements Planning) - ishlab chiqarishni
boshqarish.
MRP II (Manufacturing Resourse Planning) - moliyaviy rejalashtirish elementlari bilan ishlab chiqarish, shuningdek, teskari aloqa va modellashtirishni boshqarish.
ERP (Enterprise Resourse Planning) - korxonaning barcha sohalarini qamrab olgan integrallashgan kompyuter tizimi: rejalashtirish (bashorat qilish), savdoni boshqarish, ishlab chiqarishni rejalashtirish,
mahsulot tarkibini boshqarish (alohida ishlab chiqarishda), zaxiralarni boshqarish, materiallarga bo'lgan ehtiyojlarni rejalashtirish (MRP), ishlab chiqarish quvvatini rejalashtirish (CRP), ishlab chiqarishni boshqarish, xaridlarni boshqarish, moliya buxgalteriyani boshqa, moliyaviy tahlil.
So'nggi 10-15 yil ichida elektron savdo maydonchalari ham yirik korxonalar negizidagi bo'limlar o'rtasida taqsimlash resurslarni tizimi sifatida paydo bo'ldi. Boshqaruvning integratsiyalashgan tizimlarini keng joriy qiliishiga olib keladigan boshqaruv usullarini standartlashtirish tranzaksiya xarajatlariga sezilarli ta'sir ko'rsatadi, chunki kompaniyalar o'z kontragentlarining biznesi standartlarga mos holda boshqarilayotganiga to'liq ishonishi mumkin, bu esa shartnoma shartlariga beixtiyor rioya qilinmaslik, yetkazib berishlarni kechikishi, muhim axborotlari etiborga olmaslik risklarini kamaytiradi. P. Milgrom va J. Robert tomonidan taklif qilingan tranzaksiya xarajatlari klassifikatsiyasiga muvofiq, aytish mumkinki, kompaniyada elektron boshqaruv tizimining mavjudligi kontragentlar haqida axborot olish zaruriyati bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar qismidagi motivatsion tranzaksiya xarajatlarni ahamiyatli darajada qisqartiradi.
Ikkinchidan, ma'lumki, korxonalarda elektron boshqaruv tizimlarini
joriy etilishi kompaniyani mulkdorlar va top-menejerlar uchun yanada ahamiyatli shaffoflashtirishga imkon beradi, bu esa yirik tashkilotlar uchun o'ta dolzarb bo'lgan printsipal-agent munosabatlaridagi axborotlar assimetriyasi muammosini ma'lum darajada hal qilishga imkon beradi.
Kompaniyalarni boshqarishni avtomatlashtirishga kiritilgan sarmoyalarning katta qismi 1990 yillarning o'rtalariga to'g'ri kelgan Evropa va AQSh mamlakatlaridan farqli o'laroq, O'zbekiston ishlab chiqaruvchilarining aksariyati bu yo'nalishda yaqin yillarda birinchi qadamlarini tashlay boshladi. 2007 yil holatiga ko'ra, so'rovda qatnashgan kompaniyalarning atigi 23 foizida barqaror, yahlit boshqaruv tizimlari mavjud. Xuddi shuncha foizdagi respondentlar bu tizimga ehtiyoj sezmaydi. Shu bilan birga, takidlash joizki, mahalliy menejerlarning aksariyati bu tizimninng zaruriyatini sekin-asta bo'lsada tushunib bormoqda, hozirgi kunda kompaniyalarning 54 foizi yaqin kelajakda murakkab tizimni joriy etishni rejalashtirishga xarakat qilmoqda.
Internet-kompleks boshqaruv tizimlarini yaratish to'g'risidagi ijobiy qaror kampaniya faoliyatining aniq yo'nalishlariga bog'liq emasligini; ahamiyatga ega bo'lib bu yo'nalishda ish olib boradigan (yoki tugatgan) kompaniyalar ulushi vaqt o'tgan sayin ko'payib boradi.
Kompaniya rahbarlarining o'z korxonasidagi biznes-jarayonlarni boshqarish uchun integrallashgan tizimlarni joriy etish mumkin emasligi haqidagi tushunchasi odatda kompaniyada boshqaruvni optimallashtirish masalalari qo'yilmaganligidan dalolat beradi. O'zbekistondagi yirik kompaniyalar uyg'otadi - o'z nazorati ostidagi korxonalar ishlab chiqarish mahsulotlarining yuqori narxlari va to'laqonli raqobatning yo'qligi yuqori darajadagi daromad bilan ta'minlab berish tufayli bunday tizimlarni joriy etishga rag'bat sezilmoqda.
Ammo hozirgi kunga qadar axborot texnologiyalari sohasidagi
boshqaruv korporatsiyalarni boshqaruvi tizimidagi juda zaif bo'g'in hisoblanadi. Ko'plab hollarda, axborot bo'linmalari raxbarlari faqat tor doyradagi texnik qo'llab-quvvatlash tor masalalari bilan shug'ullanadi, haqiqiy biznes ehtiyojlarini tushunishdan juda yiroq. Yirik xorijiy korporatsiyalarda esa axborot texnologiyalari bo'yicha direktor odatda kompaniya vitse-prezidenti maqomiga ega va uning funksiyalari kompaniya biznesini rivojlantirishning strategik maqsadlariga aniq IT- echimlarni ishlab chiqish va qo'llashdan tashkil topadi. Ko'pincha AKT bo'yicha mahalliy mutaxassislarda tayyorgarlik darajasining yetishmasligi ularga strategik muammolarni samarali hal qilishga imkon bermaydi. Biroq, bu muammo rivojlangan mamlakatlar uchun ham xosdir. McKinsey tadqiqotlari natijalariga ko'ra IT-loyihalarning atigi 16 foizini muvaffaqiyatli deb tan olinadi. Qolganlari talablarni sifat jihatdan aniqlash, loyiha ko'lamini nazorat qilish, biznes-foydalanuvchilar bilan muvofiqlashtirish - yoki umuman yo'qligi kabi jarayonlarning kuchsiz boshqarilishi tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Hatto muvaffaqiyatli loyihalar ham byudjetdan o'rtacha 80 foiz ajratilgan osilib ketgan va rejalashtirilgaga nisbatan ikki baravar uzoq muddatda bajarilgan.
Elektron tijoratni rivojlantirishda mamlakatdagi telekommunikatsiya
infratuzilmasining rivojalaganlik va Internetga ulanish darajasi hamda korxonalarda internet-saytlarning mavjudligi muhim omillar qatoriga kiradi.
|
| |