D. X. Suyunov




Download 2,86 Mb.
bet37/151
Sana21.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#248346
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   151
Bog'liq
bobur

Janubiy Koreya. Janubiy Koreyaning Savdo, sanoat va energetika vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, 2020-yilda yirik mahalliy chakana sotuvchilarning daromadi o'tgan yilga nisbatan 5,5 foizga o'sgan. Shu bilan birga, onlayn-do'konlar savdosi 18,4 foizga oshdi, oflayn do'konlar daromadi esa 3,6 foizga kamaydi.
Oziq-ovqat va uy-ro'zg'or buyumlariga onlayn talab mos ravishda 51,5% va 25,3% ga oshdi.
Dunyoda. We Are Social va Hootsuite tomonidan chop etilgan Digital 2021 hisobotiga ko'ra, dunyo miqyosida 16 yoshdan 64 yoshgacha bo'lgan internet foydalanuvchilarining 76,8 foizi istalgan qurilmadan onlayn xarid qilgan. Internet foydalanuvchilarining 81,5 foizi mahsulot yoki xizmatni Internetda qidirgan, 90,4 foizi onlayn-do'konlarga tashrif buyurgan, 69,4 foizi xarid qilish uchun ilovalardan foydalangan (1-rasm).
Internet foydalanuvchilari orasida onlayn xarid qiluvchilarning eng katta foizi Indoneziya (87,1%), Buyuk Britaniya (85,5%) va Tailand (83,6%)da. Eng kam - Rossiyada (60%), Janubiy Afrikada (57,7%), Misrda (56,6%) amalga oshirilgan.
Internet foydalanuvchilari o'rtacha 55,4 foizi butun dunyo bo'ylab mobil qurilmalardan onlayn xaridlarni amalga oshiradi. Jumladan: eng katta foiz Indoneziya (79,1%), Tailand (74,2%) va Filippinda (69,6%).
Eng kam - Rossiya (32,5%), Yaponiya (32,1%), Belgiya (31,2%).
2020-yilda dunyo bo‘ylab 3,47 milliard kishi iste'mol mahsulotlarini onlayn sotib oldi. Ushbu bozor hajmi 25,7 foizga o'sib, 2,44 trillion dollarni tashkil etdi. O'rtacha foydalanuvchi o'tgan yili iste'mol tovarlari uchun Internetda 703 dollar sarflagan.


  1. rasm. Dunyo hamjamiyatida e-tijoratni toifalar bo'yicha taqsimlanishi 2020-yilda turizm va turar joy sektorida onlayn-xarajatlar 51 foizga

kamayib, 593,6 milliard dollarni tashkil etdi. Moda va go‘zallik
yo‘nalishida 665,6 milliard dollar onlayn sarflandi (+27 foiz). Oziq-ovqat va gigiyena sektori 41 foizga o‘sib, 413,8 milliard dollarni tashkil etdi.Mebel va uy-ro‘zg‘or buyumlarining onlayn savdosi 20 foizga o‘sib, 330,9 milliard dollarni, o‘yinchoqlar, sevimli mashg‘ulotlar va hunarmandchilik 25 foizga o‘sib, 525,6 milliard dollarni tashkil qildi.
Shu bilan birga, shuni ta'kidlash kerakki, O'zbekitonda Internetdan foydalanuvchilarning ulushi umumiy aholi soniga nisbatan 74 foyizni, mobil telefondan foydalanuvchilar 89 foyizini tashkil qilishi e'tiborga olinsa bu internet-xaridorlarining har yili barqaror o'sib borishiga ijobiy ta'sir qilishini tahmin qilish mumkin. Biroq, Internetga bog'lanish texnik imkoniyatlarining o'sishi va arzonlashuvi bilan iqtisodiyotning bu sektorida savdoning keskin o'sishi shubhasizdir. Elektron tijoratning tizimli afzalliklari tarmoq iqtisodiyoti global iqtisodiyotning sanoat-industriyadan keyingi rivojlanish bosqichlaridan biri bo'lib, unda taqsimlash infratuziomasi ishlab chiqarish infratuzilmasidan ustunlik qiladi. Shu sababli, aynan tijorat virtual internet- kommunikatsiya va transaksion xarajatlarning kamayishi tufayli yangi institutsional sikl parametrlarini belgilab beradigan o'sishning noyob manbaiga aylanib bormoqda.



Download 2,86 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   151




Download 2,86 Mb.