• BOB. ELEKTRON TIJORAT RIVOJIDAGI OMILLAR
  • D. X. Suyunov




    Download 2,86 Mb.
    bet38/151
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #248346
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   151
    Bog'liq
    bobur

    Nazorat uchun savollar


      1. Дастлабки даврда электрон тижорат андай функцияларни бажарган?

      2. Elektron tijorat biznes-operatsiyalarni ta'minlovchi андай asosiy elementларdan tashkil topadi?

      3. Elektron tijoratning андай asosiy ko'rinishларi mavjud?

      4. Elektron tijoratda transaksiyalar деганда нимани тушунасиз?

      5. Иshlab chiqarish xarajatlarining ikki turini андай изо лаш мумкин?

      6. Transaktsiyalarning solishtirma tavsifi андай?

      7. Elektron tijorat rivojlanishini me'yor va huquq bilan bog'liq jihatdan tartibga solinishini qандай tavsiflash mumkin?

      8. O'zbekistonda elektron tijoratнинг андай omillari бор?

      9. Фoydalanuvchilarni onlayn xarid qilishga jalb qilinishini belgilovchi неchta asosiy omilni ajratib ko'rsatиш мумкин?

      10. Электрон тижоратнинг хориж амалиëти курсаткичларини келтиринг.
    1. BOB. ELEKTRON TIJORAT RIVOJIDAGI OMILLAR




      1. Elektron tijorat rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar


    O'zbekistonda elektron savdo elektron-axborot biznesning sektori sifatida bugungi kunda amalda qo'llanilayotgan yechim va yo'nalishlarga nisbatan bir muncha ko'p muammo va savollarga ega bo'lmoqda. Shuning uchun, O'zbekistonda G'arbning klassik biznes-modellaridan katta farq qiluvchi elektron tijoratni rivojlantirish xususiyatlari va modellaridagi barcha mos kelmaydigan holatlarini aniqlash, shuningdek, paydo bo'lgan dolzarb muammolarni hal qilish va bartaraf etish bilan bog'liq internet- biznes istiqbollarini baholash masalalari O'zbekistonning jahon virtual tarmog'ida elektron savdoni samarali yo'lga qo'yishi va rivojlantirishining zaruriy sharti hisoblanadi.
    Internet-tijorat sohasining hozirgi rivojlanish bosqichida O'zbekis- tonda elektron savdoni rivojlantirish yo'llari va mavjud to'siqlarni olib tashlashda o'ta muhim bo'lgan asosiy sabablari aniqlash dolzarb masala hisoblanadi:

    1. Internetdan foydalanuvchilarning tor doirasi, shu bilan birga, ularning katta qismi tarmoqda xaridlarni amalga oshirishga moyil emasligi asosiy sabablardan biri hisoblanadi.

    2. Statistik omil, ya'ni, foydalanuvchilarning: o'rtacha statistik ko'rsatkichlari birinchi navbatda, Internet va aholi moddiy ta'minlanganlik, texnik tayyorgarlik va ta'lim darajasi o'rtacha statistik ko'rsatkichlari turlicha. Bu omil, bir tomondan, elektron tijoratdan foydalanish kompyuter texnikasi, dasturiy ta'minot, texnik va murakkab elektronikani xarakatlantirishning ideal vositasi hisoblanadi. Boshqa tomondan, aynan shu omil ommaviy iste'mol mahsulotlarini xarakatlantirish uchun Internetdan foydalanish samaradorligini kamaytiradi.

    3. Aksariyat saytlarning tasodifiyligi va ularda axborotlarning haddan

    tashqari ortiqcha yuklanganligi potentsial mijozlarni jalb qilish va ushlab turishni qiyinlashtiradi, ya'ni, saytni professional tarzda yaratish va uning faoliyati samaradorligini baholash imkoniyatlari to'g'rsidagi savollar mavjud.

    1. Moliyaviy operatsiyalar va uzatilayotgan axborotlarning konfidentsial xavfsizligi.

    2. Internet-marketing va reklama bo'yicha professional mutaxassis- lardagi yaqqol ko'rinib qoladigan kamchiliklar ular tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar sifatini tushirib yuboradi.

    Shubhasiz, butun dunyoda, shuningdek, O'zbekistonda ham elektron savdo sohasining kelajagi ko'p jihatdan nafaqat mijozlar auditoriyasining qanchalik tez o'sishiga, balki to'lovlarni real vaqt tartibida amalga oshirish bilan bog'liq muammolarni samarali hal qilinishiga ham bog'liq.
    Aksariyat tahlilchilarning fikriga ko'ra, hozirgi kunda O'zbekistonda bor-yo'g'i to'rt yuz ming kishi mahsulot yoki xizmatlarni kompyuter monitoridan uzoqlashmagan holda sotib olishi mumkin. Tadqiqotchilar axborotlariga ko'ra, internet-auditoriyasining atigi 14 foizida internet- orqali xaridlarni amalga oshirish tajribasi mavjud.
    Yirik, o'rta va kichik biznes doirasida elektron tijorat tizimlarini shakllantirish muammolarini aniqlash va o'rganish uchun aholi va tadbirkorlar o'rtasida Internet-so'rovlar o'tkazish, elektron tijoratni istiqbol rivojlanishini belgilashda asosiy omil bo'lishi mumkin. Biroq O'zbekistonda bu yo'nalishda olib borilayotgan tadqiqotlar yetarli darajada emas. Shu o'rinda Rossiyad 250 kichik tashkiloti so'rovnomani misol sifatida ishtirok etgan, so'rovnoma qidirish mumkin natijalari ilmiy manbalarda va tahliliy maqolalarda keltirilgan raqamlarni amaliy jixatdan tasdiqlanishiga imkon beradi. Turli baholashlarga ko'ra kichik biznesning aksariyat qismi (78,5%) hozirgi kunda tobora kuchayib borayotgan raqobat muhitida faoliyat olib bormoqda. 54 foiz respondent o'z bozorida kuchli, 39% - o'rtacha holatda raqobatni boshdan kechirmoqda. Faqat 9 foiz tadbirkorlar xech qanday raqobat yo'qligi haqida fikr bildirgan.
    Turli baholashlarga ko'ra kichik biznes tashkilotlari duch keladigan
    asosiy muammolarga moliyaviy resurslarning yetishmasligi (60% respondentlar ko'rsatgan), kadrlar bilan ta'minlanish darajasi (50%), savdo yuritishda muammolar (44%) kiradi.
    Quyidagilarni kichik biznes uchun asosiy muammolar sifatida ko'rsatish mumkin:

    • moliyaviy Resourselarning yetishmasligi ;

    • mijozlar va savdo bozorlarini topish muammolari;

    • zarur ishchi va mutaxassislarning yetishmasligi;

    • noqulay kredit sharoitlari;

    • tadbirkorlik operativ axborotlarini yetishmasligi;

    • ta'minotdagi muammolar;

    • korxonani boshqarish muammolari;

    • yangi texnologiyalar to'g'risidagi axborotlarni yetishmasligi.

    Tarmoqlar bo'yicha keltirilgan muammolarning dolzarbligidagi ayrim farqlarni kompaniyaning joriy iqtisodiy holatini baholash asosida aniqlash mumkin. Olib borilgan tadqiqotlarga ko'ra ishi yaxshi ketayotgan guruhdagi korxonalarning 18 foizida, unchalik ahamiyatli bo'lmagan holatida faoliyat olib borayotgan korxonalar guruhdagi firmalarning 70 foiziga tegishli moliyaviy resurselar yetishmasligi muammosi tasir ko'rsatayotganligi aniqlangan. Mahsulotlar savdosi muammolarini tasir ko'rsatishi ham taxminan bir xil tendentsiyaga ega: birinchi guruhda 27 foiz, ikkinchi guruhda 46 foizgacha. Umuman olganda, kichik biznes korxonalaridagi axborot tanqisligi asosan ular duch keladigan asosiy iqtisodiy muammolar bilan bog'liq. Respondentlar samarali biznes yuritish uchun eng zarur bo'lgan axborot turlari sifatida quyidagilarni ko'rsatgan: ichki savdo bozorlari to'g'risidagi axborotlar (34,5%), iqtisodiy qonunchilik to'g'risidagi axborotlar (28%), yetkazib beruvchilar to'g'risidagi axborotlar (22,5%).
    Agarda biznes to'g'risidagi qonunchilik to'g'risidagi axborotlarga
    bo'lgan ehtiyoj barcha korxonalar uchun, faoliyatining hozirgi holatidan qat'i nazar, deyarli bir xil ahamiyatga ega bo'layotgan bo'lsa, biznes holatini baholash yomonlashuvi bilan savdo bozorlari, kredit shartlari va yetkazib beruvchilar to'g'risidagi axbortlarga bo'lgan talabini ortib borish munosabatlarini kuzatish mumkin. Kichik biznes vakillarining axborot taminot doyrasida doimiy ravishda murojaat qilib boradigan asosiy manbaalari: ommaviy elektron axborot vositalari (54%), maxsus adabiyotlar (52,5%), ommaviy axborot vositalari (49,5%), ko'rgazmalar, yarmarkalar (41%). , viloyat va shaxar hokimiyati (35%).
    Ta'kidlab otish joizki, kichik biznes tashkilotlari mahsulot bozorlari, yetkazib beruvchilar va hamkor to'g'risida kerakli axborotlarni olish uchun tobora ko'proq Internetga murojaat qilayotganligini kuzatish mumkin. Shu bilan birga, tashkilotlarning katta qismi asosan maxsus adabiyotlar, darsliklar, ma'lumotnomalar, ommaviy axborot vositalaridagi reklama, ko'rgazma va yarmarkalarga tashrif buyurish kabi an'anaviy manbalardan foydalanadi. Shubhasiz, elektron tijoratning muvaffaqiyati ko'p jihatdan bugungi kunda
    marketingda nafaqat mustaqil yo'nalish sifatida balki axborotli iqtisodiyotda inqilobiy o'zgarishlarni amalga oshirish mumkin bo'lgan kuchli kattalizator sifatida ham qaralayotgan innovatsion usullar va loyihalarni joriy etishga asoslangan, elektron tijorat vositalaridan foydalanishga bog'liq.

    Download 2,86 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   151




    Download 2,86 Mb.