|
D. X. Suyunov
|
bet | 36/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq boburPolsha. 2020 yilda Polshaning elektron tijorat bozori Yevropadagi eng tez o'sayotgan bozorga aylandi. Statista ma'lumotlariga ko'ra, bozor hajmi 22 milliard yevroga baholandi.
Tovarlarning asosiy toifalari: kiyim-kechak, maishiy elektronika, mebel, oziq-ovqat va o'yinchoqlar uchun onlayn xarajatlar 10 milliard yevroga yetib, 2019-yilga nisbatan o'sish 25 foizni tashkil etdi.
Mamlakat chakana savdosida elektron tijoratning ulushi sezilarli darajada oshib, 8 foizga yetdi. Biroq, bu G'arbiy Evropa mamlakatlariga qaraganda ancha past ko'rsatkich hisoblanadi.
Gretsiya. Gretsiya Savdo va tadbirkorlik konfederatsiyasining hisob- kitoblariga ko'ra, 2020 yilda mamlakatda elektron tijorat aylanmasi o'tgan yilga nisbatan uch baravarga oshib, 15 milliard yevroga yetgan.
Gretsiya o'tgan yillarda Evropa Ittifoqining boshqa a'zo davlatlaridan ortda qoldi, ammo so'nggi oylarda o'z iqtisodiyotini raqamli trasformatsiyasi bo'yicha muhim qadamlar qo'ydi va iste'molchilar elektron xarid qilish ehtimoli ko'paydi.
Birinchi izolyatsiya davrida (2020 yil bahorida) onlayn-do'konlar savdosining 70-80 foizga o'sishi qayd etildi. Yozda tendentsiya davom etdi, sotuvlar 2019 yilga nisbatan 40% ga oshgan. Ikkinchi izolyatsiya paytida (7- noyabrda boshlangan) onlayn xaridlarga bo'lgan talab 85% dan oshdi.
Gretsiyada har ikkinchi iste'molchi COVID-19 avj olgandan beri kamida bitta onlayn xarid qilgan. Dekabr oyida onlayn xaridlarni amalga oshiradigan odamlar ulushi 61% gacha ko'tarildi. Taqqoslash uchun: 2020 yil iyun oyida bu ko'rsatkich 51 foizni, 2019 yil dekabr oyida esa 21 foizni tashkil qilgan.
Ukraina. EVO kompaniyalar guruhi ma'lumotlariga ko'ra, 2020 yilda ukrainaliklar Internet orqali 107 milliard UAH miqdorida tovar va xizmatlar sotib olgan. Bu 2019 yilga nisbatan 41 foizga ko'pdir. Natijada, Ukraina elektron tijorat bozorining o'sishi ekspertlar prognozlaridan deyarli uch baravar oshdi. Shu bilan birga, onlayn to'lovlar soni ham kamida 50 foizga oshdi.
Endi Ukrainadagi barcha xaridlarning deyarli 9 foizi onlayn - bozorlarda, onlayn-do'konlarda va ijtimoiy tarmoqlarda amalga oshiriladi.
Rossiya. Data Insight ma'lumotlariga ko'ra, 2020 yilda onlayn- do'konlar va bozorlardagi buyurtmalar soni 78 foizga oshgan. Pul ko'rinishida 47 foizga o'sib, 2,5 trillion rublni tashkil etdi. 2020 yilda onlayn savdoning ulushi butun Rossiya chakana savdosining 9 foizini tashkil etdi.
|
| |