• Internetdan foydalanish tajribasi.
  • Yashash joyi.
  • D. X. Suyunov




    Download 2,86 Mb.
    bet33/151
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #248346
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   151
    Bog'liq
    bobur

    Daromad darajasi. Yuqori daromad Internetda xarid qilish faolligini rag'batlantiradi. Bu, birinchi navbatda, mahsulotlar assortimentining yanada keng doirasi bilan bog'liq. Vaqtni tejash va qisman mahsulot narxini tushirish ham katta rag'batlantirish hisoblanadi. Masalan, Rossiya elektron tijorat misolida Molotok.ru foydalanuvchilarining 59 foyizi Internetdagi mahsulotlar arzonligi, 58 foizi qulaylik tufayli Internetda xarid qilishini bildirgan bo'lsa, 42,6 foizi an'anaviy savdoda ehtiyoj uchun zarur bo'lgan mahsulotlarni o'z vaqtida sotib olib bo'lmaydi deb hisoblaydi.

  • Internetdan foydalanish tajribasi. Internet foydalanuvchilarini onlayn-xaridlarni amalga oshirishga jalb qilinganlik darajasi ularning Internetda ishlash tajribasi bilan bog'liq bo'lish to'g'risidagi qonuniyat mavjud. Internetdan foydalanish tajribasi qanchalik ko'p bo'lsa, elektron tijorat xizmatlaridan shunchalik ko'proq foydalanadi.

  • Yashash joyi. O'zbekistonda Internetdan mahsulot xarid qiluvchilarning asosiy qismi asosan (76 %) Toshkent shahri, Toshkent viloyati va boshqa viloyat shaharlarida yashaydi. Bundan tashqari, bu munosabat daromad va Internetdan foydalanish tajribasi to'g'risida so'z ketganda ham saqlanib qoladi.

    Elektron tijoratda savdoning masofaviyligi (buyurtmani bajarish tezligi, mahsulotlarni tekshirishning iloji yo'qligi va boshqalar) bilan bog'liq aniq kamchiliklari mavjud. Biroq, biron-bir sababga ko'ra kerakli
    mahsulotni chakana savdoda xarid qilishning iloji bo'lmasa yoki bu mahsulot xaridorga narxiga ko'ra to'g'ri kelmagan holatda elektron tijoratga nisbatan boshva bir raqobatchi topilmaydi.
    Yuqoridagi omillar O'zbekistonda elektron tijoratni rivojlanish istiqbolini ko'rsatib beradi. O'zbekiston elektron tijorat hajmi bo'yicha qo'shni davlatlarga nisbatan qoniqarli bo'lsada, global iqtisodiyotda elektron tijorat hajmini o'sishiga nisbatan ahamiyatli darajada ortda qolmoqda.
    O'zbekistonda elektron tijoratning chakana savdo umumiy hajmidagi ulushi 1,4 foyizni, aynan shu ko'rsatkich Rossiyada 4 foyiz, AQShda 8,3 foyiz va G'arbiy Yevropaning aksariyat mamlakatlarida 9,9 foyizni tashkil qiladi.
    Yevropada elektron tijoratning keng tarqalishida Buyuk Britaniya yetakchi hisoblanadi, bu yerda Internet foydalanuvchilarning qariyb 86 foyizi onlayn xaridlarni amalga oshiradi.
    Bu ko'rsatkich Xitoy va Koreyada yanada yuqori, internet- foydalanuvchilarning 90 foyizga yaqini Internet orqali xarid qiladi. Braziliya va AQShda bu ko'rsatkich juda yuqori va 85% ni tashkil qiladi. Biroq, shuni ta'kidlash joizki, bu davlatlarda elektron tijoratning o'sish salohiyati deyarli maromiga etgan, O'zbekistonda esa bu jarayonning boshlang'ich bosqichlari ketmoqda. Demak, keyingi yillarda O'zbekistonda ham elektron tijorat sohasi salmoqli ulushda o'sib boradi deb aytish mumkin.
    AQSh. Digital Commerce 360 ma'lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda
    AQShning elektron tijorat bozori 44 foizga o‘sib, 861,12 milliard dollarni tashkil etdi. Bu AQShda kamida oxirgi yigirma yil oraliqdagi elektron tijoratning yillik eng yuqori o‘sishidir. 2020 yilda onlayn savdolarning umumiy chakana savdodagi ulushi 2019 yildagi 15,8 foiz va 2018 yildagi 14,3 foizga nisbatan 21,3 foizni tashkil etdi.
    COVID-19 bilan bog‘liq onlayn xaridlarning o‘sishi 2020-yilda qo‘shimcha 174,87 milliard dollar keltirdi. Agar pandemiya natijasida onlayn savdolar ko‘paymaganida, 861.12 milliard dollarlik natijaga 2022- yilgacha erishib bo‘lmas edi.
    AQShning jami chakana savdosi 6,9 foizga oshib, 4,04 trillion dollarni tashkil etdi. 2020 yildagi barcha chakana savdo o'sishining 101%
    ni onlayn savdo tashkil etdi. Bu boshqa barcha kanallar (do'konlar, kataloglar va koll-markazlar) orqali sotuvlar pasayganligini anglatadi.

    Download 2,86 Mb.
  • 1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   151




    Download 2,86 Mb.