|
D. X. Suyunov
|
bet | 30/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq boburbosqich: O’sish. Iqtisodiy faoliyatning yangi usullari muntazam foydalaniladi. Ya'ni, tijorat faoliyatini yukori samaradorligini ta'minlovchi umum qabul qilingan xatti-harakatlar algoritmlariga transformatsiya kilinadi. Elektron tijoratga nisbatan faqat unga xos bo'lgan hatti-harakat, huquq va me'yorlarga ega virtual bozorni shakllantirishni anglatadi. Elektron tijoratni instituallashning ikkinchi bosqichida iqtisodiy munosabatlarning yangi shakli eski institutlarni
sezilarli ravishda siqib chiqaradi. Davlat o'zgarayotgan institutsional reallikka e'tibor bera olmay qoladi va asta-sekin uni me'yoriy tartibga solishga bo'layotgan talabdan ogoh bo'lib bora boshlaydi. Bugungi kunda O'zbekitonda elektron tijorat institutsional sikl rivojlanishning ikkinchi bosqichida rivojlanmoqda. O'zbekiston Respublikasida elektron tijorat to'g'risida”gi qonun 2004-yilda qabul qilingan.
bosqich: Etuklik. Elektron tijorat bozorida iqtisodiy sub'ektlarning asta-sekin bozorni egallab oladigan va monopollashtiradigan yiriklashuvi hamda ixtisoslashuvi kuzatiladi. Tashabbuskor entuziastlar vaqti tugaydi va o'z o'rnini professionallarga bo'shatib beradi. Shu bilan bir vaqtda, iqtisodiy faoliyat eskirgan shakllarining ahamiyati tushib ketadi: raqobatbardosh sohalar ularni yutib yuboradi, transformatsiya qilinadi yoki shunchaki bozorni tark etadi.
Iqtisodiy munosabatlar yangi shaklining institutsional ahamiyati va ularni xuquqiy institutsionallashtirish davlat darajasida tan olinadi. Davlat yangi sohadagi faoliyatida asosan xuquqiy me'yorlarni ishlab chiqadi va ularga rioya etilmasligida sanktsiyalar kiritadi. Institutsionallash jarayonlari xuquqiy asoslashga o'tadi.
Hozirgi kunda O'zbekistonda to'laqonli elektron tijorat davlat statistikasi yuritilmaydi. Vaziyatni o'zgartirish uchun nafaqat davlat hisoboti shakllari (soliq, statistik va boshqalar), balki makroiqtisodiy ma'lumotlarni qayta ishlash usullarini ham tubdan o'zgartirish zarur bo'ladi.
|
| |