D. X. Suyunov




Download 2,86 Mb.
bet27/151
Sana21.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#248346
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   151
Bog'liq
bobur

Kapitalning elektron harakatlanishi (Electronic Funds Transfer -

EFS) - elektron almashish yoki pul mablag'larini bir hisobdan boshqasiga pul o'tkazmalari o'tkazish. Elektron tijoratda EFS elektron pul transformatsiyalarini olib borishi bilan bog'liq. EFS mexanizmi pul transaksiyalari va ular bilan bog'liq axborotlariga ishlov beradigan serverlar o'rtasida ma'lumot almashishni o'z ichiga oladi.
Bunday ma'lumotlar almashishga misol sifatida Xalqaro banklararo hisob-kitoblar SWIFT tizimini (“Society for Worldwide Interbank Financial Telecommunications”) keltirish mumkin2. Elektron tijoratda bunday tizimlar nafaqat banklararo, balki, boshqa har qanday boshqa ko'rinishdagi to'lovlarni amalga oshirish uchun ham qo'llaniladi. Kapitalning elektron oqimi tranzaksiyalar (debet, kredit) tarkibi, ularni qo'llash sohasi (masalan, biznes operatsiyalari) yoki operatorlar ko'rinishi (banklar, provayderlar) bo'yicha tasniflanadi. Shu bilan birga, “virtual


1 http://www.iso.org - Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti sayti.
2http://www.swift.com - Xalqaro moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyati (SWIFT) sayti.
tashkilotlar” (masalan, virtual pul almashish uchun servislar) ham tranzaksiya operatorlari sifatida ishtirok etishlari mumkin.

  1. Elektron savdo (e-trade) – mahsulot xarid qilish (sotish), shuningdek ularga to'lovlar ham amalga oshiriladigan Internet tarmog'ida savdo operatsiyalari va bitimlar olib borish. Elektron tijoratdagi operatsiyalar mahsulotni tanlash, buyurtmani tasdiqlash, to'lovni qabul qilish va yetkazib berishni ta'minlashni o'z ichiga oladi.

Odatda, bu funktsiyalarni amalga oshirish to'g'ridan-to'g'ri sotuvchilar tomonidan amalga oshirilmaydi, balki vositachilik xizmatlarini ko'rsatuvchi provayderlar (sorserlar) tomonidan ta'minlanadi. Bundan tashqari, to'lov va yetkazib berish Internetdan foydalanish bilan bog'liq bo'lmasligi mumkin (masalan, pochta yoki transport kompaniyasi orqali). Elektron savdoning rivojlanish tendentsiyasi mahsulotlarni sotish siklining barcha bosqichlarida Internetdan foydalanishga bosqichma-bosqich o'tilayotganligidan darak beradi.

  1. Elektron pullar (e-cash) - emitentning vakolatli tashkilot oldidagi elektron ko'rinishidagi pul majburiyatlari. Elektron pul bir vaqtni o'zida ham to'lov vositasi, ham, emitentning majburiyati hisoblanadi. Uning afzalligi naqd pulsiz hisob-kitoblarning tezligi kamchiligini esa qo'llash sohasining cheklanganligi. Elektron pullarni oddiy pulga faqat uning egasi va emitent o'rtasidagi o'zaro doirasida munosabatlar o'tkazish mumkin.

To'lov tizimlarida Elektron pullardan foydalanish foydalanuvchilar- ning to'lov axborotlarni saqlashga imkon beradigan onlayn tranzaksiya xizmatini taqdim etadigan elektron hamyon mavjud bo'lishini ko'zda tutadi. Plastik kartalarning barcha xususiyatlariga ega, ammo ularni to'ldirish imkoniyatini bermaydigan oldindan to'langan plastik kartalar elektron pulning turli ko'rinishlaridan biridir.

  1. Elektron marketing (e-marketing) - bozorni tahlil qilish va Internetda mahsulotlarni harakatlantirish bilan bog'liq marketing tadbirlari majmuasi. Odatda elektron marketingni tarmoqda marketing axborotlarni joylashtirilishi (saytlar, bloglar, reklama va boshqalar), shuningdek joylashtirilgan tarkibni boshqarishni (veb-dizayn, veb dasturlash va veb- ma'muriyat) bog'laydi.

Ammo, agarda elektron marketingni Internetda mahsulot va xizmatlarni harakatlantirish bilan bog'liq faoliyat deb qaralsa, u holda
an'anaviy marketingning barcha elementlarini topishi mumkin3. Tarmoq savdosining noma'lum hududda nomalum iste'molchilar doirasi bilan o'zaro hamkorligiga yo'naltirilganligi elektron marketingni Internetda mahsulotlarni harakatlantirishda tengi yo'q vosita darajasiga olib chiqadi.

  1. Elektron banking (e-banking) - Internet orqali mijozning hisob- varaqlari va operatsiyalariga kirish amalga oshiriladigan masofaviy bank xizmatlarini ko'rsatish texnologiyasi. O'zbekistonda bunday texnologiya "mijoz-bank" deb nomlanadi va O'zbekistondagi barcha banklar tomonidan keng qo'llaniladi.

Elektron banking tarkibiga pul o'tkazmalari, mahsulotlar va xizmatlar uchun to'lovlar, bankdagi hisob-raqam hamda plastik kartalardagi qoldiqlarni tekshirish va boshqalar kiradi. Elektron bankning va onlayn birja bir qancha tizimlar internet orqali masofadan xizmat ko'rsatish texnologiyalari asosida ko'plab ishlaydi. Internet-bankingning texnik standartlarini quyidagilarga ajratish mumkin: Bundan tashqari, elektron tijoratni virtual bitimlar ishtirokchilari mezonlari bo'yicha ham tasniflash mumkin. Elektron tijoratning to'rtta asosiy ko'rinishi mavjud:

  1. B2G (Business-to-Government) - bir tomondan iqtisodiy

sub'ektlar (yuridik shaxslar) va boshqa tomondan davlat (shahar) boshqaruv organlari o'rtasidagi bitimlar amalga oshirilishini anglatadi. Keng ma'noda, bu tushuncha elektron ma'lumotlar almashinuvidan foydalangan holda iqtisodiy sub'ektlar tomonidan davlat muassasalariga taqdim etiladigan har qanday pullik xizmatlarni o'z ichiga oladi. Bunga O'zbekiston Respublikasi hukumatining xaridlar portali misol bo'la oladi4. Amaldagi qonunchilikka ko'ra, B2G bitimlari savdo, tender yoki kotirovkalar shaklida amalga oshiriladi. B2G ning afzalliklari - bitimlarning katta hajmi, xaridorning yuqori to'lov qobiliyati va tuzilgan shartnomalar imidji. Bu turdagi biznesga kirish uchun juda katta to'siqlar mavjud bo'lib, ularni faqat juda yirik kompaniyalar yengib o'tishlari
mumkin.

  1. B2B (Business-to-Business) - bozorning iqtisodiy sub'ektlari o'rtasida bitimlarni amalga oshirilishini anglatadi. Texnik jihatdan, bunday



3 https://money.yandex.ru - “Yandeks-dengi”to'lov tizimi sayti.
4 https://exarid.uzex.uz/- O'zbekiston Respublikasi buyurtmalar berish to'g'risida ma'lumot joylashtirish rasmiy sayti
o'zaro hamkorlik odatda standart vositalar va qoidalar to'plamiga ega ixtisoslashtirilgan ochiq internet-platformalar asosida amalga oshiriladi. Interfaol ma'lumotlar bazalari nafaqat katta hajmdagi takliflarni taqdim etish, balki buyurtmalarni bajarilish jarayonini kuzatib borishga ham imkon beradi. B2B bitimlar ko'pincha mahsulotlarni ulgurji yetkazib berishni tashkil etish va ishlab chiqarish korxonalarida buyurtmalar joylashtirishga tegishli bo'ladi.

  1. B2C (Business-to-Consumer) - elektron tijoratning yuridik va jismoniy shaxslar o'rtasida bitimlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi turi. Internet orqali chakana savdoni amalga oshirish. Bu sotuvchilarning lar ixtisoslashgan portallari, elektron savdo maydonchalari yoki manzilga yo'naltirishlar bo'lishi mumkin. Natijada, mijozlar uydan chiqmay turib, sotuvchilarning raqobatdosh takliflari asosida mahsulotlarni tanlash va to'lovni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Sotuvchilar mahsulot zahiralarini kamaytiradi va mahsulot ayirboshlashni tezlashtiradi, savdo binolari va xodimlarni ushlab turish xarajatlaridan voz kechadi, shuningdek iste'molchilarning xohish-istaklari to'g'risidagi axborotlarga to'g'ridan-to'g'ri ega bo'ladi.

  2. C2C (Consumer-to-Consumer) - elektron tijoratning jismoniy

shaxslar o'rtasida bitimlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi turi. Bu odatda elektron elektron taxtasi (“Slando”, “Avito” va boshqalar) yoki elektron savdo maydonchalarida (“Molotok”, “Meshok”, “eBay”, “Delcampe” va boshqalar) amalga oshiriladigan savdo bilan bog'liq.
Elektron tijoratning ko'rsatib o'tilgan bu turlari ixtisoslashtirilgan adabiyotlarda kam tavsiflangan, ammo, aynan ommaviy mashhur va talabgor hisoblanadi. 07.12.2021 yil holatiga ko'ra, “olx.uz” bepul e'lonlar taxtasida 750598 ta xususiy e'lon joylashtirilgan.
O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi aktsiyadorlik jamiyati 1994 yili aprel oyida Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatdan o'tkazilgan va hozirgi kunda Markaziy Osiyodagi eng yirik savdo maydonchasi, hamda MDH mamlakatlari ichida izchil rivojlanayotgan xom ashyo birjasi hisoblanadi.
Birja faoliyati maqsadi va predmeti o'rnatilgan qoidalar asosida oldindan ma'lum bo'lgan joyda va vaqtda, ochiq savdolarni tashkil qilish va o'tkazish yo'li bilan birja tovarlari bilan savdo qilishga zaruriy
sharoitlarni yaratishdir. Asosiy faoliyati birja savdolarini tashkil qilish va aniqlangan haqiqiy talab va taklif nisbati asosida birja tovarlari narxlarini shakllantirish yo'li bilan birja tovarlar bozorini yaratishdir. Kun davomida ikkita birja savdo sessiyalari o'tkaziladi: ertalabki va kechki. Qolgan savdo platformalari haftada 7 kun 24 soat mobaynida ish yuritadi. 2020 yil 3- chorakda 40 trillion so'mlik bitimlarni amalga oshirgan5.
Xususiy sotuvchilar uchun C2C - bu yoyma bozor yoki komission do'konning aynan o'xshashidir. Biroq, bu yerda ham C2Cni pul topishing asosiy usuli deb hisoblaydigan katta sondagi professional savdogar, shuningdek, tadbirkorlar ishtrok etadi.
Yuqorida tavsiflangan elektron tijorat turlaridan tashqari, boshqa gibrid shakllar ham mavjud. Masalan, vositachilik bitimida uch tomon - davlat, iqtisodiy (yuridik shaxs) va tadbirkorlik sub'ektlari (yuridik va jismoniy shaxslar) ishtirok etishi mumkin. Bu yerda Internet texnologiyalaridan foydalanishch orqali barcha turdagi (soliq, bojxona va hk) hisobotlarni to'ldirish va topshirish uchun vositachilik xizmatlarini taqdim etish to'g'risida gap yuritilmokda.



    1. Download 2,86 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   151




Download 2,86 Mb.