|
Elektron tijoratda transaksiyalar
|
bet | 28/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq bobur
Tarmoq iqtisodiyoti, an'anaviy iqtisodiyotdan farqli o'laroq, ishlab chiqarish salohiyatiga emas, balki, Internetda biznes yuritishning traniaktsion imkoniyatlariga asoslanadi. Shuning uchun elektron tijorat real mahsulotlar bilan emas, balki, bu mahsulotlar to'g'risidagi axborotlar va ular bilan bog'liq transaksiyalar bilan shug'ullanadi. Internetning virtual muhitidagi sotuvchi, vositachi va xaridorlar mahsulotlarni sotish bilan bog'liq bitimlardan emas, balki, bunday bitimlarni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan axborot xizmatlarini taqdim etishdan foyda ko'radi. Bu elektron tijoratning asosiy ajralib turuvchi xususiyati hisoblanadi.
Institutsional nazariyaning muhim ustunligi shundaki, aynan unda axborotga birinchi marta iqtisodiy samaradorlikning mustaqil omili sifatida qarala boshlandi. Masalan, K.Errou “axborot – bu iqtisodiy kategoriya, ya'ni, qiymatga ega mahsulot” va “axborotlarni iqtisodiy
5 http://www.uzex.uz/ sayti malumotlari asosida
ahamiyati noaniqlarni kamaytirish va zararlarni bartaraf qilishdan iborat” deb ta'kidlaydi.
Tijorat faoliyatining bunday shakli asosan, axborotlarni iqtisodiy almashish bilan yuqori darajada bog'langan. Elektron tijorat axborotlar salohiyatidan iqtisodiyotda mahsulot sifatida to'liq foydalanilmaslikdagi kamchiliklarni to'ldirib beradi deb aytish mumkin. Uning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu yerda hatto qandaydir axborot emas, balki, elektron tijoratdan foydalanishning iqtisodiy samarasini ko'p marta oshiradigan elektron kommunikatsiyalar mahsulot sifatida qaraladi.
M. Kastels bu mavzuda shunday yozadi: “Elektron biznesning mohiyati - ishlab chiqaruvchi, iste'molchi va xizmat yetkazib beruvchilar o'rtasida Internet tomonidan ta'minlanadigan interfaol tarmoq aloqasidan iborat”. Elektron tijorat bozori ishtirokchilarining raqobatbardoshligi ularning axborotlashganlik darajasiga bevosita bog'liq bo'ladi. Shu sababli, axborot kommunikatsiyalarining haqiqiy va potentsial imkoniyatlari o'rtasidagi nomutanosiblikni qisqarishi elektron tijoratni paydo bo'lishi va jadal rivojlanishiga olib keldi.
Bugungi kunda uning samaradorligini aniqlab beradigan tranzaksion
xarajatlar neonstitutsional nazariyaning shunchaki asosini tashkil qiluvchi tushuncha hisoblanib qolmaydi. Uni ilmiy ma'noda qo'llanilishi jahon va O'zbekiston iqtisodiyotida elektron tijoratning favqulodda o'sishi sababini to'liq ma'noda tushuntirishga imkon beradi. Biroq, elektron tijoratga nisbatan tranzaksion xarajatlar tushunchasi jiddiy aniqlik kiritilishiga muhtoj.
D.Nort tranzaksion xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibiy qismi ekanligini ta'kidlaydi va ishlab chiqarish xarajatlarining ikki turini ajratib ko'rsatadi:
moddiy ob'ektlarning fizik xususiyatlarining o'zgarishi bilan bog'liq bo'lgan transformatsiya xarajatlari;
mahsulotlarga mulkchilik huquqini boshqa shaxsga o'tkazilish bilan bog'liq bo'lgan transaksion xarajatlar.
An'anaviy iqtisodiyotda bu holat an'anaviy taqsimlash kanallarining ajralmas qismi bo'lgan ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetkazib berishni nazorat qilinishi bilan izohlanadi. Biroq, tarmoq iqtisodiyoti o'zida moddiy ishlab chiqarish iqtisodiyotini emas, balki virtual kommunikatsiyalar
iqtisodiyotini ifoda qiladi. Shuning uchun elektron tijorat odatda ishlab chiqarish jarayonida moddiy ob'ektlarning fizik transformatsiyasi bilan umuman bog'lanmagan. Shuningdek, har doim ham mulkchilik huquqini o'tishi bilan bog'liq emas. Masalan, dropshippingda mulkchilik huquqlarini haqiqiy ma'noda topshirish amalga oshmaydi, ya'ni, dropshipperlar o'zlariga tegishli bo'lmagan mol-mulk yuzasidan yetkazib beruvchi va xaridor boyliklardagi bitim operatsiyalarida ishtrok etadi.
Elektron tijorat ishtirokchilari moddiy mahsulot ishlab chiqarmaydi. Ularning faoliyat sohasi nomoddiy axborot xizmatlarini “ishlab chiqarish”dir. Bu yerda tranzaksion xarajatlar D. Nort ifoda etgan ma'noda ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi bo'lishi mumkin emas. Elektron tijoratda ishlab chiqaruvchi bilan ham iste'molchi bilan ham to'g'ridan- to'g'ri bog'liq bo'lmagan xizmatlar ko'rsatish bilan shug'ullaniladi. Yakuniy mahsulot internet-texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan va buyurtmachilarning kuch, mablag' va vaqtini tejashda ifoda etiladigan axborot imkoniyatlarini ifoda etadi.
Shuning uchun, elektron tijoratda tranzaksion xarajatlar deganda muomila xarajatlariga sinonim kelib chiqishi ekzogen bo'lgan barcha noishlab chiqarish xarajatlarni, e'tiborga olish taklif etiladi. Endogen (ichki) xarajatlardan farqli o'laroq, bu xarajatlar bozor (virtual, tarmoq) muhiti sharoitlari bilan aniqlanadi. Bu yerda o'ziga xos “vakuum qonuni” ishga tushadi, unga ko'ra daromadni maksimallashtirish amalga oshadigan kommunikatsiya sohalarining ustuvor rivojlanishi kuzatiladi.
Elektron tijoratning cheksiz kommunikativ va axborot imkoniyatlari sharoitida, olingan buyurtmalarni tez va kam xarajatlar bilan qabul qilgan, ishlov bergan va bajargan sub'ekt raqobat kurashida g'olib chiqadi. Bu Internetda ma'lumotlarni qayta ishlash va sof axborot xizmatlarini ko'rsatish bilan bog'liq bo'lishi shart emas. Bu yerda gap, masalan, mahsulotlarni xaridorlarga yetkazib berish bilan bog'liq transport-logistika xizmatlarini ko'rsatish ustida borishi mumkin. Yetkazib berish shartlari (narxi, muddati, javobgarlik va boshqalar) barcha tijorat shakllarida bir xil. Buyurtmalarga ishlov berish uchun elektron vositachini jalb qilish buyurtmalarni darhol olish, to'lov va bajarishning interfaol nazoratini e'tiborga oladi. Potentsial auditoriyani qamrab olish ko'p marta oshadi, operatsiyalar avtomatlashtiriladi va buyurtmalarga ishlov berish
murakkabligi keskin kamayadi. Natijada transport kompaniyalariga xizmat ko'rsatuvchi internet-servislar bilan bir qatorda transport kompaniyalarning o'zi ham gullab yashnaydi
Dasturchi, server va ofis jihozlari xarajatlarini tejagan holda hujjat aylanishi virtual muhitga o'tkazishga imkon beradigan bulutli xizmatlar bilan ham shunga o'xshash vaziyat mavjud. Bunday xizmatlar moddiy mahsulot ishlab chiqarmaydi va ularning xizmatlari virtualdir. Biroq, aynan shu pullik xizmatlar buyurtmachilarga raqobatdoshlikning yangi darajasiga chiqishiga imkon beradi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish vositalariga (masalan, Xitoyda joylashgan) va texnologiyaga (masalan, AQSh yoki Yevropada) mulkchilik huquqini taqsimlanishi sharoitida bunday tranzaksion imkoniyatlar ishlab chiqarish imkoniyatlariga qaraganda ancha muhim hisoblanadi.
Shuning uchun, elektron tijoratda O.I.Uilyamsonning “xarajatlarni minimallashtirish strategiyalarni ishlab chiqishdan ko'ra muhimroqdir” degan fikri alohida dolzarblikka ega hisoblanadi. Strategik rejalashtirishning iqtisodiy samarasi etarlicha hayoliy va ko'plab boshqarib bo'lmaydigan tashqi omillarga bog'liq. Bitim xarajatlarini minimallashtirishdan samara darhol o'zini namoyon qiladi va bozor sharoitidagi konyunkturasi tebranishiga bog'liq emas.
Bu yerda hal qiluvchi rolni elektron tranzaksiyalarning o'ziga xos xususiyatlari o'ynaydi. An'anaviy iqtisodiyotda tranzaksion xarajatlar tarkibini aks ettiruvchi ma'lum bir muvozanat yuzaga kelgan. Bu muvozanat mavjud iqtisodiy va institutsional munosabatlar doirasida xarajatlarni kamaytirishning ob'ektiv jihatdan mumkin emasligiga asoslanadi.
Transaktsion xarajatlar axborotlarning uzatilishi va olinishi xarajatlari natijasida yuzaga keladi. Boshqacha aytganda, tranzaksion xarajatlarning an'anaviy tarkibi ko'p mablag' talab qiladi, ammo, mavjud institutsional munosabatlar doirasida uni yaxshilashning imkoni ham yo'q. Elektron tijoratda tranzaksiya xarajatlari tarkibini o'zgartirish yangi institutsional imkoniyatlarni ochib berdi. “Transaktsiyalarni ko'p mablag' talab qilishi natijasida axborotni qayta ishlash zaruriyati institutlarni shakllanishi asosida yotadi” [91, 138 b.]. Elektron tijoratni institutsionallashtirish muqarrar jarayon, chunki bu jarayon asosida
raqobatchisi bo'lmagan elektron tijorat transaksiya xarajatlarni keskin pasayishiga olib keladi (1-jadval).
|
| |