|
D. X. Suyunov
|
bet | 26/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq boburNazorat uchun savollar:
Axborot texnologiyalari, kompyuter va Internetning innovatsion kompaniyalarning texnologik imkoniyatlaridan foydalanishdagi ikkilamchi mahsulot hisoblanishini izohlab bering?
“Yangi iqtisodiyot” atamasini institutsional nuqtai nazardan qanday izohlash mumkin?
Yangi iqtisodiyotda “Kamayadigan”, “Kamayib boradigan daromadlilik” va “Sanoat migratsiyasi” tushunchalari qanday izohlanadi?
Iqtisodiy makon global miqyosga ega bo'ldi, bu esa ekstensiv iqtisodiy o'sish imkoniyatlariga qanday ta'sir etadi?
Sanoat inqilobi qaysi davrdan boshlandi?
Yangi iqtisodiyotning o'ziga xos xususiyati nimada?
Yangi iqtisodiyotning keyinchalik 2000-2001 yillardagi inqirozga olib kelgan qanday xususiyatlarini ajratib ko'rsatish mumkin?
Xitoyning iqtisodiy mo'jizasi g'arbning super foyda olishga asoslangan innovatsiyalarni ko'paytirish tizimiga qanday ta'sir ko'rsatdi?
Tarmoq iqtisodiyotining rivojlanishi qanday parametrlar bilan tavsiflanadi?
AQShning standartlar va texnologiyalar milliy instituti bulutli hisoblashning qanday xususiyatlarini ajratib ko'rsatadi?
Tarmoq iqtisodiyotida elektron tijorat qanday o'ringa ega?
Bulutli texnologiyalarning qanday xizmat ko'rsatish modellari mavjud?
BOB. RAQAMLI IQTISODIYOT TIZIMIDA ELEKTRON
TIJORAT
Internet texnologiyalardan ommaviy ravishda foydalanishga asoslangan tarmoq iqtisodiyotidagi institutsional munosabatlar transformatsiyasi elektron tijorat iqtisodiy fenomenining paydo bo'lishiga olib keldi. Elektron tijorat o'zining transaksion tabiati tufayli qisqa muddatda iqtisodiy munosabatlarni yangi tizim darajasiga chuqur transformatsiyasi bilan bog'liq yangi institutsional siklning harakatlantiruvchi kuchlaridan biriga aylandi.
Bugungi kunda elektron tijorat tarmoq iqtisodiyotini iqtisodiy mazmun bilan to'ldirib bazoviy asosi hisoblanadi. Umuman olganda, elektron tijoratni (“e-commerce“) tarmoq va kompyuter orqali tarmoqda biznes kommunikatsiya va tranzaksiyalarni amalga oshirish yoki raqamli kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda mahsulot va xizmatlarni sotib olish/sotish va pul mablag'larini o'tkazish kabi tavsiflash mumkin.
Dastlab, elektron savdo faoliyatini tashkil etishning ko'plab vositalaridan biri bo'lgan tijorat faoliyatining elektron shaklini ifodaladi. Mustaqillikka da'vo qilmasdan, faqat virtual muhitga o'tkazgan holda an'anaviy tijorat usullarini qayta ishlab chiqardi. Ba'zi mualliflarning hali ham Internetni faqat “kommunikatsiya qurish muhiti” sifatida ko'rib chiqishlari tasodif emas.
Biroq, yangi ming yillik boshlarida, Internetning kommunikativ muhitdan global dinamik rivojlanayotgan bozorga aylangani kabi, elektron tijorat ham tijorat faoliyatining mustaqil ko'rinishiga aylandi. Bu mahsus, faqat elektron tijoratga xos, norasmiy institutlar va institutsional munosabatlarning shakllanishiga olib keldi.
Endi elektron tijorat Internet tarmog'i imkoniyatlaridan foydalangan holda virtual savdolarni amalga oshirishni osonlashtiruvchi asosiy funktsiyalarning bajarilishini ta'minlab beradi. Umuman olganda, bu imkoniyatlar yetkazib berish zanjiri transfarmatsiyaga, xaridorlarni axborotlashtirish, shuningdek, buyurtmalar va to'lovlarni qabul qilishni tashkil qilishga olib keladi. Elektron tijorat biznes-operatsiyalarni ta'minlovchi oltita asosiy elementdan tashkil topadi:
Ma’lumotlarning elektron almashinuvi (Electronic Data Interchange EDI) – “xaridor va sotuvchilar o’rtasidagi standartlashtirilgan biznes-hujjatlar (buyurtma va hisob-kitoblar) kommunikatsiyaning raqamli vositalaridan foydalanish“ ma'lumotlar almashinuvi. Elektron ma'lumotlar almashinuvning asosi standartlashtirish bo'yicha Xalqaro tashkilot (ICO) tomonidan ishlab chiqilgan axborotlarni formatlash va uzatish standartlar hisoblanadi1.
Xususan, ma'lumotlar almashish EDIFAST (ISO 9735) - "Boshqaruv, savdo va transportda elektron ma'lumotlar almashish" standarti bilan tartibga solinadi. Bundan tashqari, GOST 6.20.1-90 (Rossiya), ANSI X.12 (AQSh) kabi regional standartlar ham mavjud, Elektron ma'lumotlar almashish savdo hamkorlar o'rtasidagi hujjat aylanishi oqimini birlashtirish, bo'lishi mumkin bo'lgan xatolar sonini kamaytirish va ma'lumot oqimini avtomatlashtirish imkonini beradi. EDI standartlari o'zida sotuvchi biznesining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bir hujjat uchun zarur elementlarni (masalan, schyot- fakturani) tanlashi mumkin bo'lgan mumkin bo'lgan qiymatlar ro'yxatini ifoda etadi.
|
| |