D. X. Suyunov




Download 2,86 Mb.
bet25/151
Sana21.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#248346
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   151
Bog'liq
bobur

Xususiy bulut (Public cloud) - bitta xo'jalik yurituvchi sub'ekt tomnidan firma ichki maqsadlardida foydalanishga yo'naltirilgan. Bunday bulut ho'jalik sub'ektining o'ziga ham, tashqi provayderlarga ham tegishli bo'lishi mumkin.

  • Umumiy bulut (Private cloud) – keng auditoriyadagi foydalanuvchilar ommasi tomonidan erkin foydalanishga yo'naltirilgan. Bunday bulut hisoblashlar xizmatlarni taqdim etish shartlarini belgilab beradigan notijorat tashkilotlari yoki davlat idoralariga tegishli bo'lishi mumkin.

  • Gibrid bulut (Hybrid bulut) - bir nechta bulutli infratuzilmalar o'rtasida axborot almashishni muvofiqlashtirish bo'yicha texnik muammolarini yechishga yo'naltirilgan.

  • Jamoaviy bulut (Community cloud) - ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal qilishga yo'naltirilgan. Bunday bulutni manfaatdor jamoat tashkiloti yoki tashqi provayder boshqarishi mumkin.

    Bulutli texnologiyalarni joriy qilish tarmoq bozori yangi ishtirokchilari uchun tranzaksion kirish to'siqlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Ular aynan bir xil vazifalarni hal qilishda bulutli ilovalarda protsessor vaqti, disk maydonini va o'tkazish hususiyatini sotib olish orqali kompyuter uskunalarini sotib olish va ularni ishlatish xarajatlaridan ozod bo'ladi. Bu hammasini boshidan mustaqil rivojlantirishga qaraganda ancha samarali hisoblanib, foydalanuvchilar ishlab chiqaruvchilarning tajribasi va bilimlari asosida ishlab chiqilgan tayyor yechimlarga ega bo'ladi.
    Virtual tashkilot turli subektlar resurslarini vaqtincha birlashtirish hisobiga mahalliy boshqaruv-texnologik va axborot muhitini
    shakllantirishni nazarda tutadi. Bunday tashkilotlar huquqiy rasmiylashtirilmagan doimiy idorasi va doimiy ishchilarga ega bo'lmasligi ham mumkin. Ular Internetda o'z-o'zidan, to'lov qobiliyatiga ega talab mavjudligida biron-bir masalani yechish uchun yaratilgan.
    Virtual tashkilotlarni yaratish uchun boshlang'ich muhit odatda Internetdagi ochiq professional hamjamiyatlardan tashkil topadi. Bunday jamoalarning ishtirokchilari o'zlarining professional imkoniyatlari, qiziqishlari va ehtiyojlari to'g'risidagi axborotlarni joylashtiradi, mini- jamoalarni tashkil qiladi, ishchilarni yollaydi va iqtisodiy masalalarni yechish uchun birlashadi.
    Bulutli texnologiyalar firmalararo xududlarni qilinishiga olib keladi. Bunday sharoitda kompaniya xodimlarining joylashuvi umuman ahamiyatga ega bo'lmaydi. Ular bir vaqtning o'zida qo'yilgan masalani sinxron echib borib, dunyoning turli burchaklarida bo'lishi mumkin. Xuddi, mijozlar joylashgan joyidan qat'i nazar, an'anaviy bozor tarmoqlaridan tashqarida butun dunyo bo'ylab virtual sotuvchilardan mahsulotlarni sotib olishlari mumkin bo'lganidagina.
    Biznesni tashkil etishning bunday sxemasi paradoksal natijaga olib keldi: tarmoqdagi bozor infratuzilmasi o'z faoliyati bilan mashg'ul bo'ladi. Bu tashkilot endi ishlab chiqaruvchi va savdo vositachilariga bog'lanib qolmaydi. Aksincha, tarmoq vositachilari asta-sekin autsorserlarga aylanib boradi va ishlab chiqaruvchilar boshlang'ich sotish narxlaridan tashqari hech qanday jarayonni nazorat qila olmaydi.
    Tezkor muloqot va katta axborotlarni jo'natish sharoitida biznes- jarayonlar endi rasmiy doira bilan cheklanib qolmaydi va umuman vertikal tuzilishga ega bo'lmasligi mumkin. Holbuki ishlab chiqarish jarayonlari muayyan ishlab chiqarishga bog'lanib qolmaydi virtual tashkilot xodimlarining soni qo'yilgan masalaga bog'liq holda o'zgarib turadi.
    Natijada, bulutli texnologiyalardan foydalanishga asoslangan, virtual tashkilot bozor o'zgarishlariga tezda moslashadi. K. Kelli shunday deb yozadi: “Tarmoq iqtisodiyotida firmaning asosiy maqsadi firmaning qiymatini maksimallashtirish emas, balki korporativ tarmoqni maksimallashtirishdir”. Bu yerda - bozor signallariga reaktsiya berish tezligi, olingan buyurtmani tezda qabul qilish va samarali bajarish qobiliyati birinchi o'ringa chiqadi
    Bulutli texnologiyalar tufayli makroiqtisodiy “to'liq bandlik” va “doimiy bandlik” tushunchalardan yangi miqroiqtisodiy “loyihaviy bandlik” ga o'tish boshlandi. Professional tarmoqlarda internet-yollashdan foydalanish biznesni tashkil etish tamoyillarini tubdan o'zgartirib yuboradi. 2000 yillarning boshlarida paydo bo'lgan professional jamoalar tezda zamonaviy tarmoq iqtisodiyoti uchun global mehnat bozoriga aylandi.
    Bunga misol qilib Frantsiyada 2004 yilda 20 ta ishqibozlar tomonidan yaratilgan ViaDeo ijtimoiy tarmog'ini keltirish mumkin. Bugungi kunda Viadeo Group 400 ta xodimdan iborat 12 ta global ofisga ega, tarmoqning foydalanuvchilar bazasi esa 226 mamlakatdagi 45 million kishini o'z ichiga oladi. Rossiyada (Professionali.ru), AQSh (Elance), Xitoy (Tianji), Hindistonda (ApnaCircle), Janubiy Amerikada (UNYK) va boshqa ko'plab mamlakatlarda shunga o'xshash tarmoqlar mavjud.
    Virtual tashkilotlarda tajribadan o'tgan masofadan bandlik mehnat unumdorligini sezilarli darajada oshiradi ish beruvchiga ham, ishchilarga ham turli xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Ko'rsatib o'tilgan jarayon allaqachon amalga oshirilmoqda va bu na yirik korporatsiyaga va na yetakchi iqtisodiyotga bog'liq emas. Masalan, 2005 yilda Avstraliyada yirik kompaniyalarning 29 foizdan ortiq xodimi ish joyidan o'zoqda ishlagan, AQShda esa bu ko'rsatkich 34 foizni tashkil etgan. O'zbekistonda bunday statistika hozircha rasmiy ravishda yuritilmaydi. Biroq, masofaviy bandlikning tez sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan infratuzilmasiga ko'ra bu sohaning rivojlanishi butun jahon tendentsiyalaridan orqada qolib ketmaydi.
    Bulutli texnologiyalarga tayanib, tarmoq iqtisodiyoti xodimlar va
    xodimlarni boshqarish jarayonlarini soddalashtirgan holda ish beruvchi talablarini birlashtirib unifikatsiya qilishga imkon beradi. Aslida, bulutli texnologiyalar ishchi va ish beruvchi ierarxik munosabatlarini ixtiyorlikka asoslangan teng huquqli sub'ektlarning virtual hamkorligiga aylantirdi.
    Virtual muhitning institutsional ahamiyatini baholash qiyin. Bulutli texnologiyalar nafaqat korporativ boshqaruv vositalaridan biriga aylanibgina qolmaydi. Ular iqtisodiy faoliyat uchun mutlaqo yangi muhitni yaratdi, turli axborot taqsimlashning boshqa harakat qiladigan qonunlari va kommunikatsiyalarni mutlaqo, yuqori samaradorligi mavjud.
    Institutsional transformatsiya istiqbollari. Tarmoq iqtisodiyoti iqtisodiy munosabatlarning yangi shakli sifatida institutsional jarayonlarning chuqur o'zgarishiga olib keldi. axborot oqimlarini optimallashtirilishi va tranzaksion xarajatlarni keskin kamaytirilishini bu hodisaning sabab bo'ldi. Tarmoq iqtisodiyoti hali yakuniy ko'rinishda shakllantirilmagan bo'lsa ham, iqtisodiy tendentsiyalarga katta ta'sir ko'rsatmoqda.
    Bularning barchasi tarmoq iqtisodiyotini yangi iqtisodiy siklning nafaqat asosiy omili, balki, jahon iqtisodiyotining institutsional tuzilishini tubdan isloh qilish uchun sabab bo'ladi. Ko'pgina mualliflar tarmoq texnologiyalarining rivojlanishini “tarixdan sanoat inqilobidan kam bo'lmagan ahamiyattga ega burilish davri” deb ta'riflashlari bejiz emas.
    Tarmoq iqtisodiyoti, undan oldingi “yangi iqtisodiyot”dan farqli o'laroq, yangi ishtirokchilar, o'ziga xos (tizimli) institutsional muhitni faol ravishda shakllantirib mavjud institutlar doirasidan chiqib ketdi. Bu yerda tarmoqdan tashqari bozor ishtirokchilarini mustasno qilganda hozircha yutquzuvchilar yo'q. Har bir inson yangi faoliyat sohasini rivojlantirishdan yutadi.
    O'zbekiston tarmoq iqtisodiyotini institutsional rivojlantirish ustuvorliklarining noaniqligi asosiy muammolardan biri bo'lib qolmoqda. “Global AT-ekotizimni” shakllantirish uchun metodologiya va strategiyani ishlab chiqish, uning rivojlanish yo'nalishlari va mexanizmlarini aniqlash zarur bo'ladi. Bu etib olishiga yo'naltirilgan rivojlantirish to'g'risida emas, balki barcha ishtirokchilar hali ham teng sharoitda bo'lgan sohada yangi muvaffaqiyatga erishish to'g'risida fikr yuritilishi zarur.
    Bugungi kunda tarmoq raqobati individual bozorlar va hatto texnologiyalarni egallab olishdan uzoqlashmoqda. Virtual makonda raqobatbardoshlik masofani bilmaydigan va bitimlar deyarli bir zumda amalga oshiriladigan bozordagi global tarmoqlarning rivojlanish tezligi bilan aniqlanadi. Hudud bilmaydigan internetda startaplarga ko'proq sarmoya kiritgan kishi emas, balki, oldinroq va samaraliroq startaplarni real daromadga moddiylashtirish imkon beradigan global tarmoq infratuzilmasini yaratgan g'olib bo'ladi.
    Bu nafaqat alohida iqtisodiy sub'ektlarga, balki institutsional “o'yin qoidalari”ni belgilaydigan davlat muassasalariga ham tegishli. Biz dunyo
    yangi iqtisodiy tartiblanish jarayonlari boshlanib ketdi, unda koloniyalar va metropoliyalarga global bo'linish o'rniga tarmoq iqtisodiyoti sub'ektlari va ob'ektlaridan foyda olish sohasiga, boshqacha aytganda, tarmoq iqtisodiyotidan foydalanadiganlar va talabni ta'minlash, qaytadan yangi bo'linish yuzaga kelmoqda.
    Tarmoq iqtisodiyotining institutsional siklining navbatdagi (uchinchi) bosqichining asosiy vazifasi O'zbekiston bozor ishtirokchilariga virtual bozorda global ustunliklarni taminlaydigan biznes yuritishning bunday meyor va qoidalarini rasmiylashtirishdir. Aynan shu sohada kelgusi yillarda institutsional raqobat kuchayadi va aynan shu yerda bozor ishtirokchilarining global raqobatdosh ustunliklari shakllanadi.
    Industriyadan keyingi iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy fan va amaliyotning rivojlanish yo'nalishi sanoat ishlab chiqarish sohasidan mahsulotlarni taqsimlash sohasiga o'tib boradi. Yangi tendentsiya nafaqat bozor tarkibini, balki, iqtisodiy munosabatlar tarkibini ham tubdan o'zgartiradi. Hamma joyda hozircha iqtisodiy nazariya doirasida etarli darajada aks etmayotgan mutlaqo yangi institutlar shakllanadi.
    Vaziyatning sifat jihatidan farqi shundan iboratki, iqtisodiy rivojlanishini belgilab beruvchi bank kreditlash va ishlab chiqarish omillar o'rniga tranzaksion xarajatlar va iste'molchilar talablari belgilovchi omil sifatida kirib keldi.
    Hozirgacha transaksiyalar iqtisodiy fan tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi mexanizmi sifatida qabul qilinmagan. Biroq, jahon iqtisodiyotidagi tarkibiy o'zgarishlar mahsulot taqsimlanishini yetakchi mavqega olib chiqdi. Bu, birinchi navbatda, ishlab chiqarishning Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga ommaviy ravishda o'tkazilishi hisobiga ishchi kuchi qiymatining arzonlashuvi va moliya-bank sektorining nomutanosib o'sishi bilan bog'liq.
    Ishlab chiqarish daromadlari ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan daromadlarga nisbatan bir necha baravar ko'p bo'lganida paradoksal yuzaga keldi. Aynan shu holat, kommunikatsiya sohasida yuzaga kelgan kompyuter va Internet inqilobi, jahon iqtisodiy rivojlanishida sifat jihatidan o'zgarishlarga olib keldi. Tarmoq iqtisodiyotining jadal rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan institutsional sikl iqtisodiy rivojlanishning an'anaviy shakllarini faol ravishda siqib chiqaradigan
    norasmiy institutlarni yaratish bilan bog'liq bo'lgan rivojlanishning ikkinchi bosqichini (o'sishini) yakunlaydi. Bugungi kunda tartibida, yangi institutlarni rasmiylashtirish va ularning imkoniyatlaridan global iqtisodiy o'sishni ta'minlash uchun foydalanish bilan bog'liq masalalari dolzarb hisoblanadi.



    Download 2,86 Mb.
  • 1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   151




    Download 2,86 Mb.