• Kamayib boradigan daromadlilik.
  • D. X. Suyunov




    Download 2,86 Mb.
    bet21/151
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #248346
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   151
    Bog'liq
    bobur

    Kamayadigan. Yangi texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari moddiy mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan to'g'ridan to'g'ri bog'liq emas. Ular mahsulotning ichki xususiyatlari bilan emas, balki uni ishlatish shartlari bilan aniqlanadi. Bunday texnologiyalarning hayot sikli juda qisqa. Yaqin istiqbolda o'zini oqlamagan barcha narsa tezda eskiradi va o'z qiymatini yo'qotadi. Axborot texnologiyalaridan foydalanishdagi ustunlik faqat raqobatchilar bunday texnologiyalarga ega emasligida ma'noga ega bo'ladi.

    Boshqa tomondan, texnologiya versiyalarini doimiy yangilab turish va funktsional imkoniyatlarini kengaytirishga asoslangan ishlab chiqaruvchilarning strategiyalari vaqt o'tishi bilan o'z samarasini bermay qo'yadi, chunki iste'molchilar talabi sotuvchilarning takliflariga ulgurmay qoladi.Bu yerda aniq qonuniyat mavjud: axborot texnologiyasi qanchalik murakkab bo'lsa, uni qo'llash sohasi shunchalik torayib boradi va u bilan bog'liq to'lov qobiliyatli talab shunchalik kamayib boradi.

    1. Kamayib boradigan daromadlilik. Axborot texnologiyalari global ochiq bozori sharoitida nafaqat daromadlarni oshirish, hatto, bu daromadlarni fiksirlangan darajada ushlab turishga intilish ham muqarrar inqirozga olib keladi. 1998 yil fevral oyida “Mikrosoft”ning agressiv marketing strategiyasiga javoban ochiq dasturiy ta'minotni ilgari suruvchi “Open Source Inititative (OSI)” tashkiloti tuzilganligini ochiq bozorning qarshilik ko'rsatuvchi reaktsiyasiga misol sifatida keltirish mumkin.

    Vaziyatning o'ziga xos xususiyati shundaki, ko'p millionli auditoriya va Internetga erkin kirish har qanday bozorga kirishdagi to'siqlarni yo'q qilib yuboradi, bu esa bozorga yangi kirib kelayotgan har qanday tadbirkorning masshtab hisobiga harajatlarini qoplashiga imkon beradi. Bundan tashqari, agar taklif qilingan mahsulot bepul bo'lsa, muvaffaqiyat oldindan kafolatlanadi. Bunga pul to'lanadigan pochta xizmatlarini "siqib chiqargan" ijtimoiy tarmoqlar misol bo'la oladi.
    Yuqorida qonuniyatlar natijasida investorlarning kutgan natijalari va kompaniyalarning haqiqiy qiymati o'rtasidagi inqirozga olib kelgan nomutanosiblik chuqurlashdi. Masalan, M.Kastelsning ta'kidlashicha, dot komlarni inqirozidan oldin (2000 yilda) AQShda axborot texnologiyalari
    bilan bog'liq investitsiyalar xususiy kapital qo'yilmalar umumiy hajmining
    50 foizini tashkil etgan. Kompyuter texnologiyalariga talab tushib ketganida, investorlar o'zlarining taxminlari tuzog'iga tushib qoldi va ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish savdo orqali emas, balki qo'shimcha investitsiyalarni jalb qilish hisobiga sodir bo'ldi.
    Bu esa dotkomlar inqirozi ko'rinishidagi olib keldi. Kompyuter texnologiyalari iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi bo'lishdan to'xtadi. Iqtisodiy taraqqiyotning avangardi hisoblangan kompyuter texnologiyalarini yaratuvchilar o'rniga ularning foydalanuvchilari bilan almashtirildi. Kompyuter texnologiyalari ishlab chiqarishning oddiy umumiy iqtisodiy rentabelligini ta'minlashdan umumiy foydalanishdagi vositaga aylandi.


    1. Download 2,86 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   151




    Download 2,86 Mb.