|
O’zbekistondagi elektron tijorat
|
bet | 17/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq bobur O’zbekistondagi elektron tijorat
O'zbekistonda elektron tijoratning jadal rivojlanishi tabiatan ob'ektiv tasnifga ega bo'lib, kompyuter va internet-texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog'liq bo'ldi. Dastlab, tijorat faoliyati uchun yangi texnik
imkoniyatlar paydo bo'ldi, so'ngra tadbirkorlar sinab ko'rish va xatolar usullari bilan bu imkoniyatlardan foyda лщэкшыр imkoniyatlarini o'rganishdi.
Texnologik jihatdan, O'zbekistonda elektron tijorat Internetga bog'lanishning barcha spektrida ishtirok eta oladi: kommutatsiya qilinadigan keng yo'lakli va simli telefondan mobil telefonga qadar. Hozirgi kunda – takomillashib borayotgan yuqori tezlikdagi keng polosali va mobil qurilmalar orqali simsiz ulanish O'zbekistonda jadal rivojlanib bormoqda. Shu bilan birga, mobil Internet foydalanuvchilar soni barqaror o'sib bormoqda va 2018 yil oxiriga kelib qariyb 22 mln. foydalanuvchi mobil telefondan foydalangan. O'zbekistonda mobil trafikning yillik hajmi 70 mln. Gbdan oshib ketdi.
Internetga ajratib berilgan tarmoq orqali ulanish o'rniga simsiz bog'lanish usuli keng rivojlanib ketdi, bu mobil-internet segmentining o'sishini ko'rsatadi (1.1-jadval). Internet barcha ko'rinishlarida dastlabki davrdagidek faqat ko'ngil ochar vosita bo'lib qolmasdan, endilikda asta- sekin virtual muhitga aylanib bormoqda.
1.1-jadval.
O’zbekistonda uydan Internet-ulanish turlari
Kirish usuli
|
Foydalanuvchilar soni, umumiy aholiga
nisbatan %
|
2018 yil, dekabr
|
2019 yil, dekabr
|
Ajratilgan liniya
|
3%
|
5%
|
Keng polosali
kirish
|
81%
|
71%
|
Simsiz aloqa
modemi
|
10%
|
18%
|
Mobil qurilma
|
67%
|
89%
|
O'zbekistonda Internet virtual muhitining ajralmas qismi sifatida bozorning B2B dan C2C gacha bo'lgan barcha sektorlarida elektron tijorat taqdim etilmoqda. O'zbekistonda B2Bva B2G sektorlarini rivojlantirish uchun yetarli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo'lsada, hozirgacha o'zining rivojlanish bosqichiga o'tgani yo'q.
Kelgusi yillarda O'zbekistonda elektron tijorat bozorining o'sishi quyidagi omillar asosida ta'minlanishi mumkin:
aholi daromad darajalarini o'sishi;
Internet auditoriyaning o'sishi;
Internet foydalanuvchilarni elektron tijoratga jalb qilinish darajasi;
mahsulot toifalarining ko'payishi;
mahsulot toifalari ichida xaridlarning o'sishi
xarid hajmining o'sishi.
O'zbekiston Respublikasida elektron tijorat foydalanuvchilarining demografik tahlili foydalanuvchilarni onlayn xarid qilishga jalb qilinishni belgilab beruvchi uchta asosiy omilni ajratib ko'rsatishga imkon beradi:
|
| |