• Sotuvchi
  • Elektron tijorat sub’ektlari




    Download 2,86 Mb.
    bet15/151
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #248346
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   151
    Bog'liq
    bobur

    Elektron tijorat sub’ektlari. Elektron tijorat ishtirokchisi (sotuvchi, xaridor) va axborot vositachisi (elektron tijorat sub'ektlari hisoblanadi). Elektron tijorat sub'ektlari tuzilgan shartnoma talablariga muvofiq huquqni amalga oshiradi va ega bo'ladi, majburiyatlarni bajaradi.
    Sotuvchi quyidagi huquqlarga ega:

    • elektron tijorat maqsadlarida mavjud bo'lgan axborot resurslarida ofertani joylashtirish;

    • shartnomalar tuzish yo'li bilan mahsulotlarni sotish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko'rsatish);

    • axborot vositachilariga elektron hujjatlar va elektron xabarlarni saqlash uchun berish.

    Sotuvchi:


      1. elektron tijoratda mahsulotlarni sotishda (ishlarni bajarishda, xizmatlar ko'rsatishda), shu jumladan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) to'g'risidagi zarur va ishonchli axborotni xaridorga taqdim etish bo'yicha raqobat va iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;

      2. elektron hujjatlar va elektron xabarlarni belgilangan tartibda saqlashni ta'minlashi;

    1. elektron tijoratning boshqa ishtirokchilarini o'zi to'g'risida elektron shaklda davlat tilida, zaruriyat bo'lganda esa boshqa tillardagi ishonchli axborotdan tegishli foydalanishni ta'minlashi shart, axborot quyidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olishi kerak:

    • yuridik shaxs uchun — tadbirkorlik faoliyati sub'ektining tashkiliy-huquqiy shakli ko'rsatilgan holda uning to'liq nomi; yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi;

    • davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi ma'lumotlar, tadbirkorlik faoliyati sub'ektining soliq to'lovchining identifikatsiya raqami;

    • joylashgan joyi (pochta manzili), elektron pochta manzili, bog'lanish telefoni raqami;

    • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning mavjudligi to'g'risidagi ma'lumotlar (litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning raqami, amal qilish muddati, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishga vakolatli organning nomi).

    Sotuvchidan chiquvchi oferta yoxud taklif etilayotgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) to'g'risidagi axborot axborotni buzmasdan qayta tiklash
    va sotuvchi to'g'risida, shuningdek u tomondan taklif qilinayotgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar), ularning narxlari va tariflari, shuningdek ularni sotish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko'rsatish) shartlari to'g'risida ishonchli tasavvur hosil qilish imkonini beruvchi elektron shaklda taqdim etilishi kerak.
    Elektron tijorat sub'ektlari, elektron hujjatlar va elektron xabarlarni ayirboshlash uchun tegishli axborot tizimlarini boshqarishni aniq tashkil etishni ta'minlab shartnoma asosida axborot vositachisi xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

    Download 2,86 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   151




    Download 2,86 Mb.