• Internetdan foydalanish tajribasi.
  • Yashash joyi.
  • D. X. Suyunov




    Download 2,86 Mb.
    bet18/151
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #248346
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   151
    Bog'liq
    bobur

    Daromad darajasi. Yuqori daromad Internetda xarid qilish faolligini rag'batlantiradi. Bu, birinchi navbatda, mahsulotlar assortimentining yanada keng doirasi bilan bog'liq. Vaqtni tejash va qisman mahsulot narxini tushirish ham katta rag'batlantirish hisoblanadi. Masalan, Rossiya elektron tijorat misolida Molotok.ru foydalanuvchilarining 59 foyizi Internetdagi mahsulotlar arzonligi, 58 foyizi qulaylik tufayli Internetda xarid qilishini bildirgan bo'lsa, 42,6 foyizi an'anaviy savdoda ehtiyoj uchun zarur bo'lgan mahsulotlarni o'z vaqtida sotib olib bo'lmaydi deb hisoblaydi.

  • Internetdan foydalanish tajribasi. Internet foydalanuvchilarini onlayn-xaridlarni amalga oshirishga jalb qilinganlik darajasi ularning Internetda ishlash tajribasi bilan bog'liq bo'lish to'g'risidagi qonuniyat mavjud. Internetdan foydalanish tajribasi qanchalik ko'p bo'lsa, elektron tijorat xizmatlaridan shunchalik ko'proq foydalanadi.

  • Yashash joyi. O'zbekistonda internetda mahsulot xarid qiluvchilarning asosiy qismi asosan (76 %) Toshkent shahri, Toshkent viloyati va boshqa viloyat shaharlarida yashaydi. Bundan tashqari, bu munosabat daromad va Internetdan foydalanish tajribasi to'g'risida so'z ketganda ham saqlanib qoladi.

    Elektron tijoratda savdoning masofaviyligi (buyurtmani bajarish tezligi, mahsulotlarni tekshirishning iloji yo'qligi va boshqalar) bilan bog'liq aniq kamchiliklari mavjud. Biroq, biron-bir sababga ko'ra kerakli mahsulotni chakana savdoda xarid qilishning iloji bo'lmasa yoki bu
    mahsulot xaridorga narxiga ko'ra to'g'ri kelmagan holatda elektron tijoratga nisbatan boshva bir raqobatchi topilmaydi.
    Yuqoridagi omillar O'zbekistonda elektron tijoratni rivojlanish istiqbolini ko'rsatib beradi. O'zbekiston elektron tijorat hajmi bo'yicha qo'shni davlatlarga nisbatan qoniqarli bo'lsada, global iqtisodiyotda elektron tijorat hajmini o'sishiga nisbatan ahamiyatli darajada ortda qolmoqda.
    O'zbekistonda elektron tijoratning chakana savdo umumiy hajmidagi ulushi 1,4 foyizni, aynan shu ko'rsatkich Rossiyada 4 foyiz, AQShda 8,3 foyiz va G'arbiy Evropaning aksariyat mamlakatlarida 9,9 foyizni tashkil qiladi.
    Evropada elektron tijoratning keng tarqalishida Buyuk Britaniya yetakchi hisoblanadi, bu erda Internet foydalanuvchilarning qariyb 86 foyizi onlayn xaridlarni amalga oshiradi.



    Download 2,86 Mb.
  • 1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   151




    Download 2,86 Mb.