• II-BOB. TARMOQ IQTISODIYOTINING ELEKTRON TIJORATDAGI TIZIMLI TABIATI
  • D. X. Suyunov




    Download 2,86 Mb.
    bet19/151
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #248346
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   151
    Bog'liq
    bobur

    Nazorat uchun savollar


    1. Tijorat va biznes tushunalarini tavsiflab bering.

    2. Elektron tijorat va biznes shchrtasidagi asosiy farqlar qanday tavsiflanadi?

    3. Elektron tijoratning an'anaviy savdo turlaridan farqi nimada?

    4. Biznes va tijorat o'rtasida qanday munosabat mavjud?

    5. Tarmoq (elektron, raqamli) iqtisodiyotini qanday tavsiflab berasiz?

    6. Elektron tijoratda biznes-operatsiyalarni ta'minlovchi qanday asosiy elementlaravjud?

    7. Elektron tijorat qanday masalalarni orqali yechishga yo'naltiriladi?

    8. Elektron tijoratni rivojlantirishi Xitoy davlatining iqtisodiyotiga qay darajada ta'sir ko'rsatdi?

    9. Elektron tijoratning asosiy sub'ektlarining asosiy ishtirokchilarining faoliyati fanday jarayonlardan iborat?

    10. O'zbekistonda elektron tijorat bozorining o'sishi qandayi omillar asosida ta'minlanishi mumkin?

    II-BOB. TARMOQ IQTISODIYOTINING ELEKTRON TIJORATDAGI TIZIMLI TABIATI

      1. Innovatsion rivojlanish manbalari


    Iqtisodiyotdagi siklik jarayonlarning tasodifiyligi kelib chiqishi va rivojlanishi institutsional muhitning tashqi sharoitlari va hukmron iqtisodiy munosabatlarning ichki sharoitlarining sabab-oqibat bog'liqligi tufayli kelib chiqadigan iqtisodiy ko'rinishlarning determinilashganligida ifodalanadi. Institutsional va iqtisodiy rivojlanishning iqtisodiy siklikning asosida yotgan va iqtisodiy tizimlarni muvozanatdan chiqaruvchi mutanosiblikni keltirib chiqaradi. Sikllar nazariyasiga ko'ra, tizimli inqirozdan chiqish yo'li navbatdagi iqtisodiy siklning asosida yotuvchi innovatsion texnologiyalarni joriy etish bilan uzviy bog'liqdir.
    Hozirgi kunda iqtisodiy boshqaruvning asosiy masalasi yangi siklning iqtisodiy o'sish mexanizmini izlash va faollashtirishdan iboratdir. Siklni aniqlash muammosi, unga ko'ra yangi iqtisodiy siklning innovatsion manbalarini faqat ishlab chiqarish texnologiyalari sohasidan izlash kerak bo'ladigantexnologik determinizmdan iborat bo'ladi. Ko'pgina konseptsiya mualliflari bir narsada kelishib olishadi: navbatdagi sikl tugaydi va “eski bazis innovatsiyalar - axborot texnologiyalari, kompyuter va Internet - ishlab chiqarish omillari mahsuldorligini oshirishni ta'minlaydigan etarli miqdordagi ikkilamchi innovatsiyalarni keltirib chiqarmaydi va yangi bazis innovatsiyalar esa hozircha paydo bo'lmaganligi to'g'risida bir xil to'xtamga kelishgan”.
    Bu axborot texnologiyalari, kompyuter va Internetning o'zi
    innovatsion kompaniyalarning texnologik imkoniyatlaridan foydalanishdagi ikkilamchi mahsulot hisoblanishi bilan izohlanadi. Bundan chiqishni oldingi sikl harakat mexanizmlari intensifikatsiya qilishdan izlash taklif qilinadi [46]. Biroq, bu yondashuv umumiy iqtisodiy ko'rsatkichlarni yaxshilash yo'llarini aniqlashga qodir, ammo yangi iqtisodiy sikl doirasida yuqori raqobatdoshlikni ta'minlay olmaydi.
    Jahon iqtisodiyotida misli ko'rilmagan vaziyat yuzaga keldi: iqtisodiy makon global miqyosga ega bo'ldi, bu esa ekstensiv iqtisodiy o'sish uchun imkoniyatlarning kamayishiga olib keldi. Shu sababli, yalpi talabning pasayishi va iqtisodiy dinamikaning sekinlashuvi sharoitida yangi siklda ishlab chiqarish sohasi emas, balki taxsimlash sohasi
    innovatsiyalar harakatlantiruvchi kuch sifatida xizmat qiladi. Qamrab olinmagan bozorlar mavjud bo'lgan joyda ishlab chiqarish yetakchi ahamiyattga ega bo'ladi. Iqtisodiyotda global ortiqcha ishlab chiqarishda innovatsion faollik talab to'plangan joyda - ya'ni taqsimlash sohasiga e'tibor qaratiladi.

    Download 2,86 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   151




    Download 2,86 Mb.