|
D. X. Suyunov
|
bet | 22/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq boburSanoat migratsiyasi. Yangi iqtisodiyot nafaqat iqtisodiy, balki ishlab chiqarish munosabatlarini ham tubdan tranformatsiya qilinishiga olib keldi. 1990-yillarda sanoat ishlab chiqarishini rivojlangan mamlakatlardan Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga, birinchi navbatda, Xitoyga ommaviy ravishda o'tkazishning cho'qqisi bo'ldi. Ishchi kuchiga bo'lgan xarajatlarni tejamliyligi ishlab chiquvchilarga tarmoq o'rtaga ko'rsatkichlaridan bir necha marta oshib ketadigan foydani olishiga imkon berdi.
Bundan eng ko'proq foyda ko'rgan davlat Xitoy Xalq Respublikasi hisoblanadi. Xitoy hukumatining g'arb investorlariga taklif etgan formula jahon iqtisodiyoti tuzilishini o'zgartirishda hal qiluvchi rol o'ynadi: Xitoy bozorini (ishchi kuchiga) zamonaviy texnologiyalarga almashish.
Bu Xitoy iqtisodiyotining yuksalishiga va Xitoy iqtisodiy mo'jizasining boshlanishiga katta turtki berdi. Faqat 1981–2000 yillarning o'zidagina Xitoyda qo'shimcha 288 million kishi ishlab chiqarishga kirib keldi. Mamlakatda har yili 8 millionga yaqin yangi ish o'rinlari yaratildi. Yaponiyalik mutaxassislarning hisob-kitobga ko'ra 2001 yilda XXRda ish haqi Yaponiyagacha 30 baravar kam bo'lgan. Natijada, Yaponiya bilan taqqoslaganada Xitoyda xizmatlar narxi 8,44 baravar, sanoat mahsulotlari narxi esa 2,49 baravar kam bo'ldi. Ta'kidlash kerakki, g'arbiy sarmoyadorlar uchun ishlab chiqarish xarajatlarining ahamiyatli darajada pasayishi chakana narxlarning shu darajada pasayishi bilan birga kuzatilmadi. Aksincha, bu jarayon iqtisodiyotda moliya sektori va xizmat
ko'rsatish sohasi ahamiyattining kuchayishi, shuningdek, yirik korporatsiyalarning daromad me'yorlarini nomutanosib ravishda o'sib borishi hisobiga ularning globallashuvi bilan birga kuzatildi.
Natijada Xitoy va Janubi-Sharqiy Osiyoning boshqa mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar baho shakillanishi tuzilishining o'zgarishi natijasida yangi postindustrial iqtisodiyotning ustuvorlikda yanada rivojlanishi uchun sharoit yaratildi. Bundan savdo zanjirining barcha ishtirokchilarini kredit bilan taminlagan taqdim etgan bank sektori, shuningdek, bo'sh turgan resurslarning fond bozorlariga ommaviy oqimi hisobiga moliya sektori katta muvaffaqiyatga erishdi.
Eng yirik transmilliy korporatsiyalar (80% yoki 500 tadan deyarli 400 tasi). Xitoy ishlab chiqarish quvvatini yaratishga investitsiya kiritdi. Bunda aytish mumkinki, eng minimal darajaga tushirilgan, ishlab chiqarish xarajatlari, iqtisodiyotga hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lmay qoldi va “boshqa barcha omillar bilan teng ravishda” e'tiborga olina boshlandi.
Buning iqtisodiy izohi bor: 2000-2001 yillarda yangi iqtisodiyot inqirozidan oldin trans milliy kompaniyalari (TMK) oladigan daromadlarining katta qismi ishlab chiqarishda emas, balki moliya sektori va savdoda yaratilgan va doim shunday bo'lib qoladigandek to'langan. Bu holat uzoq davom etadiganga o'xshardi. Xatto g'arbiy iqtisodiy nazariyada “intellektual kompaniya” (moddiy aktivlardan voz kechishga intiladigan) tushunchasi paydo bo'ldi. Bunga, intellektuallashganlik darajasi bozor kapitallashuvi va moddiy aktivlar qiymati o'rtasidagi munosabat bilan aniqlangan.
Masalan, amerikalik iqtisodchi T.Styuart intellektual resurslar foydasiga real aktivlardan voz kechishga chaqirib, Microsoft va IBM kmpaniyalarining taqqoslama tavsifini beradi. Ushbu ma'lumotlarga ko'ra, 1996 yilda IBMning bozor kapitallashuvi 70,7 milliard dollardan iborat bo'gan bo'lsa Microsoftning bozor kapitallashuvi 85,5 milliard dollarni tashkil etgan, bu esa Microsoftning amortizatsiyasi olib tashlangan moddiy aktivlari qiymati atigi 930 million dollarni, IBM kompaniyasida aynan shu ko'rsatkich 16,6 milliard dollarni tashkil etgan.
Bu natijada moddiy aktiv va ishlab chiqarish texnologiyalarini
Xitoyga oqib-ketishiga sabab bo'lgan g'arbdagi rivojlangan mamlakatlarining iqtisodiy siyosatidagi strategik xatosi bo'ldi. Muammo
shunda ediki, kompaniyalarning “bozor kapitallashuvi” ularning qimmatli qog'ozlarining bozor qiymati va reyting ko'rsatkichlari bilan aniqlandi, bu aslida oddiy moliyaviy pufak edi. Dam urilgan pufakcha sharoitida ishlab chiqarish va sotish ko'rsatkichlariga asoslangan kompaniyalarning haqiqiy qiymatiga esa e'tibor qaratilmadi.
Muammoning teskari tomoni ishlab chiqarish nazoratdan tashqarida qolgan holda mamlakatdagi bozor, texnologiyalar va taqsimlash tizimlari ustidan nazoratni amalga oshirish mumkinligi to'g'risidagi hayol edi. Natijada, “yangi iqtisodiyot” yetakchilari ishlab chiqarish quvvatlari ustidan nazoratni yo'qotdi. Dotkom inqirozi ularning raqobatbardosh imkoniyatlarini sezilarli darajada kamaytirdi va g'arbiy bozorlarga Xitoy kompaniyasi tomonidan juda arzon ishlab chiqarilgan Iphone mahsulotlari uchun yo'l ochib berdi. Bunga misol sifatida Apple va uning Xitoyda ishlab chiqarilagn “analogi”ning narxi o'rtasidagi farq 5-10 baravar bo'lganini misol qilib keltirish mumkin.
2000-2001 yillarda xech qanday tashqi ta'sirsiz yangi iqtisodiyot
pufagi maksimal darajada o'sishga erishdi va yorildi, kapitallashuvi keskin tushib ketgan “intellektual kompaniyalar”ga katta zarar yetdi. Xitoy istiqbolli rivojlanishi uchun G'arb texnologiyalari ko'rinishidagi kuchli texnologik resurslar va ishlab chiqarish ob'ektlariga ega bo'ldi, bu 2001 yilda XXRni Jahon savdo tashkilotiga kirishi bilan yanada kuchayib ketdi.
Xitoyning JSTga kirishi natijassida “Eksportni 2001 yildagi 249 milliard dollardan 2007 yilda jadal ravishda 1200 milliard dollarga o'sib ketishiga olib keldi. Natijada mahsulot va xizmatlar savdosining ijobiy saldosi (eksportning importga nisbatan oshib ketishi) 2001-yilda 23 mlrd dollar, 2002-yilda 31 mlrd, 2003- yilda 23 mlrd, 2004- yilda 67 mlrd,
2005- yilda 120 mlrd, 2006- yilda 180 mlrd, 2007- yilda 264 mlrd dollar” va shu kabi.
G'arbiy “postindustrial” iqtisodiyotda ishlab chiqarishning sezilarli tushib ketishi kuzatilgan bo'lsa, Xitoyda teskari jarayon - ishlab chiqarish kuchlarini hajmi va ulardan foydalanishdan keladigan daromadlarning keskin o'sishi sodir bo'ladi. Agar yangi iqtisodiyot davrida xitoyliklar G'arb texnologiyalarini ko'paytirishga harakat qilgan bo'lsa, bu jarayon tugallangandan so'ng bu texnologiyalarni ommaviy ravishda sotib ola boshladi. Bunga 2004 yilda Xitoyning yirik Lenovo kompyuter
korporatsiyasi IBM kompaniyasidan personal kompyuterlar ishlab chiqarish bo'yicha biznesni 1,25 mlrd. dollarga sotib olganligini eng oddiy misol sifatida keltirish mumkin.
Xitoyning iqtisodiy mo'jizasi g'arbning super foyda olishga asoslangan innovatsiyalarni ko'paytirish tizimini buzib yubordi. Endi G'arb texnologik yangilikning paydo bo'lishidan Xitoyda uning yasamasini paydo bo'lishigacha bir necha oy o'tadigan bo'ldi. Bundan tashqari, ko'pincha Xitoy klonlari patent egalarining innovatsion mahsulotlari bozorga kirib kelishidan avvalroq paydo bo'la boshladi, o'rtadagi sifat farqi asta-sekin kamayib bordi, narxlash o'rtasidagi farq esa Xitoy mahsulotlarini yanada jozibador va xaridorgir qiladi.
Bunga xulosa qilish mumkin - kompyuter sanoatida superfoyda olish
vaqti o'tib bo'ldi. Bu yangi iqtisodiyotni butunlay qo'mib tashladi va keyingi iqtisodiy siklning innovatsion texnologiyalariga - “tarmoq iqtisodiyotiga” yo'l ochib berdi.
|
| |