|
Sinf rahbarining o‘z o‘quvchilarini rag‘batlantirish va jazolash usullari
|
bet | 12/17 | Sana | 04.07.2024 | Hajmi | 4,17 Mb. | | #266557 |
Bog'liq SINF RAHBARINING O‘QUVCHILARNI RAG\'BATLANTIRISH USULLARISinf rahbarining o‘z o‘quvchilarini rag‘batlantirish va jazolash usullari.
Rag‘batlantirish va jazolash usullari. O‘quvchi bolalarning har biri o‘sib, ulg‘ayib, kamol topib borayotganidan xursand bo‘lganini sezishi kerak. Shundagina bola o‘zining olg‘a siljib borayotganini ko‘ra biladi, o‘z kuchiga ishonadi.
Rag‘batlantirish quyidagi turlarga bo‘linadi. (maktablarda)
1) O‘quvchining kuchi etadigan, ma'suliyatli topshiriq berish orqali bolaga ishonch bildirish: bunda bola o‘z qadr qimmati bilan faxrlanadi;
2) maktab (majlislarda) olqishlash;
3) estalik sovg‘alar berish;
4) maqtov yorlig‘i berish;
5) hurmat taxtasiga rasmini osish;
7) qo‘llab - quvvatlash;
8) ma'suliyat va jamoaning minnatdorchiligi;
9) sinfda birinchi o‘rinda turish;
10) musobaqalarda bayroq ko‘tarish gazeta, radioda, televizorda e'lon va x.
Jazolash tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir. Jazo ham o‘quvchining individual xatti-harakatlari va umumjamoaning faoliyati uchun qo‘llaniladigan eng so‘nggi tarbiya usuli. Jazo choralarini qo‘llashda jismoniy jazo, urish, kaltaklash kabi usullardan foydlanish mumkin emas, o‘quvchini qo‘rqitish, g‘azablantirish ham ijobiy natija bermaydi. Aksincha, o‘quvchi qo‘rqqanda yolg‘on gapirishni o‘rganadi, ikki yuzlamachi bo‘lib qoladi. Maktablarda qo‘llash mumkin bo‘lgan jazo choralariga quyidagilar kiradi:
Tanbeh berish — eng muhim jazo chorasi. O‘qituvchi o‘quvchiga yuzma-yuz turib tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qo‘yish mumkin.
Ogohlantirish — sodir etilishi mumkin bo‘lgan muayyan xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.
Hayfsan berish - o‘quvchining ma'lum xatti-harakatlarini qat'iy choralar asosida baholash. Agar tanbeh va ogohlantirish kutilgan natijani bermasa, o‘quvchi belgilangan intizomni buzaversa, uning aybi qay darajada bo‘lishi va intizomni qanday sharoitda buzganligini inobatga olib unga hayfsan e'lon qilish mumkin.
Uyaltirish - o‘quvchining ma'lum xatti-harakatlariga jamoa yoki uning tarbiyasi uchun mas'ul bo‘lgan subektlar (ota-onalar, vasiylar, jamoatchilik vakillari va boshqalar) oldida baho berish. Odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or-nomus va sharm-hayodir. Odamda insonda izzat-nafs, odamiylik qancha kuchli bo‘lsa, avvalo, o‘zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik kuchli bo‘ladi. Bolalarni tarbiyalashda shu his-tuyg‘ularni ehtiyotkorlik bilan o‘stirish lozim, lekin ha deb uyaltiraverish va qizartiraverish yaramaydi. Bundan oqilona va o‘z o‘rnida foydalanish kerak, shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin.
Jazo puxta o‘ylab qo‘llanilishi lozim, aksincha, jahl ustida jazolash mumkin emas. Jazolar yakka xarakterda, ya'ni, birgina usulni qo‘llash asosida bo‘lsin, o‘quvchining aybiga mos, muvofiq bo‘lishi, tez-tez qo‘llanilmasligi, jazolanuvchida jazoning to‘g‘ri belgilanganligiga nisbatan shubha tug‘ilmasin va ular o‘z ayblarini sezsin. Jamoada muhokama qilish va jamoa tomonidan qo‘llab-quvvatlangan jazo berilsa, uning ta'sir kuchi yanada oshadi. Barcha holatlarda ham jazo tarbiyalanuvchining jismoniy va ruhiy azob-uqibatlarga solmasligi, uni tahqirlamasligi, sha'nini yerga urmasligi kerak.
|
| |