• Axborotli yondoshuv
  • Ijtimoiy-profilaktik yondoshuv
  • Ijtimoiy-pedagogik yondoshuv
  • Saknsiyalarni qo‘llash
  • O‘smirlarda deviant hulq-atvorning oldini olishning asosiy yo‘nalishlari




    Download 4,17 Mb.
    bet10/17
    Sana04.07.2024
    Hajmi4,17 Mb.
    #266557
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
    Bog'liq
    SINF RAHBARINING O‘QUVCHILARNI RAG\'BATLANTIRISH USULLARI

    O‘smirlarda deviant hulq-atvorning oldini olishning asosiy yo‘nalishlari. Turli deviant xulq-atvorning uzluksiz ravishda o‘sishi jamiyat oldiga ijtimoiy me'yorlardan og‘ishgan xulqli o‘smirlar va yoshlar bilan olib boriladigan ishlarning shakl va usullarini, texnologiyalarini topish vazifasini qo‘ygan. Shu sababli deviant va delinkvent xulq-atvorli o‘smirlar bilan ishlashning ikki asosiy texnologiyalari, profilaktik va reabilitatsion ishlar fan va amaliyotda keng tarqalgan.
    Profilaktika (oldini olish)-o‘smirlar xulq-atvorida ijtimoiy xulqiy og‘ishganlikning turli ko‘rinishlariga asosiy sabab bo‘luvchi sharoitlardan ogohlantirish, bartaraf qilish yoki neytrallashga yo‘naltirilgan davlat, jamiyatning ijtimoiy-tibbiy va tashkiliy-tarbiyaviy chora-tadbirlarining yig‘indisidir. O‘smirlarda deviant xulq-atvorning oldini olishga qaratilgan bir necha yondashuvlari mavjud:
    1.Axborotli yondoshuv. Bu yondoshuv ijtimoiy me'yordan xulqiy og‘ishganlik kelib chiqishida voyaga yetmaganlar (bu ijtimoiy me'yorlarni) bilmasliklari tufayli uni o‘z asosiy yo‘nalishi sifatida voyaga yetmaganlarga bu me'yorlarga rioya qilish, o‘z huquq va burchlari haqida axborot berishdan iborat.
    2.Ijtimoiy-profilaktik yondoshuv. Bunday asosiy maqsad – negativ holatlarning sabablari va sharoitlarini aniqlash, bartaraf etish, neytrallashdan iborat.
    3.Tibbiy-biologik yondoshuv. Bu yondoshuvning mohiyati ijtimoiy me'yorlardan og‘ishganlikning oldini olishda tibbiy-profilaktik xarakterdagi turli psixik nosog‘lom shaxslarga munosabat-biologik darajada bo‘lishi lozim. Agar insonda psixik (ruhiy) rivojlanishi, oldidan turli nuqsonlar bo‘lsa, u o‘z ruhiy xususiyatlariga asosan ma'naviy-axloqiy me'yorlarni buzishi mumkin. Bu holatda insonga uni o‘zgartirib bo‘lmaydigandek qaraladi. O‘smirda bunday psixik nosog‘lomlikni o‘z vaqtida aniqlash juda muhimdir.
    4. Ijtimoiy-pedagogik yondoshuv. Bu yondoshuv mohiyati o‘smirni deviantlik xulq-atvoridagi shaxsiy xususiyatlarini qayta tiklash yoki to‘g‘rilashdan iborat. Ayniqsa, uning axloqiy-irodaviy shaxsiy xususiyatlarini qayta tarbiyalash shart. O‘smirlarda, ularning irodaviy xususiyatlari, xulq-atvorida quyidagilarni shakllantirish lozim:
    - o‘z so‘zi va ishining egasi bo‘lish;
    - o‘smirning jinoyatga boshlovchi, jamiyatga zarar yetkazish kabi illatlarga bo‘lgan qiziqish va harakatlarini to‘xtatish;
    - hozirgi davrda muhim bo‘lgan masalalar bilan band qilish;
    - huquqqa qarshi bo‘lmagan, puxta o‘ylab chiqilgan maqsadlarni qo‘yish.
    Erkin bo‘lmagan inson flyugerga o‘xshaydi, shamol qay tarafga essa o‘sha tomonga o‘giriladi. Bunday insondan ijtimoiy me'yorlarni buzish, jinoyatchilikni kutish mumkin. Uni yengillik bilan aldash, o‘zgalarning so‘zlariga quloq solishi, o‘zga axloqiy qarash va baholarga og‘dirish oson. O‘zga axloqiy qarashlarga ergashib, u huquqbuzarlik va ahloqsizlik xulq-atvoriga ega bo‘ladi. Bunday insonlarni tarbiyalashda jamiyat tomonidan unga erkinlik va huquqlarini berib, uni o‘z-o‘zini boshqara olishga o‘rgatish zarur.
    5. Saknsiyalarni qo‘llash. Bu yondoshuv mohiyati huquqbuzarlik qilgan insonni jinoiy qonunlar asosida jazolash turadi.
    Biroq, jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, bu samara bermaydigan holat bo‘lib, jamiyat tomonidan qattiq sanksiya bo‘lib hisoblanadi, xalos. Shu sababli ijtimoiy og‘ishganlik sabablarini aniqlash va bartaraf etishda bu faqatgina yordamchi vosita bo‘lib hisoblanadi.

    Download 4,17 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




    Download 4,17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘smirlarda deviant hulq-atvorning oldini olishning asosiy yo‘nalishlari

    Download 4,17 Mb.