UIF-2022: 8.2
SCIENCE AND INNOVATION
ISSN: 2181-3337
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
2022
№4
138
O‘simliklarni zararli organizmlardan himoyalash
davlat miqyosidagi muhim
muammolardan biri hisoblanadi. Hozirgi paytda shu narsa aniq bo‘lib qoldiki, bir tomondan
qishloq xo‘jalik ekinlarining zarakunandalari, kasalliklari va begona o‘tlari to‘g‘risida ob’ektiv
ma’lumotga, ikkinchi tomondan esa atrof-muhit va uning o‘zgarish tendentsiyalari to‘g‘risidagi
ob’ektiv bilimga ega bo‘lmasdan turib, himoya vositalarini amaliy jihatidan qo‘llash mumkin
emas. Ilmiy va tashkiliy jihatdan bu vazifa juda mushkul bo‘lishidan
tashqari keng doiradagi
turli bilim sohalariga mansub mutaxassislarni jalb qilinishini talab qiladi. Bu esa o‘z navbatida
zarur tushunchalarni, atamalarni va zararli organizmlar tendentsiyasidagi o‘zgarishlarni
taqqoslash va umumlashtirilishini hamda olingan ma’lumotlarni o‘zaro solishtirib ko‘rishni talab
qiladi. Lekin xozirgi paytgacha umumiy qabul qilingan kontseptsiya,
monitoringning umumiy
dasturi va metodologiyasi mavjud emas.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini himoya qilish bo‘yicha xizmatlar sifatini yaxshilash hamda
qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarga
qarshi kurashish
bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tariflarini shakllantirilishini tartibga solish maqsadida Vazirlar
Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari, kasalliklari va
begona o‘tlarning tarqalish maydonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizomini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi 405-son qarori imzolandi.
Ushbu nizomga asosan Qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari, kasalliklari va begona
o‘tlarning tarqalish maydonlarini aniqlash o‘simliklarni himoya qilish tadbirlarini rejalashtirish,
zarur
kimyoviy, biologik himoya vositalarga bo‘lgan talabni aniqlash va tadbirlarni amalga
oshirish muddatlarini belgilash maqsadida amalga oshirish, Qishloq xo‘jaligi
ekinlari
zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlari tarqaladigan maydonlarni aniqlash hududlarning
fitosanitariya monitoringi asosida o‘simliklarni samarali muhofaza qilishni bashorat qilish orqali
amalga oshirilishi kabi masalalar ko‘zda tutilgan bo‘lib, bir qancha vazifalar belgilab berilgan.
Shuning uchun respublika qishloq xo‘jaligi uchun eng dolzarb bo‘lgan masalalar,
jumladan g‘o‘zani rivojlanish davrida uchrovchi asosiy zararkunandalari (g‘o‘za tunlami, kuzgi
tunlam, trips, o‘rgimchakkana va shirilar) ga qarshi intellektual kurash tizimini qo‘llash
samaradorligini oshirishning nazariy asoslarini ishlab chiqish va ularni qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishida qo‘llash muhimdir.
O‘simliklarni himoya qilish tadbirlarini rejalashtirilishi ekinlarning
fitosanitar holatini,
zararli va foydali xasharotlar populyatsiyalarining shakllanish sharoitlarini, ularning paydo
bo‘lish
prognozlarini, tarqalganligi va zararligini hisobga olishga asoslanadi. O‘simliklarni
himoya qilish tizimini ratsional qo‘llanilishi uchun har bir xo‘jalik, tuman, viloyat va respublika
bo‘yicha joriy va ko‘p yillik rejalar tuziladi. Rejalarda ma’lum agroiqlim va tuproq mintaqalariga
ta’alluqli o‘simliklarni himoya qilish kompleks tizimi keltirilgan bo‘ladi.