UIF-2022: 8.2
SCIENCE
AND INNOVATION
ISSN: 2181-3337
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
2022
№4
137
G‘O‘ZANING HOLATI VA ASOSIY ZARARKUNANDALARI BILAN ZARARLANISH
DARAJASINI NAZORAT QILISH, PROGNOZLASHTIRISH VA BOSHQARISH
Abdullayeva Xuriyatxon Zafarbekovna
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti dotsenti, PhD, doktorant (DsC)
https://doi.org/10.5281/zenodo.6954439
Annotatsiya. Ushbu maqolada G‘o‘zaning holati va asosiy zararkunandalari bilan
zararlanish darajasini nazorat qilish, prognozlashtirish va boshqarish bo‘yicha tadqiqot
ishining mazmun va mohiyai yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: g‘o‘za tunlami, kuzgi tunlam, zararlanish darajasi, nazorat qilish,
prognozlashtirish, boshqarish, monitoring.
МОНИТОРИНГ, ПРОГНОЗИРОВАНИЕ И УПРАВЛЕНИЕ СОСТОЯНИЕМ
ХЛОПЧАТНИКА И УРОВНЕМ ПОРАЖЕНИЯ ОСНОВНЫМИ ВРЕДИТЕЛЯМИ
Аннотация. В данной статье описаны содержание и сущность научно-
исследовательской работы по контролю, прогнозированию и управлению состоянием
хлопчатника и уровнем поражения его основными вредителями.
Ключевые слова: хлопковая совка, озимая совка, уровень зараженности, борьба,
прогнозирование, управление, мониторинг.
MONITORING, FORECASTING AND MANAGEMENT OF THE CONDITION OF
COTTON AND THE LEVEL OF DAMAGE BY MAJOR PESTS
Abstract. In this article content and essence of research work on control, forecasting and
management of cotton plant and level of infestation by its main pests are described.
Keywords: cotton moth, winter moth, infestation level, control, forecasting, management,
monitoring.
KIRISH
Hozirgi kunda global miqyosda inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida raqamli
texnologiyalardan foydalanish tez sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Qishloq xo‘jaligi ham
bundan mustasno emas. Shu bois mamlakatiizda ham so‘nggi yillarda tarmoqda raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirishga alohida ahamiyat berilyapti. Prezidentimizning mazkur yo‘nalishga
doir farmonlari: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli O‘zbekiston — 2030»
strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020 yil 5
oktyabrdagi PF-6079-son Farmoni hamda «Raqamli iqtisodiyot
va elektron hukumatni keng
joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020 yil 28 apreldagi PQ-4699-son qaroriga muvofiq,
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 17 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmui
va qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarorida tarmoqning ustuvor vazifalari o‘z ifodasini topgan. Va shunga asasan, qishloq xo‘jaligi
mahsulotini ishlab chiqaruvchi mavsum davomida (qisqa muddatlarda) 40 tadan ortiq turli
yechimlarni qabul qilishiga to‘g‘ri keladi. Uning aksariyati raqamlashtirish ob’ekti hisoblanib,
bevosita ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Hisob-kitobga ko‘ra, ekish,
yetishtirish, saqlash va tashishda hosilning 33 foizi yo‘qotilmoqda.
Shunday bir sharoitda
mavjud yer, suv, moddiy-texnika va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlovchi
“smart” yoki “aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalari muhim ahamiyat kasb etadi.